Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti q
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbek sheriyatida bobur obrazining tadrijiy talqini
47
Mustaqillik degan bebaho ne'matni shuning uchun ham qadrlaymizki, u bizga tuproq ichida qolgan gavharlar —milliy qadryatlarimiz, ma'naviy boyliklarimizni qaytarib berdi. G'ururimizni, tilimizni, dinimizni, imon-e'tiqodimizni tikladi. Shular qatorida ulug' ajdodlarimiz merosini har tomonlama o'rganish, ulardan bahramand bo'lish va faxrlanish huquqiga ega bo'ldik. Ajdodlarimizga munosib avlod bo'lish biz yoshlarning doimiy orzusidir. Shunday ekan har bir shaxs o'z qalbida kim edik, kim bo'ldik, kim bo'lmoqdamiz mushohadasi ila yashamog'i kerak deb o'ylaymiz. Zero buyuk bobokalonlarimizning olis kechmishdagi hayotining qaysidir jihatlaridan faxrlanish, ibratlanish, qaysidir jihatlaridan saboq chiqarish qalbimizning hukmiga havoladir. Ayni mana shu mushohada va hukmlar bizning kelajagimizni bevosita belgilab beradi. Davlatimizning siyosati darajasiga ko'tarilgan ajdodlarimizning nomlarini abadiylashtirish borasida boshlangan barcha tadbirlar-u , qilinayotgan ishlar o'z navbatida biz ilgari surgan fikrlarimizning aniq va yorqin dalilidir, Bobur va uning qoldirgan adabiy merosi bugun bir emas, bir necha millatlarning qadryatiga aylangan. Shunday ekan, Bobur obrazining dunyoviy va milliy talqinlari mavjuddir. Biz milliy talqinimizda Boburning millatimizga xos bo'lgan fazilatlariga e'tibor qaratsak, butun dunyo uning umumbashariy fazilatlarini qadrlaydi. Uning asarlarida ilgari surilgan g'oyalarning insoniyatga xizmat qilishi bilan faxrlanadilar. Istiqlol yillarida Boburning hayoti va ijodiga xos bo'lgan ma'lumotlarni e'lon qilish dolzarb masalaga aylandi. Yuqorida aytganimizdek, kimki, Bobur haqida qanday ma'lumotga ega bo'lsa, u afsonami, rivoyatmi, qat'iy nazar uni boshqalar bilan baham ko'rish istagida ommaviy nashrlarda e'lon qildi. Maqsad sho'rolar hukumati qora bo'yoqlar choplagan Boburni anglash, unga qaytish edi. Bobur shaxsi va uning fazilatlari juda katta ijtimoiy, tarbiyaviy-estetik ahamiyatga egadir. Bobur obrazini yaratgan bugunning ijodkorlari mustaqil yurtimiz tarqqiyotiga o'z hissalarini qo'shadigan, qo'shayotgan barkamol yoshlarimizni tarbiyalashda, ularning ruhiga vatan qadri, yurt tinchligi tushunchalarini singdirishda ushbu buyuk tarixiy shaxsga, uning ijodiga-yu qora qismatiga murojaat qilishmoqda. XX asr o'zbek adabiyotining deyarli barcha shoirlari Bobur haqida yozishgan. Biz
48
ushbu tadqiqotda ularning ayrimlariga to'xtalib o'tdik, xolos. Bu jihatdan yuqorida ta'kidlaganimizdek, Sirojiddin Sayyid ijodi e'tibor va e'tirofga loyiqdir. Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, biz ushbu tadqiqot ishida o'zbek shoirlarining Bobur shaxsini, uning asl qiyofasini o'quvchilarga yana bir karra tanishtirgan dilbar she'rlarini bitta bitiruv malakaviy ish doirasida yoritilishi mumkin bo‘lgan darajada baholi qudrat yoritdik. Umid qilamizki, ushbu tadqiqot Bobur ijodini o'rganishda, Bobur shaxsini o'rganishda muhim omilga aylanadi va bugungi yoshlarni shu ruhda tarbiyalashda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Zahiriddin Muhammad Bobur bugun o‘z asarlari bilan xalqimiz ko‘nglini yoritib turgan chiroqlardan biridir. Shuningdek, har birimizni Vatanga munosib farzand bo‘lib, kelajak sari dadil qadam tashlashga undovchi, abadiyatga daxldor aziz va qadrli siymodir.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling