Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
frazeologik birikmalarning paydo bolish yollari va ularning ozbek tilidagi muqobillarini tadqiq etish usullari (1)
Newcastle” iborasi “Surhandaryoga xurmo olib bormoq”, “Marg`ilonga atlas tashimoq”,
“Chinozga baliq tashimoq” deb emas, balki neytral ma’noga ega “daryoga suv tashimoq”, “o`rmonga o`tin olib bormoq” kabi neytral birikmalar topish, zarur bo`lsa, yangi erkin frazeologik birikmalar yaratish tavsiya etiladi. Ingliz tilidan o`zbek tiliga tarjima qilingan frazeologik birikmalar o`zbekchalashtirilishi lozim, lekin bu bilan tarjimaning o`zini oqlamagan usullardan foydalanish, uni suiiste’mol qilish nafaqat tarjima usuliga, balki mazmuniga ham putur yetkazadi, tarjima sifatiga salbiy ta’sir ko`rsatadi.
Belgilar umumiy va maxsus bo`lishi mumkin. Har qanday tilda oq rang soflik, adolat belgisidir. Shuningdek, qora - qayg`u, o`lim; gul - chiroyli, sevgi; bulbul-chiroyli ovoz; bo`ri - hasislik, ochlik; tulki – makkorlik; iymon - donolik va hokazo. Bu belgilar umumiy belgilardir. Har xil geografik iqtisodiy, ijtimoiy, insonlarning siyosiy holatlari bilan bog`liq maxsus belgilar ham mavjud. Shunga ko`ra bir frazeologik birikmalarni tarjimada turli hil so`zlar bilan solishtiramiz. M: as red as a cherry - olmaday qizil; as harmless as a dove - musichaday beozor.
Har bir tilda o`zining milliy, madaniy xususiyatlariga ega bo`lgan frazeologik birikmalar mavjud. Frazeologik birikmalarning tarjimasi milliy, madaniy hususiyatiga chuqur e’tibor bergan holda qilinishi lozim.
Frazeologik birikmalar har bir tilda tashkil topishi jihatidan ijtimoiy-tarixiy hodisalar, aqliy va ruhiy holatlar, din, milliy an’ana va urf-odatlarni o`z ichiga oladi. Turli xil geografik nomlar frazeologik birikmalarning tarkibiy qismi bo`lishi mumkin. M: Do in Rome as the
78
Romans do. - Onasini uchqo`rg`ondan ko`rsataman. Frazeologik birikmalar milliy xususiyatga ega bo`lganda boshqa tilga kalka orqali tarjima qilinadi. M: Golden wedding – oltin to`y.
Ingliz tilida inson tana a’zolariga ko`z, qovoq, bosh va xokazolarga asoslangan bir necha iboralar mavjud. Ba’zida notasviriy ifodaviy, iboralar bilan tarjima qilish muhim bo`lib qoladi, lekin ba’zida tillarda ishlatilishi mumkin. Tarjimon iboralarni va asliyat tilidagi boshqa idiomalarni yodda saqlab qolishni o`rganishi shart. Haqiqiy qiyinchilik iboralarni badiiy tomondan tarjima qilinayotganda tug`iladi. Tarjimon tarjima tilidagi iboralarni qo`llanilishiga sezgirligini oshirish va ularning jonliligini ta’minlash uchun tabiiy qo`llashi va asliyat tilidagi usulini saqlab qolishi kerak. Asliyat tilida ibora hisoblanmagan, lekin iboralar bilan yaxshi tarjima qilinadigan so`zlar bo`lishi mumkin. M: Dutch courage iborasi o`zbek tiliga kayf,
Evfemizm - bir so`z, iboraning boshqa so`z yoki ibora o`rniga qo`llanilishi. Lekin efemizm yoki qog`ozga o`rab gapirish nojoya iboraning, ijtimoiy qabul qilinmagan, yoqimsiz bo`lgan so`zlardan qochish maqsadida qo`llaniladi. Hamma tillarda boshqa so`z o`rnida qo`llaniluvchi ayniqsa jinsiy aloqa, o`lim va g`ayritabiiy holatlar doirasida qo`llaniladigan evfemizmlar frazealogik birliklari mavjud. Yahudiylar Xudo so`zi o`rnida jannat so`zini qo`llashgan. Ko`plab tillarda o`lim so`zining o`rniga boshqa so`zlarni qo`llash qabul qilingan. Inglizlar pass away – (narigi dunyoga ketmoq) va boshqa ifodalarni qo`llashadi. Jinsiy aloqa ko`p tillarda pardalab gapirish as to know, to touch, to come together, to sleep with singari frazeologik birikmalari orqali qo`llaniladi. Qo`shma Shtatlarda qari odamlarni katta yoshdagi shaxslar (senior citizens) deb atashadi. Evfemizmlar tarjima tiliga mos keladigan evfemizm so`zlar bilan qo`llanilishi kerak. Tarjimon uchun eng muhim narsa shuki, asosiy tildagi evfemizmning tabiiyligini eslab qolish va so`ng tarjima tilida qabul qilingan va to`g`ri keladigan so`zga tarjima qilish kerak. Misol uchun: He is sleeping with his father iborasi: U qishlog`iga
Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling