Takrorlash uchun savollar:
Xalqaro terrorizm tushunchasini sharxlab bering?
Xalqaro terrorizmning moliyaviy manbalariga nimalarni kiritish mumkin?
Noqonuniy qurol-yarog` savdosi bo`yicha O`zbekistonda va jahon miqyosida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
Odam savdosining salbiy oqibatlari nimalardan iborat?
Odam savdosini terrorizmning moliyaviy manbalari bilan qanday bog`liqlik jihatlari mavjud?
9-mavzu: Yaqin Sharqda terrorchi guruhlarning paydo bo‘lish sabablari va kuchayishi
REJA:
1. Yaqin sharq tushunchasi va davlatlari
2. Falastin muammosi
3. Yaqin sharqdagi terroristik tashkilotlar.
4. Arab baxori
Таянч тушунчалар: яқин шарқ, Фаластин, Ғазо сектори, Ҳамас, Ҳизбуллоҳ, ИШИД, Араб баҳори.
Yaqin sharq tusunchasi va davlatlari
Yaqin Sharq–Osiyoning gʻarbiy va janubi-gʻarbiy hamda Afrikaning shim,sharqiy qismidagi hududlarning nomi.
Yaqin Sharqda Misr, Sudan, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari, Iordaniya, Iroq, Isroil, Falastin Muxtoriyati, Kipr, Quvayt, Livan, Saudiya Arabistoni, Suriya, Turkiya, Ummon, Yaman, Qatar kabi davlatlar va amirliklar joylashgan.
Gʻarb adabiyotlarida Yaqin Sharq hududini Eron va Afgʻoniston bilan birga Oʻrta Sharq deb atash qabul qilingan. 19-asr va 20-asr boshlarida Yaqin Sharq tushunchasiga Usmonli turk imperiyasi, jumladan, Bolqon yarim orol ham kiritilgan.
Bahrayn Davlati – Janubi-g‘arbiy Osiyoda, Fors qo‘ltig‘ining Bahrayn orollaridagi davlat (amirlik). Bahrayn tarkibiga 33 orol kiradi, ularning eng kattalari: Bahrayn. Muharrak, Umm-Naasan, Havar . Rasmiy tili – arab tili. Maydoni 695,2 km2, aholisi 1 234 571 kishi (2011). Asosiy aholisi arablar. Shuningdek forslar, pokistonliklar , hindlar ham yashaydi. Aholining 83% shaharlarda istiqomat qiladi. Islom diniga e’tiqod etadi. Poytaxti – Manama shahri.
Bahrayn – konstitutsiyaviy monarxiya. Davlat boshlig‘i – amir . Qonun chiqaruvchi hokimiyatni amir va bir palatali Milliy Kengash (parlament), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. 1973-yil mamlakat konstitutsiyasi qabul qilingan. 1973 – 1975-yillarda konstitutsiyaga muvofiq Milliy Assambleya (parlament) chaqirildi, biroq u 1975-yilda amirning farmoni bilan tarqatib yuborildi. 1992-yilda40 kishidan iborat Maslaxat Kengashi tuzilganligi e ’lon qilindi. Uning vazifasi – qonun loyihalari va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining turli sohalari bo ‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Kengash tarkibini amir belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |