Internet saytlari
16. www. tdpu. uz
17.www. ziyonet. uz
18.www. edu. uz
19. www. ma’naviyat. uz
20.www.bilim.uz.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
ANDIJONDAVLATUNIVERSITETI
Ro’yxatga olindi.
|
“Tasdiqlayman”
|
№ _________________
|
O’quv ishlari bo’yicha prorеktor:
|
201__ “__” __________
|
___________________________
|
|
“____” __________2019 - yil
|
EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI KURASHNING
MA’NAVIY-MA’RIFIY ASOSLARI
fanidan
ISHCHI O’QUV DASTURI
Bilim sohasi:
|
- 100000 – Gumanitar
|
Ta'lim sohasi:
|
-110000 – Pedagogika
|
Ta'lim yo’nalishi:
|
- 5111600 – Milliy g`oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
|
№
|
Mashg’ulot turi
|
Ajratilgan soat
|
1
|
Ma’ruza
|
36
|
2
|
Seminar
|
40
|
3
|
Mustaqil ish
|
70
|
Jami
|
146
|
Andijon -2019
Fanning ishchi o’quv dasturi o’quv, ishchi o’quv reja va o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
Sobirov D. – ADU, “Falsafa” kafedrasi katta o`qituvchi,
Suyarov Z. – ADU, “Falsafa” kafedrasi katta o`qituvchi,
Mamadaliyev M. – ADU, “Falsafa” kafedrasi assistenti,
Taqrizchilar:
Ortiqov T. – ADU, “Falsafa” kafedrasi professori,
Falsafa fanlari doktori.
Fanning ishchi o’quv dasturi “Falsafa” kafedrasining 2019-yil “27” avgustdagi “1” – son yig’ilshida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: __________f.f.n.dots. Yuldasheva F.
Fanning ishchi o’quv dasturi Andijon davlat universiteti Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti kengashining 2018 - yil 27 – avgustdagi 1 – son majlisida muhokama etildi va ma'qullandi.
Fakultet kengashi raisi: ____________ _T.Madumarov
Kelishildi: O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i: __________R.Mullajonov
O‘quv fanining dolzarbligi va oily kasbiy ta’limdagi o‘rni
XX asr oxiriga kelib ikki qutbli dunyoning yemirilishi, ya’ni jahonning deyarli yarmiga hukmronlik qilib kelgan sotsializmning inqirozga yuz tutishi, uning bosh qo‘rg‘oni hisoblangan Sho‘rolar saltanatining qulashi natijasida bir qancha davlatlarning mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tishi yillar davomida ta’qib qilingan diniy e’tiqod erkinligiga yana imkon yaratdi.
Bunga uzoq yillar tashna bo‘lgan xalqlar tushunib – tushunmay din sohasidagi hamma narsani qabul qilaverdi. Bu narsa dindan siyosiy maqsadlarini amalga oshirishni ko‘zlab yurgan qator kishilar va tashkilotlarning tegirmoniga suv quydi.
Avvalo mustaqil davlatlarga o‘zlarini do‘st ko‘rsatib va u erda ichki nizo janjallarni kuchaytirib so‘ngra “tinchitish” qo‘shin kiritishni hamda bu davlatlarda mustahkam o‘rnashib olishni o‘ylagan davlatlarning tashqi ta’siri ayniqsa kuchli bo‘ldi. Chunki hali tajribasiz mustaqil davlatlar o‘z oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, harbiy va milliy muammolarini hal qilib olishi uchun vaqt va moddiy – ma’naviyat imkoniyat zarur edi.
Bizning yurtimiz geostrategik jihatdan qulay joyda joylashganligi, moddiy resurslarga boy bo‘lganligi uchun ularning o‘qiga nishon vazifasini o‘tadi va tajriba maydoniga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |