Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma


Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish tamoyili


Download 454.2 Kb.
bet4/102
Sana09.04.2023
Hajmi454.2 Kb.
#1346191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
Bog'liq
ETKM majmua 2019-2020 (2)

3. Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish tamoyili.
Jaholatga qarshi ma’rifat.
Bugungi kunda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash jahon hamjamiyati uchun eng dolzarb masalaga aylandi. Shu jumladan, bizning yurtimizda ham begunoh kishilarning qoni to’kilishi, obod joylar vayron bo’lishi, aholi o’rtasida vahima, parokandalik kelib chiqishining oldini olish maqsadida bu kabi ishlarni amalga oshirmoqchi bo’lganlarga qarshi qat’iy kurash olib borilmoqda.
Xo’sh, jaholatning o’zi nima? U qanday ko’rinishlarda namoyon bo’lmoqda? Jaholat – arabcha “jahila” fe’lining o’zagi bo’lib, bilmaslik ma’nosini anglatadi. Islom dinidan oldingi davrni “johiliyat davri” deb atalishining sababi ham shunda. Kishilar bilimsizligi, johilligi tufayli qiz bolalarni tiriklay ko’mganlar, ayollarni odam o’rnida ko’rmaganlar, ularning hech qanday haq- huquqlari bo’lmagan, jamiyat jinoyat botqog’iga botgan zamon bo’lgan. Islom dini kelgach, jaholat o’rnini ma’rifat egalladi. U ayol-qizlar sha’nini ko’klarga ko’tardi, uch qiz tarbiyalab, ularni turmushga bergan ona jannatiy bo’lishi, jannat onalar oyog’i ostida ekanini baralla aytdi.
Kishilar ma’rifatli bo’la boshladilar. Afsuski, bugungi kunda ham jaholat turli ko’rinishlarda o’zligini namoyon qilmoqda. Shulardan biri, diniy bilimsizlikdir. Diniy savodi past bo’lgan kishilar o’zlarini islom dinining jonkuyarlari qilib ko’rsatuvchi, aslida esa, hokimiyatni egallashni maqsad qilib qo’ygan turli oqim vakillarining quruq va’dalariga aldanib qolmoqdalar, hatto, o’zlarini qurbon qilishgacha etib bormoqdalar. Bunday mudhish oqibatlarni keltirib chiqaruvchi bilimsizlikning oldini olishga davlatimiz katta e’tibor qaratayotganini ta’kidlash zarur.
Haqiqiy diniy bilim olaman deganlarga keng imkoniyatlar yaratilgani – o’rta maxsus islom bilim yurtlari, Toshkent islom istituti va O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi kabi o’quv yurtlari faoliyat ko’rsatayotgani ham jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish borasida aniq amaliy ishlar qilinganining yorqin ifodasidir.
Johillik ham mutaassib oqimlarning g’arazli niyatlarini amalga oshirishiga zamin yaratadigan omillardandir. Respublikamiz hududiga yashirin tarzda olib kirilayotgan ekstremistik ruhdagi adabiyotlar, tarqatilayotgan varaqalardan ta’sirlanayotgan va to’g’ri yo’ldan adashayotganlarning borligi ham buni tasdiqlaydi.
Shu bilan birga davr fuqarolarimizning ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish uchun qilayotgan ishlarimizni muntazam asosda takomillashtirishib borishni talab etayotganini ham alohida qayd etish lozim. O’zini portlatish orqali begunoh kishilarning halok bo’lishiga, qanchadan-qancha bolalarning etimga aylanishiga sabab bo’ladigan jafokorlik ham jaholatning o’ziga xos ko’rinishidir. Bunday jafokorlik eng og’ir gunohlardan hisoblanadi. Qur’oni karimning “Kimdakim qasddan bir mo’minni o’ldirsa, uning jazosi jahannamda abadiy qolishdir. Yana unga Alloh g’azab qilgay, la’natlagay va unga ulkan azobni tayyorlab qo’ygay”, – degan oyati ham fikrimizni tasdiqlaydi. Yuqorida qayd etilgan holatlar ham jaholat og’ir oqibatlarni keltirib chiqarishini ko’rsatadi. Shunday ekan, odamlar ongi va qalbida ma’rifatning mutlaq ustuvor bo’lishiga erishish, kishilar tafakkurini boyitish, ularda sog’lom va sobit e’tiqodni shakllantirish uchun kurash, bu yo’ldagi nazariy va amaliy ishlarning hozirjavobligini ta’minlash, ta’sirchanligini oshirish dolzarb vazifalardan biri bo’lib qolaveradi.
O’zbekiston terrorizm tahdidlari va uning zararli oqibatlarini o’z boshidan kechirgan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Yurtimizda ushbu illatlarga qarshi kurashish, uning oldini olish bo’yicha jahon hamjamiyatiga namuna bo’la oladigan darajada o’ziga xos tajriba shakllangan. Prezidentimizning BMT Bosh Assambleya­si 72-sessiyasidagi nutqida xalqaro terrorizm va ekstremizmning ildizini boshqa omillar bilan birga, jaholat va murosasizlik tashkil etishi, shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma’rifat asosida shakl­lantirish va tarbiyalash eng muhim vazifa ekanini ta’kidladi.
Sir emaski, islom dini tarixiga salmoqli hissa qo’shgan buyuk ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy-ma’rifiy meros nafaqat islom olamida, balki butun jahonda alohida e’tiborga loyiqligi e’tirof etilmoqda. Bugungi kunda dunyoning ayrim mintaqalarida tobora keskinlashib borayotgan qonli mojaro va ziddiyatlar, terrorizm va ekstremizm xavfi bizdan doimiy ogoh va hushyor bo’lishni talab etmoqda.
Islom dinini o’zlariga niqob qilib olgan ayrim guruhlar va toifalar dindan foydalanib, g’araz maqsadlarni ko’zlagan holda, jamiyatda buzg’unchilik, begunoh odamlarning qoni to’kilishi kabi salbiy holatlarni avj oldirib, fuqarolar tinchligini buzib, xalq va dindorlar o’rtasida nizo chiqarishga, nifoq solishga harakat qilmoqda. O’zlarini «Islom dini va musulmonlarni himoya qiluvchi xaloskor firqa» deb e’lon qilgan holda, begunoh fuqarolarning o’limiga sabab bo’lmoqda. Eng yomoni, ular o’z xatti-harakatlarini asoslash uchun har bir musulmon uchun muqaddas bo’lgan Qur’oni Karim va Hadisi sharifni o’zlarining g’araz maqsadlariga moslab tafsir va ta’vil qilib, musulmonlar o’rtasida nifoq chiqarishga urinmoqda.
Islom dini har qanday og’ir sharoitda ham ekstremizm va terrorchilik kabi keskin harakatlarni amalga oshirishga ruxsat bermaydi. Uning ta’limotiga ko’ra, nohaq qon to’kish eng og’ir gunoh hisoblanib, buning jazosi ham og’ir ekani ma’lum. Hozirgikunda terrorizm, ekstremizm, diniy aqidaparastlik, mutaassiblik kabi illatlar tinchlik-osoyishtalikka raxna solyapti. Terrorizmni biror millat yoki dinga nisbat berish mutlaqo noto’g’ri. Zero, terrorizmni hech qaysi din, hech qaysi millat oqlamaydi. U kimning va nimaning nomidan sodir etilishidan qat’i nazar, bunday buzg’unchilikni amalga oshiruvchi shaxs qonunga muvofiq jazolanadi.
Aqidaparastlar sodir etayotgan jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilar ekan, jamoatchilikni, rasmiy imom xatiblarni va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillarini qoralash maqsadida inson huquqlari poymol etilayotir, vijdon erkinligi ta’minlanmayotir va bizni qiynoqqa solishyapti, degan turli fis­qu fasodlarni tarqatishmoqda. Bu tuhmatlar, albatta, noto’g’ri ekanligi o’z isbotini topayotganiga qaramay, bu bo’htonlarni chetdan turib uyushtirayotgan va qo’llab-quvvatlayotganlar ham bor.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan huquqimizga ko’ra, har bir shaxs aniq sodir etgan g’ayriqonuniy harakati uchun jazoning muqarrarligi sud hukmiga ko’ra ta’minlanadi. Hech kim nohaq ayblanishiga yo’l qo’yilmaydi. Sud adolat printsiplariga asoslanib, guvohlarning ko’rsatuvlari va aniq asoslantirilgan dalillar majmuiga ko’ra hukm chiqaradi. Bu chiqarilgan hukmning asosliligi nazorat tartibida, kassatsiya va appelyatsiya tartibida yuqori sud instantsiyalari tomonidan nazorat qilinadi. Shu bilan birga, bir shaxs sodir etgan jinoyatga boshqa shaxs, uning yaqinlari (albatta, agar jinoyatga aloqador bo’lmasa) mas’ul bo’lmaydi va javobgarlikdan ozod etiladi.
Terrorizm kishilar, jamoatlar yoki davlatlarning dini, joni, ongi, moli, nomusiga buzg’unchilik bilan dushmanlik qilishdir. Uning doirasiga qo’rqitish, aziyat etkazish, tahdid qilish, nohaq o’ldirish, mol-mulkni tortib olish, yo’lto’sarlik, zo’ravonlik, tahdidning barcha turlari bilan yakka yoki jamoaviy tarzda jinoiy rejani amalga oshirish kiradi. Ushbu harakatlarning maqsadi kishilar orasida qo’rquv, tahlika solish, aziyat etkazib qo’rqitish yoki boshqalarning hayoti, erkinliklari va mol-mulkini xavf-xatarga qo’yishdir. Bularning barchasi buzg’unchilik qilish bo’lib, Alloh Qur’oni Karimda musulmonlarni bu ishdan qaytargan. Aqidaparastlik, buzg’unchilik bugungi kunda paydo bo’lgan dolzarb masalalar emas, bu muammoga nisbatan buyuk allomalar ham ko’p murojaat etib, ularning salbiy oqibatlariga huquqiy va fiqhiy jihatdan baho bergan.
Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida «Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zo’ravonlik va qon to’kish bilan bir qatorga qo’yadiganlarni qat’iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da’vat etadi» – degan edi. 2018 yilning 12 dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasining yalpi sessiyasida «Ma’rifat va diniy bag’rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyutsiya qabul qilindi. Loyihasi O’zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan hujjat BMTga a’zo barcha davlatlar tomonidan bir ovozdan qo’llab-quvvatlandi. Rezolyutsiyaning qabul qilinishi Prezidentimiz ilgari surgan tashabbusning amaliy ifodasi bo’ldi. Ushbu rezolyutsiya bag’rikenglik va o’zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta’minlash, e’tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo’l qo’ymaslikka ko’maklashishga qaratilganligi ta’kidlandi.
Mazkur holatlarni e’tiborga olgan holda, hozirgi kunda islom dunyosining barcha olimu ulamolari hamkorlikda muqaddas dinimizning sof ta’limotini asl holda asrab-­avaylash, uning ahkomlarini buzib ko’rsatishga harakat qilayotgan yovuz kuchlarga qarshi ma’rifiy usullar bilan kurashishni yanada faollashtirishni zaruriy ishlardan deb hisoblaydi.
Mutaassiblikni ko’pincha din bilan bog’lash va terrordan foydalanib hamda musulmonlar uchun muqaddas bo’lgan islom niqobi ostida o’zining dahshatli ishlarini amalga oshirayotgan, mohiyatan, mintaqada vaziyatni beqarorlashtirayotgan bir qator tashkilotlar faoliyati bilan bog’liq voqealarga e’tibor qaratgan holda, dinshunos olim, jamoat arbobi Ali Apsheronining fikrlarini keltirish o’rinlidir. «Islom, – deb yozadi u, – o’ta ketgan mutaassib inqilobchilarga muhtoj emas, aksincha, u chuqur va samimiy e’tiqodga ega bo’lgan, boshqacha fikrlovchi, boshqa tilda so’zlaydigan yoki boshqa dinga e’tiqod qiladigan kishilarga nisbatan bag’rikenglik va ochiqlik xos bo’lgan taqvodor va xudojo’y kishilarga muhtojdir».
Xulosa qilib aytganda, terrorizm illatiga qarshi kurashishda zamonaviy huquq manbalaridan tashqari, muqaddas dinimizning asosi hisoblangan Qur’oni Karim va Hadisi sharif hamda buyuk ajdodlarimizning tavsiyalariga amal qilsak, yurtimizda tinchlik-xotirjamlikni ta’minlashga o’zimizning munosib hissamizni qo’shgan bo’lamiz.



Download 454.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling