Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma


Yaqin sharqdagi terroristik tashkilotlar


Download 454.2 Kb.
bet41/102
Sana09.04.2023
Hajmi454.2 Kb.
#1346191
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   102
Bog'liq
ETKM majmua 2019-2020 (2)

Yaqin sharqdagi terroristik tashkilotlar.

Hizbulloh- [arab. Allohning partiyasi].: Mazkur tashkilot diniy-siyosiy g’oyalar chatishmasi asosida vujudga kelgan harbiy-siyosiy va harbiy- terroristik tashkilotlardan biri sanaladi. Aslida shialik yo’nalishidagi harbiylashgan hamda islomiy davlat, ya’ni shariat asosidagi siyosiy tuzumni qurishni o’ziga maqsad qilib olgan siyosiy partiyadir. Partiyaning nomi Kur’oni karimning Moida surasidagi: «Kimki Allohni, Rasulni va iymon keltirganlarni do’st tutsa, albatta, Allohning (bu) hizbi19chinakam g’oliblardir», (Moida, 56) oyatidan olingan. Shtab- kvartirasi Livanda joylashgan.
«Hizbulloh» ideologiyasining asosida Erondagi islom revolyutsiyasi rahnamosi Ruhulloh Humayniy ideologiyasi yotadi. «Hizbulloh» ta’limoti ham xuddi Erondagi kabi islom inqilobi eksporti g’oyasi asosiga qurilgan.
Hasan Nasrulloh o’z nutqlarida, AQShni bosh dushman deb ataydi. Chunki AQSh boshqa mamlakatlarning boyliklari, ulardagi neft zaxiralari va resurslarning o’g’risi sanaladi. Shuning uchun tashkilotning bosh shiori «Amerikaga o’lim!» deb belgilangan.
Kanadaning tashqi ishlar vaziri Hizbullohni Tolibonlarga taqlid deb atagan. Kanada, AQSh, Isroil, Fors ko’rfazi davlatlari. Yevropa Ittifoqi, Avstraliya va Buyuk Britaniya davlatlarida Hizbulloh terroristik tashkilot sifatida baholanadi. Tashkilot Eron va Suriyadan moliyaviy va harbiy yordam oladi. Tashkilotning 1985 yilgi manifestida partiyaning istiqbolga doir uch bosh siyosiy maqsadlari ifodalangan bo’lib, ular, eng avvalo Livandan barcha mavjud mustamlakachilarni haydab chiqarish. so’ng Falanglarni20 jinoyati uchun javob berishga majburlash va Livan davlatida islom tuzumini o’rnatishdan iboratdir. Ba’zi olimlarning ta’kidlashiga ko’ra, hozirda Livanda harakatda bo’lgan mazkur partiya 1982 yilda Eronning mana shu nomdagi tashkiloti filiali sifatida tashkil etilgan.
Hizbulloh harakati, haqiqatan ham Amerika va Isroil hukumatlarining olib borgan siyosatiga qarshi kayfiyat keng tarqalgan vaqtda Janubiy Livanni Isroil agressiyasidan muhofaza qilish maqsadida Erondagi Islom inqilobini himoya qilish korpusi ko’magida maxsus tuzilgan. 1992 yilda Hizbullox partiyasi birinchi marta parlament saylovlarida qatnashib. jami 128 ta o’rindan 12 ta o’rin olgan.
1996 yilda «Qahr-g’azab shodalari» operatsiyasidan keyin mazkur hududda harbiy harakatlar zonasi aniqlanadi. BMT ning Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasiga muvofiq 2000 yil mayida Janubiy Livandan Isroil qo’shinlarining olib chiqib ketilishi zarurligi qabul qilindi hamda mazkur hududda Livan armiyasi nazorati o’rnatilishi darkor edi. Biroq Livan hukumati ovoza qilmasdan mazkur hudud nazoratini «Hizbulloh» harakati qo’liga topshirdi. Shunday qilib, isroil davlati bilan Livan o’rtasidagi chegaralarni «Hizbulloh» egalladi va chegara bo’yicha kuchli mudofaa istehkomlarini bunyod qildi. Bunda ular Isroil tomonidan qurilgan istehkomlardan ham juda unumli foydalanishdi. Bunkerlar, qurol omborlari, blindajlar, kuzatuv postlari, pulemyot va snayper akoplari bir necha o’n kilometrlargacha cho’zilib, ular o’zaro bir-biri bilan er osti tunellari orqali ulanib ketgan edi. Chegara bo’ylab birvarakayiga kuchli o’t ochishga mo’ljallangan reaktiv qurollarni joylashtirish uchun maxsus qurilmalar bunyod qilingan edi. Keyinchalik, «Hizbulloh» ulardan Isroil shimolidagi aholi punktlarini o’qqa tutishda foydalanadi. «Hizbulloh»ningbugungi kundagi etakchisi Hasan Nasrulloh 2006 yil 23 mayda Bayrutdagi ma’ruzalaridan birida, «Hizbulloh» raketalari nishonida butun Isroil shimoli yotganligini, mazkur hududda joylashgan barcha portlar, harbiy bazalar, ishlab chiqarish zavodlari va boshqa ob’ektlar nishon ostida ekanligi qayd etib o’tadi. Uning ta’kidlashiga ko’ra, ularningharbiy kuchi 12 mingtadan ko’proq raketadan iborat.
2005 yil parlament saylovlarida «Hizbulloh» qonun chiqaruvchi organda o’z vakillariga ega bo’ldi (128 tadan 23 deputat) va hukumat tarkibiga partiyaning a’zolari kirdi (Muhammad Fneysh - energetika va suv resurslari vaziri). 2006 yil 12 iyulda Livan chegarasida «Hizbulloh» jangarilari tomonidan ikki Isroil harbiy zobitlarining qo’lga olinishi natijasida navbatdagi Yaqin Sharq urushiga olib keldi. «Hizbulloh» boshchiligida «8mart» koalitsiyasi (ittifoqi) 2009 yil iyundagi parlament saylovlarida 128 ta o’rindan 57 tasiga egalik qildi. 2011 yildan boshlab «Hizbulloh» Suriyadagi fuqarolar urushida Bashar Asad, ya’ni rasmiy hukumat tarafida turib harbiy to’qnashuvlarda qurol-yarog’ bilan qatnasha boshladi.
«Hizbulloh» AQSh, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Kanada, Isroil, Avstraliya va Misrda terrorchi tashkilotlar ro’yxatiga kiritilgan. «Hizbulloh»ga tinch aholi hamda harbiylarga qarshi terror usulini qo’llagan harbiy-siyosiy tashkilot deb ayb qo’yiladi. Rossiyada «Hizbulloh» terror tashkiloti hisoblanmaydi.
Livan armiyasining sobiq generali Ilyos Xonning fikriga ko’ra, «Hizbulloh» livanliklar tarixida birinchi bo’lib Livan janubini ozod etish bilan arab olami nomusini himoya qilgan.
Misrda 2008-2009 yillarda Sami Shihob boshchiligidagi «Hizbulloh» tarafdorlari mamlakat hududida bir qancha teraktlarni uyushtirayotgani ma’lum bo’lgach, uning a’zolari ommaviy hibsga olinadi. Misr Interpol orqali «Hizbulloh» rahbarini xalqaro qidiruvga berdi. «Te G’1paps1a1 Ishez» gazetasi xabariga ko’ra, Misr OAVlari Nasrullohni «harbiy jinoyatchi» deb ataydi. Livan sobiq bosh vaziri Rafiq Haririyning halokati sabablarini o’rganish bo’yicha BMT Komissiyasi vakilining aytishicha, bu qotillikda «Hizbulloh» maxsus operatsiyalar o’tkazish va tashkil qilish bo’limining qo’li bor.
Bugungi kundagi Suriyada yuzaga kelgan hokimiyat uchun kurashda «Hizbulloh» B. Asad tarafdori bo’lib maydonga chiqdi hamda mazkur masalada Eron pozitsiyasini qo’llab-quvatladi. 2012 yil avgustda N0^ eapop gazetasida tahririyat maqolasi e’lon qilindi. Unda «Hizbulloh» faoliyati aslida Livan manfaatlarini himoya qilishga yo’naltirilganligi masalasi shubhaga olinadi. Ta’kidlanishiga ko’ra, Isroil Livan uchun xavf tug’dirmaydi. Aslida Isroil «Hizbulloh» hamda «Falastinni Ozod Qilish harakati»ga qarshi faoliyat olib borgan. Isroil Livan hududlarini bosib olish istagidan yiroqdir. «Hizbulloh» esa Livanning manfaatlarini himoya qilish bayrog’i ostida, aslida Isroilga qarshi kurashish niyatidadir.
Bahrayn 2013 yioda «Hizbulloh»ni terrorchiliktashkiloti deb e’lon qildi.U «Hizbulloh»ni ba’zi G’arb davlatlari kabi harbiy va siyosiy fraktsiyalarga bo’lmaydi. Bahrayn Tashqi ishlar vaziri Xolid ibn al-Ahmad o’z nutqlaridan birida «Hizbulloh»ning etakchisi Hasan Nasrullohdan Livanni xalos etish fikrinioshkora e’lon qildi.Uningfikriga ko’ra,Livanni Nasrulloxdan xalos etish milliy va diniy qarzdir.
«Hizbulloh» rasmiy siyosiy va tashkiliy tuzilishga ega. Tashkilot diniy etakchilar boshqaruvi tamoyili asosida o’z faoliyatini olib boradi. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, 2004 yil boshida «Hizbulloh»ning qurollangan guruhlari soni 10 ta motorlashtirilgan, bta piyoda askar batalonidan iborat bo’lgan. Ularning har birida 250 ta jangchi bo’lib, umumiy jangchilar soni 4000 ta bo’lgan. Shuningdek, 5 ming zaxirachi askarlar tizimi mavjud.
Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, 2006 yilda «Hizbulloh»ning muntazam harbiy kuchi soni ming kishidan iborat bo’lgan, zaxiradagilar bilan esa 7 mingdan 11 minggacha bo’lgan. Boshqa baholarga qaraganda tashkilot tarkibida 30 mingga yaqin jangchilar mavjud va ularning uchdan bir qismi juda katta amaliy jangovar tajribaga ega.
Tashkilot harbiy qismlarida mingdan ortiq RSZO rusumidagi o’rnatmalar, unga tegishli yuz mingdan ortiq raketalar, stvolli artilleriya, uchuvchisiz uchadigan moslamalar (bezpilotnik) va Eronda ishlab chiqarilgan kemalarga qarshi raketalar, bundan tashqari tanklarga qarshi turli raketa komplekslariga, shu jumladan Rossiyaning RPG-29 va RPG-78 moslamalariga ega. Times gazetasining 28 may 2010 yilda nashr qilgan maqolasidagi ma’lumotlarga ko’ra, «Hizbulloh» Suriyada maxfiy qurol omborlariga ega. BMTning xavfzilik kengashining 1701 rezoltsiyasiga asosan «Hizbulloh» umuman hech qanday qurolga ega bo’lishi mumkin emasligi belgilab qo’yilgan.
«Hizbulloh» tarkibida Isroilga qarshi faoliyatga yo’naltirilgan alohida bo’lim tashkil qilingan. Tashkilotning xavfsizlik xizmati Isroil hududida quyidagi yo’nalishlarda faol harakat olib boradi:

  • Chet el fuqarolarni Isroil davlatiningturli tizimlariga singdirish yoki chet ellik hujjatiga ega bo’lganlarni terroristik aktlarni amalga oshirish uchun tayyorlash;

  • Isroilda yashayotgan arablardan foylangan holda mamlakatning tarixiy obidalari hududida turli terroristik aktlarni sodir etish;

  • Isroil xududiga qurol va portlovchi vositalarini noqonuniy kontrabanda yo’li bilan olib kirish;

  • Falastinlik terroristik guruhlarni moliyalashtirish.

Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, falastinlik jangarilarga Isroilning har bir o’ldirilgan yahudiy fuqarosi uchun «Hizbulloh» yuzlab dollar to’laydi. «Hizbulloh» 2004 yil 29 yanvar va 22 fevralda Isroil hududida terroristik aktlarni maxsus moliyalashtirgan, natijada 10 dan ortiqodam halok bo’lgan, 100 dan ortiq odam esa jarohat olgan.
Amerikaninig «Mez* Ro1P1» nomli harbiy akademiyasi Terrorizmga qarshi kurash tadqiqot markazining nashrga tayyorlagan hisobotiga ko’ra, bugungi kunda «Hizbulloh» Evropa hududida islom inqilobi eksporti ta’limoti asosida har tomonlama ta’minlangan haqiqiy terroristik faoliyat yuritmoqda.
Ba’zi xabarlarga ko’ra «Hizbulloh» Kuba hududida maxsus tashqi harbiy-siyosiy tayanch baza qurilishini boshlagan. Mazkur bazani yaratish uchun bir yarim million dollar miqdorda mablag’ ajratilgan. Mana shunday tashqi tayanch bazalar yaratish harakatlari Paragvay, Braziliya, Venesuela, Argentinada ham olib borilmoqda. So’nggi yillarda, Argentinada «Hizbulloh» ikki marta Isroil elchixonasi va yahudiylar tashkilotlari binolari oldida terroristik aktlarni amalga oshirganlar.
2011 yil 30 iyunda Livan bo’yicha maxsus trebunal vakillari sobiq Bosh vazir Rafiq Xaririyning 2005 yilda o’ldirilishi bo’yicha ayblov xulosasini Livan hukumatiga yuborishdi. Unda aytilishicha, «Hizbulloh»ning 4 ta faol a’zosi bevosita Bosh vazirning o’ldirilishida ishtirok etgan. Ular Livan kontrrazvedkasi boshchiligida harakat qilgan.
«Hizbulloh»o’zining«Al-nur» radiostantsiyasi va «Al-manor» (mayoq) yo’ldoshli telekanaliga ega. Stantsiya Eron tomonidan ajratilgan mablag’ asosida qurilgan. Ko’rsatuvlar Bayrutdan olib boriladi. Al-manor o’ziga nisbatan «qarshilik harakati stantsiyasi» degan nomni ishlatadi va o’z faoliyatini «sionist dushmanlarga karshi psixologik urush» sifatida baholaydi. Ko’rsatuvlarda tashkilot g’oyalari asosida o’z-o’zini o’ldirishorqali, ya’ni o’z joniga qasd qilish terroristik aktlari targib qilinadi. AQSh telekanalni terroristik tashkilotlar ro’yxatiga kiritgan.
Shu bilan birga, «Hizbulloq» arab mamlakatlari aholisi o’rtasida bolalar uchun islom normalari, urf-odatlari va islom dini qonun-qoidalari targibotchisi sifatida nufuzga ega. «Hizbulloh» tashkiloti har yili kasalxona, aloqa xizmati va ta’lim markazlariga millionlab dollar ajratadi. Ulardan Emdada islom hayriya jamiyati, markaziy Press-ofis, Al-Jarga uyushmasi, Jihod al-Bino Qurilish birlashmasi shular jumlasidandir. Masalan, Jihod al-Bino Qurilish birlashmasining qayta qurish dasturi ko’plab iqtisodiy va infrastruktura,ya’ni turli ijtimoiy ob’ektlarni barpo qilish proektlarini o’zida mujassam etadi. «Hizbulloh» ijtimoiy- ta’limiy dasturlarga bag`ishlangan Al-Shahid hayriya institutini tashkil qilgan bo’lib, institut halok bo’lgan jangarilar, ular oilalarini moddiy qo’llab-quvvatlash,ularning farzandlarini bepul o’qitish bilan shugullanadi. Tabiiy ravishda, maxsus tashkil qilingan bunday maktablarda bolalarga asosan diniy- terroristik yo’nalishda ta’lim beriladi.
Hamas: Mazkur harakat aslida 1987 yilda Falastinda ro’y bergan birinchi Ozodlik harakati, ya’ni Intifoda harakatidan keyin Misrdagi «Musulmon birodarlar» tashkiloti hamda «Falastin islom jihodi harakatlari» kabi tashkilotlar tarkibidan mustaqil ajralib chiqqan tashkilotdir. Hamas siyosiy partiya sifatida 1988 yil avgust oyidan faoliyat yurita boshlagan. Hamas 2007 yildan boshlab G’azo sektorida o’z hokimiyatini o’rnatgan bo’lib, aslida Falastin hududida o’z faoliyatini tashkil etgan islom harakati va siyosiy partiyadir. Mazkur siyosiy, diniy- harbiy tuzilmaning bosh maqsadi, avvalo, Isroil davlati hamda Falastinga qarshi kurash bo’lib, Hamas ularning yo’q qilinishi, ular negizida esa islom davlati qurilishi tarafdoridir. Hamas ta’limoti Isroilga qarshi kurash asosiga qurilgan bo’lib, aynan Isroil hududida uning fuqarolariga qarshi ko’plab terroristik aktlar tashkil qilingan.
Hamas– mazkur tashkilotning to’liq nomlanishi «Harakatal-mukovama al- islomiya» bo’lib, «Islomiy qarshilik harakati» ma’nosini anglatadi.
Hamas Evroittifoq, Isroil, Kanada, AQSh va Yaponiya kabi davlatlar tomonidan terror tashkiloti deb tan olingan. Shuningdek, Iordaniyada ham taqiqlangan. Avstraliya va Buyuk Britaniyada Hamasning faqat harbiy qanoti terroristik deb tan olinadi. Hamas o’z mafkurasini «Al-Aqso» telekanali orqali targib qiladi. Bu kanal uzatilishi Evropa davlatlari, xususan Frantsiyada taqiqlangan.
Isroilning G’azodan chiqib ketishidan so’ng Hamas o’z harbiy kuchlarini o’stirishga kirishib ketdi. Harbiy soha boshqaruvi Hamasning Suriyadagi shtabi tomonidan amalga oshirilib, Eron va Suriyaning, Arab musulmon mamlakatlari, hattoki ayrim G’arb davlatlarinnig moliyaviy qo’llab-quvvatlashiga tayanar edi.
Harakatning ma’naviy rahnamosi bolaligidan nogironlar aravachasiga mixlanib qolgan shayx Ahmad Yosindir. Dastlab, Isroil tomonidan harakat Yosir Arafotning «Falastin ozodlik tashkiloti»21ga (FOT) raqobatchi sifatida baholangan. Tashkilot faoliyatining ilk shakllanish davrida bosib olingan territoriyalarda Ahmad Yosinning «Mu’jama al-islomiya» yordam tashkiloti olib borgan keng xayriya harakatlari Isroil harbiylari tomonidan ma’qullangan. Mazkur tashkilot Hamasning tayanch bo’linmasi bo’lib, Isroil tomonidan ham moliyalashtirib turilgan. Shuningdek, Isroil hukumati tashkilotga Fors ko’rfazi arab davlatlaridan xayr-ehson mablag’larini olishgaham imkoniyat yaratib bergan. Tashkilot tomonidan maktablar, shifoxonalar, bolalar bog’chalari qurilgan hamda Gazo islom universiteti tashkil etilgan.
Boshqa tarafdan, FOTning nodiniy chap qanoti tomonidan amalga oshirilgan terroristik harakatlar Isroil tomonidan shafqatsiz bostirilgan. O’sha vaqtlarda ikki tashkilot, ya’ni bir tomondan, FOT, ikkinchi tomondan Hamas o’rtasida tez-tez ziddiyatlar kelib chiqib turgan. Biroq Isroil mazkur qarama- qarshilikka aralashmaslik pozitsiyasida turgan. Qarama- qarshilik natijasida Isroil tomonidan bosib olingan hududlarda mutaassib kayfiyat kuchayib, jamiyatda Hamasning mavqei kuchayib borgan.
Keyinchalik FOT 1988 yildan boshlabterrorchilikusullaridan voz kechgach, 1993 yilda Isroil va FOT o’rtasida Oslo kelishuvi imzolangan. Hamas esa aynan shu yildan boshlab terrorchilik harakatlariga kirishgan va Oslo kelishuvini inkor etgan.
FOT 1984 yilda shayx Yosin yashirin tarzda qurollar omboriga ega ekanini isroilliklarga ma’lum qiladi hamda haqiqatan ham masjidlardan birida ombor topiladi. Shu voqeadan so’ng shayx Yosin hibsga olinadi. Shayx yosinmazkur kurollar Isroilga emas balki FOT harakatiga qarshi ishlatish uchun yig’ilgan ekanligini ma’lum qiladi. Bir yildan so’ngu ozod qilinadi va o’z faoliyatini davom ettiradi.
Isroil politsiyasi 1989 yilda Hamas etakchisi shayx Yosinni hamda isyon ko’targan va qotilliklar qilgan 250 ta Hamas a’zolarini hibsga oladi. Shayx Yosin 1991 yil oktyabr oyida umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi. Biroq 1997 yilda Isroil maxsus xizmati Iordaniyada Xolid Mashalga qarshi suiqasd uyushtirganda hibsga olingan ikkita isroillik agentlar keyinchalik shayx Esinga ayirboshlanadi.
Falastin muxtoriyati 1994 yilda tuzilgach Hamas Falastin qonunchilik kengashining birinchi bor o’tkazgan saylovlarini inkor qildi. Faqatgina 2004 yilda Yosir Arafotning o’limidan so’ng muxtoriyat siyosiy hayotida faol ishtirok eta boshladi. Arafotning o’limidan so’ng FOTning hududdagi mavqei keskin sustlashadi Hamasning mavqei esa muntazam oshib boradi.
Hamas 2005 yildagi munitsipal saylovlarda ko’plab deputato’rinlarini, jumladan, G’azo, Kalikiya va Noblus shaharlarida boshqaruvni qo’lga kiritdi.
Isroil hukumati 2007 yilning oktyabr oyida G’azo sektorini dushman hududi deb e’lon qiladi va ma’lum darajada iqtisodiy bosim o’tkazib, tizimli ravishda elektr energiyasini uzib qo’yadi. Misr ham o’z navbatida G’azo blokadasini amalga oshiradi. Vaqti- vaqti bilan G’azo sektori aholisi Misr chegaralarini buzib o’tish bilan shug’ullanadi. G’azo sektorida ichki siyosiy vaziyat beqaror bo’lib, u erga er osti tunnellari orqali qurol-yarog’ va portlovchi moddalar olib kiritiladi. Bir qator davlatlar G’azo sektoriga insonparvarlik yordamlarini tashkil qilgan.
Al-Qoida Hamasni Isroil bilan haddan ortiq yumshok muzokaralar olib borish hamda jihod tamoyillariga to’liq amal qilmaslikda ayblaydi. 2009 yil 14 avgustda Al-Qoidaning G’azo sektoridagi etakchisi hisoblangan Abdullatif Muso G’azo sektori islom amirligi ekanligini, mazkur hudud Al-Qoidaga tegishli ekanligini e’lon qiladi. Ayblovlar ichida Hamasning dunyoviy siyosat olib borishga harakat qilayotganligi, shariatga asoslangan davlat qurilishi uning esidan chiqqanligi, Al-Koidaga tegishli 120 ming dollarlik qurol-yarog’ Hamas tomonidan musodara qilinganligi, o’zaro qonli to’qnashuvlarning kelib chiqayotganligi uqtirib o’tiladi. Mana shunday to’qnashuvlarning birida Abdullatif Muso o’zini o’zi portlatib yuboradi.
Hamas qat’iy tuzulmaga ega bo’lib, u yagona rasmiy yetakchiga ega emas. Asos solingan kundan boshlab shayx Ahmad yosin17 yil davomida, to 2004 yilda halok bo’lguniga kadar, tashkilotni boshqargan. Ahmad Yosin 1991 yildan 1997 yilgacha hibsda bo’lganligi sababli doktor Abdulaziz Rantisiy boshchilik qildi, biroqu keyinchalik o’ldirildi. Hozirgi vaqtda Hamas etakchiligi uning siyosiy buyurosiga tegishli bo’lib, u boshqaruv organi vazifasini bajarmaydi. Balki, tashqi aloqalar departamenti vazifasini bajaradi. Dastlab siyosiy buyuroni Muso Abumarzuq, 1996 yildan boshlab esa, Xolid Mashal boshqarib kelgan. Ikkovi ham Damashqda muhojirlikda yashadi.
Falastin hududida Hamasdagi eng katta lavozimni egallagan shaxs Mahmud az-Zahardir. G’azo sektorida esa 2005 yildagi viloyatsaylovlarida g’olib chiqqan Ismoil Honiya etakchi xisoblanadi. 2006 yildagi parlament saylovlarida Ismoil Honiya saylanish ro’yxatining birinchi o’rnidan joy olgan. Maxmud az-Zahar esa faqat 9-o’rinni egallagan. Saylovlardagi g’alabasidan keyin Ismoil Honiya Falastin muxtoriyatining bosh vaziri lavozimiga ko’tarilgan.
Kuzatuvchilar tashkilotni uch asosiy raqobatchi guruhlarga bo’ladilar:

  1. Xolid Mashal boshchiligidagi siyosiy mafkuraviy guruh bo’lib, Xolid Mashal Hamasning«Ijroiya qo’mitasi»ga rahbarlik qiladi. G>fuh faoliyati va rahbariyatini Misrda «Musulmon birodarlar», shuningdek, Qatar va Turkiya qo’llab-quvvatlaydilar.

  2. Bosh vazir Ismoil Honiya boshchiligidagi guruh bo’lib, ular asosan ichki muammolarga e’tibor qaratishadi. Misrda Muhammad Mursiy hokimiyati ag’darilgandan so’ng, bu guruh o’z himoyachilaridan ayrildi, shuningdek, Eron va Suriya bilan ham munosabatlari yomonlashdi.

  3. Mahmud az-Zahar boshchiligidagi hamda Hamasning harbiy qanoti etakchilaridan iborat guruh bo’lib, Eron bilan mustahkam aloqalariga ega.

Hamas tarkibida Izzuddin al-qassom brigadalari uning harbiy qanotini tashkil etadi. Harbiy qanot Abuzakariyo al-Jamol kabi o’z yetakchilariga ega bo’lib, bevosita harbiy harakatlar olib boradi. Hamasning ijroiya kuchlari G’azo sektoridagi politsiya vazifasini bajaruvchi maxsus bo’lim sanaladi. Shuningdek, asosan homiylik bilan shug’ullanuvchi maxsus bo’linmalar bor. Ular falastinlik muhojirlar, Eron, Saudiya Arabistoni va boshqa arab mamalakatlari tomonidan moliyalashtiriladi. Bir qism mablag’lar G’arbiy Evropa va Shimoliy Amerikadan ham keladi.
Hamas o’z faoliyati davomida yuzlab terroristik aktlarni o’tkazgan bo’lib, ularda minglab begunoh odamlar qurbon bo’lgan. 2004 yilda Hamas tomonidan 555 ta terroristik akt, harbiy operatsiyalar, raketa va minamyot hujumlari amalga oshirilgan. Solishtirish uchun shu yili «Islom jihodi» guruhi 106 ta, «Fath»ning harbiy qanoti bo’lgan «Tanzim» esa 97 ta terrorchilik aktlarini amalga oshirgan. 2011 yilning 14dekabrda Hamasning harbiy qanoti tashkilot asos solinishining 24 yilligiga bag’ishlab sionist dushmanlarga qarshi kurashda erishilgan natijalar haqida hisobot materiallarini chop etadi. Keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, tashkilot faoliyat olib borgan yillar davomida 1117 ta terroristik harakat amalga oshirgan bo’lib, ulardan 87 tasi o’z joniga qasd qilish orqali amalga oshirilgan.
Hamasningjamiyatdagi mavqeiningoshishiga G’azo sektoridan Isroil qo’shinlarining 2005 yilda olib chiqib ketilishi sabab bo’ldi. 2006 yil fevral oyida Falastin qonunchilik kengashiga o’tkazilgan saylovlarda Hamas harakati 133 ta o’rindan 73 tasiga ega bo’ldi. Bir oydan so’ng Hamas tomonidan tuzilgan Ismoil Honiya boshchiligidagi hokimiyat qasamyod keltirdi. O’sha oyning o’zida Xolid Mashal boshchiligidagi Hamas delegatsiyasi Vladimr Putin taklifiga ko’ra Moskvaga tashrif buyuradi. Bu holat terroristik tashkilot sifatida tanilgan tashkilotning tan olinishiga bo’lgan ilk qadam sifatida baholandi.
«Iroq va shom islom davlati» (boshqanomi - «IroqvaLivanislomdavlati») 2006 yilda Iroqda «Al-Qoida» terroristik tashkilotining Iroqdagi bo’linmasi va boshqa bir necha terrorchi guruhlarning birlashuvi asosida «Iroq Islom davlagi» nomi bilan vujudga kelgan. Bosh maqsad sifatida Iroq, Iordaniya, Suriya kabi mamlakatlar negizida sunniy musulmonlarning yagona davlagi “xalifalik»ni barpo etib, uni bosqichma-bosqich Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlari xisobiga kengaytirishni da’vo qiladi. 2010 yildan buyon tashkilotga Abu Bakr al-Bag’dodiy nomi bilan tanilgan Abdulloh Ibrohim as-Samariy (ayrim ma’lumotlarga ko’ra - Ibrohim Avad Ibrohim al-Badriy al-Husayniy) ismli shaxs rahbarlik qilmoqda.
2013 yilning oxirida guruh jangarilari Suriyannng Raqka shaxrini egallab, o’z qarorgohiga aylantirgan. 2014 yilning boshidan ushbu gurux Iroqdagi faoliyatini kengaytirnb kelmoqda. IShID mazkur mamlakatning shimoli va g’arbidagi katta hududda, jumladan, Mosul, Ramadi, Suleymanbek, Tikrit, Faluja shaharlarida to’liq o’z nazoratini o’rnatishga erishgan.
2014 yilda IShID eng xatarli terroristik guruhlardan biriga aylangan edi. Tashkilot tadbirkorlarga «soliq» solish, odamlarni garovda ushlab tovon undirish, bosqinchilik qilish. boshqa din vakillari va o’zlariga ergashmagan musulmonlarning mol-mulkini talon-taroj qilish, shuningdek, nazorat ostidagi xududlardan olingan neft xomashyosini sotish xisobiga o’z faoliyatini moliyalashtirib kelgan. Ayrim mutaxassislar Fors ko’ltig’i mamlakatlaridagi ba’zi mutaassib shayxlar yashirin tarzda IShIDga moddiy yordam ko’rsatib kelayotgani haqida ham fikr bildiririshgan.
Guruh o’z maqsadlari yo’lida o’ta shafqatsiz shakllarda terroristik faoliyatni amalga oshirishi bilan ajralib turgan. IShID tomonidan harbiylar, shia yo’nalishidagi musulmonlar, umuman o’z g’oyalariga ergashmagan fuqarolarni ommaviy qatl etish, aholi gavjum joylarda hudkush terrorchilik amaliyotlarini o’tkazish keng qo’llanilgan. 2014 yilning 14 nyun kuni Mosul shahridagi «Al-Isro» masjidi yonida tashkilotga ko’shilishdan bosh tortgan 12 ta diniy ulamo qatl etilgan. Shuningdsk, jangarnlar 2 nafar AQSh va 1 nafar Britaniya fuqarosi bo’lgan jurnalistlarni vaxshiylarcha namoyishkorona so’yib o’ldirgan. 2015 yilning iyun oyida IShID nazorat o’rnattan hududida go’yoki «xalifalik» tuzilgani va endilikda ushbu guruh «Xalifalik» deb nomlanishi e’lon kilinib, Abu Bakr al-Bagdodiysh! «xalifa» etibsaylaganlari. barcha musulmonlar unga qasamyod keltirishi («bay’at») lozimligi e’lon qilingan.
«Xalifalik» e’lon qilingan hududda IShID tomonidan shariatni joriy qilish da’vosi ostida inson huquqlarini buzuvchi g’ayri tabiiy cheklovlar o’rnatilgan. Masalan, erkaklarga tor shim kiyish, ayollar kiyimi tikiladigan korxonalar va sotiladigan do’konlarda ishlash yoki ularga kirish, soch-soqolini tarash, ayollarga esa erkak shifokorlarga murojaat qilish, sochini turmaklab qisqartirish, stulda o’tirish kabilar man etilgan. Kinoteatr, go’zallik salonlari faoliyati, musiqa tinglash taqiqlangan. Ushbu qoidalarni buzganlarga darra urish, qo’l yoki oyog’ini kesish, qatl etish kabi jazo choralari qo’llanishi belgilangan.
Terrorchilar egallab turgan hududlarda istiqomat qilayotgan xristianlarga har oy 250 AQSh dollari miqdorida soliq (jizya) to’lash, islom dinini kabul qilish yoki mamlakatni tark etish talabi qo’yilgan. Iroq va Suriyada jangarilar tomonidan o’nlab ziyoratgohlar, shia musulmonlarining masjidlari, xristianlarning cherkov va monastirlari vayron qilingan.
Tashkilotning yetakchilaridan biri Abu Turob al-Muqaddasiy hatto Makkadagi Baytulloxdn vayron qilishdan tap tortmasliklarini bildirib: «Biz Ka’abani buzib, unga sajda kiluvchilarni o’ldiramiz», deb da’vo qilgan.
2014 yil sentyabr oyida BMT mazkur guruhning faoliyatini insoniyatga karshi jinoyat sifatida baholab, tashkilot bilan aloqador shaxslarga sanktsiyalar ko’llash yuzasidan maxsus bayonot qabul qildi. Shuningdek. 2014 yilning iyul oyida BMT Xavfsizlik Kengashi guruh tomonidan sotilayotgan neftni xarid kilishni taqiqlash yuzasidan qaror chiqardi.
AQSh, Fransiya, Turkiya, Rossiya kabi mamlakatlar IShIDga qarshi kurash doirasida uning Iroq va Suriyada joylashgan harbiy infratuzilmasiga havodan zarba berish amaliyotini o’tkazgan. AQSh Davlat departamenti tomonidan tashkshyut etakchisi Abu Bakr al-Bag’dodiy eng xavfli terrorchilar qatoriga knritilgan bo’lib, uni ushlashga yordam berganlarga 10 mln. AQSh dollari miqdorida mukofot puli va’da qilingan.
2014 ynl 3 iyulda Butun olam musulmon ulamolari ittifoqi IShID tomonidan e’lon qilingan «xalifalik»ni shar’an botil harakat deb fatvo chiqargan. Fatvoda islom ta’limotiga muvofiq hech kaysi firqa yoki guruhga o’zboshimchalik bilan «xalifalikni e’lon qilish huquqi berilmagani ta’kidlangan. Shayx Yusuf QarzoviyIShIDning «xalifalik» haqilagi da’vosini kattik qoralab: «Mamlakatni bosib olish va yarim aholisini kirg’in kilish islomga asoslangan davlat qurish emas, balki terrori hisoblanadi», deb baho bergan


Download 454.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling