Italiya XVII asrning 2-yarmi va XX asr boshlarida
Download 20,67 Kb.
|
Italiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pemont,Lombardiya,Venetsiya
- XX asr boshida Italiya tashqi siyosati: XX asr
Italiya XVII asrning 2-yarmi va XX asr boshlarida (5-mavzu)
Viktor Emannuel II yoki Italyan tilida Vittorio Emanuele II 1820-1878-yillarda yashagan. U 1849-yildan boshlab Sardiniya qiroli, 1861-yildan esa Savoylar sulolasining yangi davrdagi ilk birlashgan Italiya qiroli edi. Bir qancha tarixchilar uning xizmati Italiyaning birlashtirilishi edi deb hisoblaydilar. Ba’zilar esa bu birlashuvning asosida qo’mondon Garibaldi va Graf Kamillo Kavur xizmatlari turganligini aytadilar. U 1820-yil 14-martida Turinda tug’iladi. Otasi Karl Albert, onasi Mariya Tereziya Toskanskaya edi. Viktor davrida Italiya davlatining tashqi siyosati ichki siyosatga qaraganda keng qamrovli jarayonlar bilan ajralib turadi. Bularga Qrim urushi bilan bog’liq jarayonlar, Avstriya bilan urushlar misol bo’la oladi. Ammo ichki siyosatda ham muhim jarayonlar yuz berdi. Masalan, Rimning egallanishi va yagona Italiya qirolligining vujudga kelishi bunga misol edi. Aslida Avstriya bilan urushlari boshlanishi Kavurning Emannuel IIni Plomberga Napaleon III bilan ko’rishishga yuborishidan boshlangan edi. Bundan ko’zlangan maqsad esa Fransuz-Italyan ittifoqini shakllantirish va Avstriyaga qarshi urushib o’zi ko’z tikkan hududlar:
Viktorning tashqi siyosiy faqoliyati haqida gap ketsa, 1866-yildagi Vena tinchlik shartnomasi ham muhim. Vena tinchlik shartnomasi 1866-yil 3-oktabrda imzolangan va 12-oktabrda ratifikatsiya qilingan edi. Avstriya va Italiya o’rtasida imzolangan. Shartnomaga ko’ra Frans Iosif Venetsiya viloyatini Italiya birlashtirishga rozilik beradi. Bunig evaziga esa Emanuel II 35 mln florin miqdorida tovon to’lashi lozim bo’ladi. Uning tashqi siyosatdagi faolligi umrining oxirigacha davom etadi. 1873-yilda ham Viktor Berlin va Venaga Vilgelm I va Frans Iosiflarga elchilarini yuborgani tarixdan ma’lum. Viktor Emanuell II 1878-yil 9-yanvarda vafot etdi. U italyanlar yodida uzoq vaqt saqlanib qolgan. Hozir ham Italiyaning ko’plab shaharlarida yodgorliklari mavjud. Eng yiriklari Rim , Milan va San- Martino shaharlarida hisoblanadi.
XX asr boshidagi Italiya tashqi siyosati deganda qator sanalar borki ular Italiya tashqi siyosatining markazida turadi. Masalan,
Italiya Afrika masalasida Xitoydagi Tyanzin kongresida ham ko’tarib chiqdi. Bu kongress qarorlari Dadokanes orollari haqida Italyaga yon berdi.
Shu narsani ham alohida takidlash kerakki, XX asr boshidagi Italiya tashqi siyosatining hal qiluvchi figuralari bu tashqi ishlar vaziri Sidney Sannino va Italiya vazirlar kengashi vakili Antonio Salandralar edi. Aynan ularning qarorlari bilan Londondagi 1915- yilda bo’lib o’tgan Buyuk Britaniya, Fransiya va Italiya davlatlari shartnomasiga ko’ra Italiya Avstriyaga qarshi urush harakatlarini boshlab yuboradi. Bu harakatlar ortidan esa Italiya Janubiy Albniya hududi ham okkupatsiya qilindi. Download 20,67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling