Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma


Download 454.2 Kb.
bet55/102
Sana09.04.2023
Hajmi454.2 Kb.
#1346191
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   102
Bog'liq
ETKM majmua 2019-2020 (2)

Takrorlash uchun savollar:
1. Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jamiyat rivojlanishiga qanday ta’sir ko’rsatadi?
2. Siyosiy- huquqiy o’zgarishlar va sud- huquq tizimidagi islohotlarning ijtimoiy adolatni ta’minlashdagi ahamiyati nimalarda ko’rinadi?
3. Jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy yangilanishi va barqaror ijtimoiy taraqqiyoti o’rtasida qanday aloqadorlik bor?
4. Mamlakatimizda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishning qanday o’ziga xos xususiyatlarini ajratish mumkin?
5. Diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olishda mafkuraviy immunitetning o’rni va ahamiyatini qanday baholash mumkin?
13-мавзу: Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning xalqaro siyosiy-huquqiy asoslari

Reja:
1.Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik.


2.Odamlarni garovga olish bilan bog‘liq jinoyatlarning oldidi olish.
3.Havo kemalarida sodir etiladigan jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha kelishuvlar.
4.Yadroviy materiallarini o‘g‘irlash bilan bog‘liq jinoyatni oldini olish.
5.Yollanish bilan bog‘liq jinoyatlar bщyicha kelishuvlar
6.Terrorizmga qarshi kurashning mafkuraviy hamda maʼnaviy-tarbiyaviy asoslari.

Tayanch tushunchalar: Terrorizmga qarshi xalqaro hamkorlik, xalqaro huquq, xalqaro terrorizm, xalqaro jinoyat. Terrorizmning oldini olishga qaratilgan xalqaro hujjatlar, xalqaro aksilterror uyushmalari, maʼnaviy-maʼrifiy hamkorlik.




1. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik.
Xalqaro terrorizm – eng og‘ir jinoyat bo‘lib, u uzoq davometgan jarayonlarning hosilasi hisoblanadi.Unga qarshi kurashda davlatlararo hamkorlikning yo‘lgaqo‘yilishi o‘tgan asrning 30-yillaridan boshlangan. Masalan, 1934 yilda Madridda bo‘lib o‘tgan jinoyatchilikka oid qonunlarni unifikatsiyalashtirish muammolariga bag‘ishlangan konferensiyada terrorizmning «Aholini dahshatga solish va har qanday ijtimoiy tashkillashuvni yo‘q qilish maqsadida biror bir vositani qo‘llash”degan maʼnodagi taʼrifi qabul qilinishiga erishilgan edi.
1937 yilda 20 dan ortiq davlat terrorizmning oldini olish vabunday harakatlar uchun jazolash haqidagi Konvensiyani imzoladi. Unda terrorizm: «davlatga qarshi qaratilgan, muayyan shaxslar yoki aholi o‘rtasida qo‘rquvni keltirib chiqarish maqsadini ko‘zlagan jinoiy faoliyat” deya taʼriflangan edi. Davlat boshliqlari, ularning huquqidan foydalanuvchi, ular tayinlagan yoki merosxo‘r bo‘lgan kishilar, qayd etilgan shaxslarning ayollari hayoti, sog‘lig‘i,ozodligiga tajovuz qilish, jamoat mulki yoki boshqa davlatning mulkiga zarar yetkazish,ommaviy xavf tug‘dirish bilan odamlarni halok qilish niyatini ko‘zlash, ko‘zlagan jinoyatlarini sodir etish maqsadida qurol-yarog‘ va portlovchi moddalar sotib olish, saqlash va yetkazib berish ana shunday jinoyat sirasiga kiritilgan edi.
Ayni paytda, terrorchilarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun 13 davlat suveren tenglikni chegaralovchi «Xalqaro jinoiy sudni tashkil etish” haqidagi Konvensiyani imzoladi. Shunday bo‘lsa-da, bu hujjatlarda xalqaro terrorchilarni tutib berish masalasi umuman qo‘yilmagan, terrorizmning taʼrifi esa haddan tashqari kengayib ketgan edi. Yuqoridagi kabi qator kamchiliklari tufaylinomlari zikr qilingan konvensiyalar zarur miqdordagi ratifikatsiyalarni to‘play olmadi va kuchga kirmay qolib ketdi.
Shunga qaramay, ular bu sohadagi davlatlararo hamkorlikka ozmi-ko‘pmi ijobiy taʼsir ko‘rsatgani shubhasiz, albatta. Chunki ularning asosiy qoidalaridan terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi milliy qonunlarni mukammallashtirishda foydalanildi.
1972 yilning may va sentabr oylarida sodir bo‘lgan voqealardan keyin xalqaro hamjamiyat bu dolzarb va xavfli hodisaga yana o‘z eʼtiborini qaratdi. Terrorizm haqidagi umumiy tushuncha va terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni jazolash choralarini belgilab beruvchi huquqiy aktlar ishlab chiqildi. O‘nlab davlatlarda terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilindi, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlar imzolandi.
Qurolli to‘qnashuvlar vaqtida terrorchilik harakatlarini qo‘llash xalqaro gumanitar huquq meʼyorlariga, xususan, 1949 yilda imzolangan Urush paytida oddiy fuqarolarni himoya qilish haqidagi JenevaKonvensiyasiga, 1977 yilda qabul qilingan Qo‘shimcha protokollar qoidalariga ko‘ra man etilgan.
Urushdan keyingi davr terrorchilik guruhlarining son va sifat jihatidan o‘sishi bilan farqlanadi. Ularning ichida «Shtern”,«Irgun” (Isroil), «Yahudiylarni himoya qilish ligasi” (AQSh),«Tamil Ilam”ni ozod qiluvchi yo‘lbarslar”, «Baader-Maynxof”,«Qora internatsional”, «Butun dunyo natsional-sotsialistik ittifoqi”,«Armanistonni ozod qilish maxfiy arman armiyasi” kabi uyushmalar ko‘pchilikka maʼlum edi. Shuningdek, hozirda dunyoning 60 ga yaqin mamlakatlarida shunday guruhlar mavjud. Jumladan, Yevropada ham “Qizil brigadalar” (Italiya), «Qizil Armiya fraksiyasi”, «Jangari kommunistik guruhlar” (Belgiya), «Akson direkt” (Fransiya), «ETA”(Ispaniya) kabi ko‘p sonli terrorchilik uyushmalari faoliyat olibbormoqda.
Ayni paytda, terrorchilik nafaqat siyosiy, balki kata miqdorda pul talab qilish va boshqa oddiy jinoiy maqsadlarda ham amalga oshirila boshlanganini taʼkidlash zarur. Natijada, nafaqat xalqaro muhofazadan foydalanuvchilar, balki oddiy fuqarolar ham jabr ko‘ra boshladi. Ularga aholi zich yashaydigan joylar, aeroportlar, metro bekatlari, restoran va ibodatxonalarda amalga oshirilgan portlatishlarni kiritish mumkin. Bunday jinoyatlarga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik aloqalari kengayib bormoqda.
Jumladan, BMT huzurida xalqaro terrorizm bo‘yicha tashkil etilgan Maxsus qo‘mita terrorizm sabablarini o‘rganish, bartaraf qilish va unga qarshi kurash borasida davlatlar faoliyatini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanmoqda. 1973 yilning dekabrida BMT Bosh Assambleyasi xalqaro muhofazadan foydalanadigan shaxslar, jumladan, diplomatik agentlarga qarshi qaratilgan jinoyatlarning oldini olish va jazolash bo‘yicha Konvensiyani qabul qildi. Uning 1-moddasiga muvofiq xorijiy mamlakatda bo‘lib turgan davlat va hukumat boshliqlari,tashqi ishlar vaziri, ularga hamrohlik qilayotgan oila aʼzolari; maxsus muhofaza huquqi bo‘lgan davlat vakili yoki mansabdor shaxs; hukumatlararo xalqaro tashkilotning mansabdor shaxsi yoki agenti va ular bilan birga yashovchi oila aʼzolari xalqaro muhofazada bo‘ladigan shaxslar qatoriga kiritilgan. Odam o‘ldirish, o‘g‘irlash yoki shaxs va uning erkinliklariga boshqa bir shaklda tajovuz qilish; erkinligi yoki shaxsiyatiga xavf tug‘dirgan holda rasmiy idoralarga yoki shunday shaxslarning transport vositalariga zo‘ravonlik bilan bostirib kirish, egallab olish; tahdid, qasd qilish va shunga o‘xshash bosqinchilikda ishtirok etishdek qasddan qilingan harakatlar esa xalqaro jinoyat sifatida eʼtirof qilinadi.
Terrorchini o‘z hududida qo‘lga olgan davlat amaldagi qonunlariga ko‘ra uni jinoiy javobgarlikka tortish yoki boshqa davlatga shu maqsadda tutib berish uchun zarur choralarni ko‘radi. Ayni paytda, ko‘rilgan choralar haqida manfaatdor davlatlar yoki xalqaro tashkilotlarga maʼlum qiladi.
Bunday jinoyatlar:
– jinoyat shu davlat hududida yoki shu davlatda ro‘yxatga olingan transport vositasi (kema, samolyot va sh.k.) bortida amalga oshirilganda;
– gumon qilinayotgan jinoyatchi shu davlat fuqarosi bo‘lganda;
– jinoyat shu davlat nomidan rasmiy vazifani bajarayotgan va xalqaro muhofazadan foydalanadigan shaxsga qarshi sodir etilganda davlatlarning yurisdiksiyasi amalga oshiriladi.
Qayd etilgan harakatlarga qarshi kurash bo‘yicha siyosiy kelishuvlar Yevropa xavfsizlik va hamkorlik Kengashi ishtirokchilarining Xelsinki, Madrid, Vena, Parijda qabul qilgan yakunlovchi aktlarida o‘z ifodasini topgan. Ayni paytda, terrorchilik xurujlarining oldini olish va uni sodir etganlik uchun jazolash to‘g‘risidagi Amerika davlatlari tashkiloti (1971 y.), Yevropa davlatlari (1976 y.) va Janubiy Osiyo mintaqaviy hamkorligi assotsiatsiyasi (1987 y.) tomonidan qabul qilingan uchta mintaqaviy Konvensiya ham mavjudligini qayd etish lozim.
Shu bilan birga, Yevropa iqtisodiy hamjamiyati tarkibida terrorizm bo‘yicha Tashqi ishlar vazirlari Qo‘mitasi ham faoliyat ko‘rsatayotganini taʼkidlash zarur. Bu yo‘nalishda hamkorlik qilishga intilish musulmon dunyosi mamlakatlariga ham xosdir. Ko‘plab arab-musulmon davlatlari Ichki ishlar va Adliya vazirlari tomonidan 1998 yilda imzolangan terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha Arab bitimini qabul qilishgan. Fors ko‘rfazidagi arab davlatlari hamkorlik Kengashiga aʼzo bo‘lgan mamlakatlar ham hozirda shunga o‘xshash Bitimni yaratish ustida ishlamoqdalar. Bu mamlakatlar tomonidan terrorizm bilan kurashni tashkil etish, noqonuniy yo‘llar bilan topilgan pullarni legallashtirish, shubhali tadbirlarga pul yig‘ishning oldini olishga qaratilgan bir qator choralar ko‘rilgan. Ko‘plab qo‘shni davlatlar bilan xavfsizlikni taʼminlash sohasida bir qator bitimlar ratifikatsiya qilingan. Bu bitimlar ekstremizm va terrorizm bilan kurash, shuningdek, jinoyatchilarni tutib berishga aloqador qoidalarni qamrab oladi.
Bundan tashqari, Jazoirda terrorchilik harakatlaridan aziyat chekkan fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatish, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash qurboni bo‘lganlarga tovon puli to‘lash masalalariga bag‘ishlangan hujjatlar qabul qilingan. Biroq hali ham xalqaro terrorizm tushunchasining mohiyati, huquqiy tabiati va uni sodir etganlik uchun javobgarlikni belgilovchi yagona universal kelishuv ham, xalqaro terrorchilik xurujlarini xarakterlovchi to‘la ro‘yxat ham yo‘q.
Xalqaro bitimlarni tahlil qilish:
– elchixonalar, xalqaro tashkilotlarning missiyalari yoki vakolatxonalari shtab-kvartiralarini portlatish;
– mulkka zarar yetkazish yoki yo‘q qilish, odamlarni jarohatlash va o‘ldirish maqsadida ko‘chalar, aeroportlar, vokzallar, madaniyat markazlari, sanoat inshootlari, savdo-sotiq va kasbiy faoliyat uchun mo‘ljallangan binolarda sodir etiladigan qo‘poruvchilik harakatlari;
– yuk, banderol, xat va pochta orqali yuboriladigan boshqa narsalarga portlovchi moslamalarni o‘rnatib, qasddan foydalanish;
– jamoat binolariga nisbatan sodir etilgan har qanday qo‘poruvchilik harakati;
– xalqaro terrorchilik harakatlarini amalga oshirish maqsadida fitna uyushtirish va uning har qanday ko‘rinishida ishtirok etishni xalqaro terrorchilik xurujlari qatoriga qo‘shish imkonini beradi.
Boshqa manbalarda esa, odamlarni garovga olish, qaroqchilik, fuqarolar aviatsiyasiga qarshi yo‘naltirilgan hodisa, shuningdek, yadroviy xom-ashyolarni noqonuniy qo‘lga kiritish va ishlatish kabilar ham xalqaro terrorchilik amaliyotlari qatoriga kiritilgan.
Xalqaro terrorizm katta xavf tug‘dirishi, keng tarqalgani va amalga oshirish shakllarining xilma-xilligi tufayli ham davlatlar unga qarshi kurashish uchun maxsus konvensiyalar qabul qilishda davom etmoqdalar va bunday xurujlarni xalqaro jinoyat deb taʼriflamoqdalar.
Kishilik jamiyati rivojining hozirgi bosqichida terrorizm, jumladan, diniy-siyosiy mohiyatga ega ekstremizm va terrorizmning globallashuvi, ularning tobora xalqaro miqyosdagi voqelikka aylanib borayotgani dunyo hamjamiyatining mazkur muammoga bo‘lgan eʼtiborini yanada oshirmoqda, unga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirmoqda.
Mazkur muammoning BMT, YEXHT, NATO kabi nufuzli xalqaro institutlar faoliyatidagi o‘rni uzluksiz oshib bormoqda. Terrorizmga qarshi kurashni faollashtirish, uning samarasini oshirishga qaratilgan o‘nlab huquqiy hujjatlar, shartnomalar, bitimlar, konvensiyalar qabul qilinmoqda, tashkilotlar hamda ijro tizimi yaratilmoqda.
Xususan, BMT Xavfsizlik Kengashining oxirgi yillarda qabul qilingan 1368, 1373 va 1377-qarorlari mazkur muammoning turli qirralarini qamrab olgan bo‘lib, dunyoning mutlaq ko‘pchilik davlatlari tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlanmoqda. Ularda belgilangan maqsadlarga erishishning amaliy yo‘llariizlanmoqda.
MDHning Aksilterror markazi hamda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti tuzilmalari shunday institutlardan bo‘lib, ularning yaratilishi va bugungi faoliyati, ko‘p jihatdan, O‘zbekiston Respublikasi tashabbuslari samarasidir. Terrorizmga qarshi kurashning huquqiy asoslarinib mustahkamlash bu kurashda ilg‘or hisoblangan mamlakatlar tajribasida ham alohida o‘rin tutmoqda. Masalan, 1958–1999 yillar davomida AQShda qabul qilingan 40 ta huquqiy hujjat u yoki bu darajada terrorizmga qarshi kurashning huquqiy zaminini mustahkamlashni ko‘zlaydi. Ularning eng muhimlari qatoriga maxsus «Prezident direktivasi” (1995 y.) va “Terrorizmga qarshi kurash haqidagi qonun”ni (1996 y.) kiritish mumkin.
Diniy-siyosiy ekstremizm va terrorizmdan katta talafot ko‘rayotgan ayrim boshqa davlatlar, jumladan, Isroil, Rossiya, Misr va O‘zbekiston ham ana shu yo‘ldan bormoqda. Ushbu mamlakatlarda qabul qilinayotgan qonunlar hamda boshqa huquqiy hujjatlar tegishli davlat idoralari, ayniqsa, huquqni muhofaza qilish muassasalarining tayyorlanayotgan qo‘poruvchilik xurujlarini aniqlash va ularning oldini olishdagi imkoniyatlarini kengaytirishni ko‘zlaydi.
Mazkur yo‘nalishdagi xalqaro tajribaning amaliy natijalari maxsus aksilterror harbiy bo‘linmalarini tuzish, alohida ahamiyatga ega obʼektlar, jumladan, yadroviy muassasalar,yirik suv havzalari, ommaviy jamoat joylari himoyasini kuchaytirish, garovga olinganlarni ozod etishning muzokara yo‘llarini yaratish va muntazam takomillashtirishga qaratilgan texnologiyalarning tug‘ilayotganida o‘zini namoyon etmoqda.

Download 454.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling