Zahiriddin muhammad bobur nomidagi
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
kimyoviy birikmalarning izomeriyasi va nomenklaturasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mundarija So’z boshi …………………………………………………………........3
- Kirish…………………………………………………………………….5 Asosiy qism I. “Kimyoviy birikmalarning nomenklaturasi”
- II. “Kimyoviy birikmalarning izomeriyasi”
- Xulosa va tavsiyalar .......................................................................... 79
- Kirish
- Mavzuning o’rganilish darajasi.
- Ishning maqsadi.
- Ishning ob’yekti va predmeti.
- Ishning e`lon qilinganlik darajasi.
- I.1.Nomenklaturaga qisqacha tavsif Nomenklatura
- Oksidlarning nomlanishi.
- Asoslarning nomlanishi.
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVЕRSITЕTI
Umumiy kimyo kafеdrasi
Rahmonova Mashrabxon Abdisamad qizi
5440400 – kimyo ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr akadеmik darajasini olish uchun yozilgan
ixtirochi va ratsionalizator, Kimyo fanlar doktori, professor I.R.Asqarov.
Mundarija So’z boshi …………………………………………………………........3 Kirish…………………………………………………………………….5 Asosiy qism I. “Kimyoviy birikmalarning nomenklaturasi” I.1 ―Nomenklaturaga qisqacha tavsif‖………………………………. 8 I.2 ―Anorganik birikmalarning nomenklaturasi‖…..…………………..10 I.3 ―Organik birikmalarning nomenklaturasi‖.................................... 16 II. “Kimyoviy birikmalarning izomeriyasi” II.1 ―Izomeriyaga qisqacha tavsif‖.………………………………….... 72 II.2 ―Tuzilish izomeriyasi‖……………………………………………....72 II.3 ―Fazoviy izomеriya yoki stеreoizomеriya‖....................................74 II.4 ―Ko`zgu izomеriyasi‖ ................................................................... 76
So’z boshi
―Inson salohiyati – eng kuchli, eng faol, eng bunyodkor omil bo`lib, u mamlakatning islohоtlar va tub o`zgarishlar yo`lida tinimsiz ilgarilab borishini ta`minlab beradi‖..., ―Bu salohiyatni yuzaga chiqarish jamiyatimizni rivojlantirish va taraqqiy etishining kuchli omili bo`lib hizmat qiladi ‖
Kimyo fanini mukammal o'rganishda birikmalarni nomlash usullari haqida ma'lumotga ega bo'lish muhim ahamiyatga ega. Biror birikmaning hossasini o'rganishdan oldin uning xalqaro miqyosda qanday nom bilan atalishini bilish ushbu moddaning eng asosiy kimyoviy hossalari ichida oldindan fikr va mulohaza yuritishga asos bo'la oladi. Chunki u yoki bu modda xalqaro nomlash usullari yordamida nomlanganda asosan organik kimyoda moddaning xalqaro nomini bilish orqali molekulasi tarkibidagi uglerodlar soni, funksional guruhlar turi va miqdori, ularning uglerodlardagi joylashish o'rni singari bir qator ma'lumotlarga ega bo'lish mumkin. Bugungi kunda tabiiy va sintetik organik moddalar asosida turli-tuman kiyim-kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari, minglab dorivor moddalar, qishloq xo'jaligida esa o'simliklarni o'stiruvchi moddalar, hashorotlarga va o'simlik kasalliklariga qarshi kurashda qo'llaniladigan insektitsidlar, gerbitsidlar, fungitsidlar singari turli-tuman organik moddalar, tehnikada esa ko'plab organik polimerlarni avtomobildan tortib kemalargacha bo'lgan barcha turdagi mashinalar tayyorlashda asosiy hom ashyolardan biri bo'lganligi, neft va gaz mahsulotlari asosida tayyorlangan organik yoqilg`ilar esa turmushda juda keng
qo'llanilayotganligi e'tiborga olinsa, organik moddalar insoniyat taraqqiyotida qay darajada muhim ahamiyatga ega ekanligi ma'lum bo'ladi. Insoniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog`liq bo'lgan sintetik va tabiiy organik moddalarning tuzilishi, tarkibi va hossalarini o'rganish uchun dastlab ularning nomlanishi hamda izomerlari haqida tasavvurga ega bo'lish talab qilinadi[2].
Hozirgi paytda organik moddalar xalq xo'jaligining deyarli barcha soxalarida keng qo'llanilayotganligini e'tiborga olsak, ushbu moddalarni nomlash usullarini o'rganish ham har bir soxa mutahassislari uchun qay darajada zarurligi ma'lum bo'ladi. Organik birikmalarni nomlashga doir dastlabki sodda ma'lumotlar 1012-1023 yillardayoq Markaziy Osiyolik buyuk mutafakkir olim Abu Ali ibn Sino tomonidan yozilgan „Kitob al-qonun fit-tibb" (―Tib qonunlari kitobi‖) da uchraydi. Ushbu asarda 811 sodda dorining nomi alifbo tartibida keltirilib, ularning dorivorlik hossalari ta'riflangan. Organik birikmalarni nomlashga intilish Ibn Sino davridayoq boshlangan bo'lishiga qaramasdan, hozirga qadar chop etilgan organik kimyoga doir darsliklarda bu haqida ma'lum darajada ma'lumotlar berilgan bo'lsada, lekin o'zbek tilida ushbu mavzuga doir birorta darslik yoki o'quv qo'llanma chop etilmagan bo'lib, faqat 1995-yilda I.R.Asqarov tomonidan chop etilgan. O'rta umumta'lim maktab darsliklarida esa organik birikmalarni nomlash bo'yicha juda oz ma'lumotlar keltirilgan. Yuqoridagilarni e'tiborga olib, 1995-yilda chop etilgan qo'llanma qisman to'ldirildi va ushbu qo'llanma tayyorlandi. Bu qo'llanmada eng muhim organik birikmalarni nomlash usullari haqida, ularning izomerlanish qoidalari to'g`risida, organik kimyo fanining so'nggi yutuqlari asosida atroflicha ma'lumotlar keltirilgan[2]. Barcha sinfga mansub bo'lgan organik moddalarning tarixiy, ratsional va xalqaro nomenklaturalari asosidagi nomlari keltirilib, har bir bo'lim oxirida mustaqil tarzda (bilimlarni mustahkamlash uchun) masala va mashqlar hamda test usuli bo'yicha savollar berilib, ularning muqobil javoblari keltirildi.
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Kimyoviy birikmalarning nomenklaturasi ularni kimyoviy va fizikaviy xossalarini o`rganishda va kimyoviy birikma haqida to`liq tasavvurga ega bo`lishda eng muhim omillardan biri bo`lib, ushbu mavzu bugungi kunning dolzarb mammolaridan biri hisoblanadi. Kimyoviy birikmalarning nomenklaturasi va izmeriyasi haqida bilimga ega bo`lmasdan turib, ular haqida chuqur ma`lumotga ega bo`lish mumkin emas. Har qanday organik va noorganik birikmalarni o`rganishda ularni tuzilishi asosida qanday nomlanishini bilish zarur. Kimyoviy birikmani to`liq nomi haqida bilish, uning molekulyar tuzilishi va qanday izomerlarga ega bo`lishi haqida fikr yuritish imkonini beradi. Kimyoviy birikmalar nomenklaturasi nisbatan kam o`rganilgan soxa bo`lganligi tufayli ushbu mavzuda tadqiqot olib borish, mavzuning dolzarbligini ko`rsatadi. Mavzuning o’rganilish darajasi. Kimyoviy birikmalarning nomenklaturasi va izomeriyasi kimyoviy birikmalar tarixi bilan bevosita bog`liq bo`lib, ushbu mavzuga bag`ishlab yozilgan alohida adabiyotlarni kamligi e`tiborga loyiqdir. Har bir sinflar va bo`limlar o`rganilganda ularni nomlari berilgan bo`lsada, 1995-yilga qadar kimyoviy birikmalarning nomenklaturasiga doir alohida qo`llanma yoki darslik o`zbek tilida chop etilmagan. 1995-yilda ―O‘qituvchi‖ nashriyoti tomonidan I.R.Asqarov muallifligida organik birikmalarning nomenklaturasi va izomeriyasi nomli o`quv qo`llanma chop etilgan edi, ayrim ilmiy maqolalardan tashqari kimyoviy birikmalarning nomenklaturasiga doir alohida o`quv qo`llanma yoki darslik yozilmadi. Kimyoga oid darsliklar o`quv qo`llanmalarida kimyoviy birikmalarning nomenklaturasi qisqacha bayon qilinishi bilan chegaralanilgan. Biz Andijon Davlat Universiteti umumiy kimyo kafedrasida kimyoviy birikmalarning nomenklaturasi bo`yicha 2011- yildan buyon tadqiqotlar olib borib, to`plangan materiallar asosida 2013- yilda ―Tafakkur‖ nashriyotida ―Kimyoviy birikmalarning nomenklaturasi va izomeriyasi‖ nomli o`quv qo`llanmani chop etdik.
Kimyoviy birikmalarning nomenklaturasi
va
izomeriyasiga doir bitiruv malakaviy ishimizning asosiy maqsadi, kimyoviy birikmalarning nomenklaturasini va izomeriyasini ilmiy asosda chuqur tahlil qilib ularni tartibga solishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`yganmiz.
ilmiy nomlarini to`plash, ularni kmyoviy tuzilishi asosida alohida o`quv qo`llanma yozishni, asosiy vazifa qilib olingan.
izomeriyasi deb nomlangan bitiruv malakaviy ishimning obyekti kimyoga doir yozilgan darsliklar, o`quv qo`llanmalari, ilmiy va ommabop maqolalar va internet saytlarida e`lon qilingan kimyoviy birikmalar bo`lib, ularni o`rganib chiqib tahlil qilishdan iborat. Ishning asosiy predmeti organik va noorganik moddalarning eng muhim sinflari bo`lib, ularni kimyoviy tuzilishi asosida nomlashni tizimga solishdan iborat.
shundan iboratki, umum ta`lim maktablari, o`rta maxsus va oliy o`quv yurtlari uchun yozilgan darsliklar va boshqa o`quv qo`llanmalarda bayon qilingan eng muhim kimyoviy birikmalarni tarixiy, ratsional va xalqaro nomlarini tartibga solib, tizimlashtirib, ular haqida umumiy xulosalar chiqarish ishning asosiy yangiliklaridan biri hisoblanadi. Noorganik va organik moddalarni nomenklaturasi va izomeriyasi haqida birinchi marotaba alohida o`quv qo`llanma yaratish.
kafedrasini 2012-2013 va 2014- yillarda bo`lgan majlislarida muxokama qilingan va 2013-yilda ―Tafakkur‖ nashriyotida ―Kimyoviy birikmalarning nomenklaturasi va izomeriyasi‖ nomli qo`llanma chop etilgan. Ishning tuzilishi. Mazkur bitiruv malakaviy ish so‘zboshi, kirish, kimyoviy birikmalarning nomenklaturasi, kimyoviy birikmalarning izomeriyasi, xulosa va tavsiyalar kabi boblardan tuzilgan bo`lib, bitiruv malakaviy ish oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati kiritilgan. I. Kimyoviy birikmalarning nomenklaturasi I.1.Nomenklaturaga qisqacha tavsif Nomenklatura-lotincha «nomenclatura» so`zidan olingan bo`lib, fan va tehnikaning biron bir sohasida ishlatiladigan tovar nomlarining ro`yhatlar yig‘indisidir[1]. Barcha organik moddalar uch xil nomenklatura bo‗yicha nomlanadi: 1. Tarixiy nomenklatura. 2. Ratsional nomenklatura. 3. Xalqaro ilmiy nomenklatura. Organik kimyoning dastlabki rivojlanish davrida organik birikmalar asosan olingan manbasiga, tashqi belgilariga qarab, masalan chumoli aldegidi, vino spirti, limon kislotasi, oksalat kislotasi, glitsin, glitserin kabi nomlar tarixiy nomlardir. Tarixiy nomlardan so‗ng fan rivojlangan sari fikrlab, aqliy ratsional nomlash usullari ishlab chiqildi. Ratsional nomenklatura mezonlariga ko‗ra barcha to‗yingan uglevodorodlar metanning hosilalari deb, etilen qator uglevodorodlari etilenning hosilalari deb, barcha spirtlar metil spirtining hosilalari deb qaraladi. Masalan, metilmetan CH 3 CH 3 , dimetilmetan CH 3 CH
CH 3 , dietilmetilmetan CH 3 CH 2 CH(CH
3 )CH
3 CH 3 , trimetilmetan (CH 3
3 CH,
dimetiletilmetan CH 3 CH 2 CH(CH 3 ) 2 kabi nomlar ratsional nomlardir[3]. Organik moddalarning sonini ko‗payib ketishi ularni ratsional nomenklatura qoidalari asosida nomlashda bir qator muammolarni keltirib chiqardi. XIX asrning 80-yillariga kelib organik birikmalar uchun yagona kimyoviy nomenklaturani ishlab chiqishga bo‗lgan ehtiyoj paydo bo‗ldi. 1892-yilda Jeneva shahri (Shveysariya) da bo‗lib o‗tgan xalqaro kimyogarlar kongressida organik birikmalar nomenklaturasining yangi qoidalari tasdiqlandi. Ushbu qoidalar Jeneva
bo‗yicha mashhur Beylshteyn ma‘lumotnomasi tuzilgan. Organik birikmalarning turlari va soni ortib borishi bilan ularni nomlash murakkablashib bormoqda. Nomenklaturaga bag‗ishlangan navbatdagi anjuman 1930-yilda Belgiyaning Lej shahrida bo‗lib o‗tdi. Unda nomenklatura qoidalariga yangi qo‗shimchalar kiritildi[4]. Keyingi paytda organik birikmalarning nomenklaturasini takomillashtirish bilan nazariy va amaliy kimyo xalqaro ittifoqi-IYuPAK (International Union of Pure and Applied Chemistry –IYuPAC) shug‗ullanadi. Ushbu tashkilotning 1957, 1965 va 1986-yillardagi kongresslarida maxsus komissiya tomonidan ishlab chiqilgan va IYuPAK nomenklaturasi deb ataladigan nomenklaturani tavsiya qildi. Mazkur nomenklatura ilmiy adabiyotlarda va darsliklarda keng qo‗llanilmoqda. IYuPAK ma‘lumotlari ingliz tilida nashr etib boriladi. Shuning uchun boshqa tillarga tarjima qilinganda tegishli til qoidalariga moslashtiriladi, lekin xalqaro qoidalarning asosiy tamoyillari saqlanib qolishi zarur. IYuPAK qoidalari nomlarni keltirib chiqarish uchun bir nechta tamoyilni taklif qiladi. Birinchisi o‗rin olish tamoyili. Unga ko‗ra o‗rinbosar nomenklaturasi ishlab chiqilgan. Ikkinchi tamoyil bir harakteristik guruhlar (funksiyalar) va uglevodorod qoldiqlari (o‗rinbosarlar, radikallar) tamoyili. Ushbu tamoyilga muvofiq radikal-funksional nomenklatura ishlab chiqilgan. Bundan tashqari IYuPAK karbo- va geterotsiklik birikmalar uchun maxsus nomenklatura ham ishlab chiqqan[5].
kimyoviy birikmalarni nomlash usullarini bilish, ularni tuzilishini va hossalarini o'rganish muhim axamiyatga egadir. Kimyoviy birikmalardan xalq xo'jaligining turli soxalarida kun sayin keng foydalanilayotganligi hamda bu birikmalarning soni tobora ko'payib ularni nomlash usullarini mukammal o'rganishni taqazo etadi. Hozirgi vaqtga qadar kimyo faniga oid adabiyotlarda kimyoviy birikmalarni nomlash bo'yicha juda oz ma'lumotlar berilgan. Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida kimyoviy birikmalarni nomlashni o'rganish uchun o'zbek tilida darslik yoki metodik qo'llanmaning kamligi talabani kimyoviy birikmalarni nomlash usullarini o'rganishini qiyinlashtiradi. Ana shunday qiyinchiliklarni bartaraf etish yo'lida o'zlarini ulkan xissalarini qo'shayotgan olimlar, shu jumladan, Kimyo fanlari doktori, O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan ixtirochi va ratsionalizator, kimyo fanlari doktori, professor I.R. Asqarovning umumiy tahriri ostida nashr qilingan 7-8-9- sinf kimyo darsliklari, I.R. Asqarovning ―Organik birikmalarni nomlanishi va izomeriyasi‖ hamda ―Organik moddalarni nomlashga doir metodik qo'llanma‖ kitoblaridan foydalanib va shu kitoblardagi ma'lumotlarga tayangan xolda ―Anorganik birikmalar nomenklaturasi― mavzusi bo'yicha ma'lumotlar keltirildi[5]. Anorganik birikmalarning nomlanishi ular anorganik birikmalarining qaysi sinfiga kirishiga qarab nomlanadi. Masalan, oksidlarga ―oksid‖, kislotalarga ―kislota‖ va hokazo. Oksidlar. Oksidlar deb biri kislorod bo'lgan, ikki elementdan tashkil topgan murakkab moddalarga aytiladi. Oksidlar binar birikmalar hisoblanib, ularning umumiy formulasi [ Е 2 O n ].Oksidlar kimyoviy hossalariga ko'ra tuz hosil qiluvchi va tuz hosil qilmaydigan oksidlarga bo'linadi. Tuz hosil qiluvchi oksidlar: 1. Asosli oksidlar - kislotalar yoki kislotali oksidlar bilan tuz hosil qiluvchi oksidlar. 2.
Kislotali oksidlar - asoslar yoki asosli oksidlar bilan tuz hosil qiluvchi oksidlar. 3. Amfoter oksidlar - kislotalar bilan ham ishqorlar bilan ham tuz hosil qiluvchi oksidlar. 4.
Befarq oksidlar - tuz hosil qilmaydigan oksidlar[5].
D.I.Mendeleyevnining kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi Ne, He va Ar elementlarining oksidlarining mavjudligi aniqlanmagan.
Oksidlarning nomlanishi. Doimiy valentlikka ega element oksidining nomi ―element nomi + oksid― shaklida yasaladi. Masalan : magniy oksid - MgO Agar element o'zgaruvchan valentlikka ega bo'lib, bir necha xil oksid hosil qilsa, element nomidan so'ng uning valentligi qavs ichida rim raqami bilan ko'rsatiladi va qavsdan keyin chiziqcha qo'yiladi hamda oksid so'zi yoziladi. ―element nomi +(valentlik rim raqamida) +[- chiziqcha] + oksid‖. Masalan: uglerod (IV) oksid- СO 2
Element nomiga kislorod sonining grekcha sonlarda ifodalanishini qo'yib ham oksidlarni nomlash mumkin: Masalan: uglerod dioksid - СO 2
tarixiy nomlaridan ham foydalaniladi: Masalan: so'ndirilmagan ohak - СaO [5]. Asoslar. Asoslar deb-metall atomi va bir yoki bir necha gidrokso guruhlardan tashkil topgan murakkab moddalarga aytiladi. Asoslar tarkibidagi gidroksoguruhlar soni metall atomining valentligiga son jihatdan teng bo'ladi, chunki gidroksoguruh shartli ravishda bir valentli. Asoslar funksional guruhli moddalar toifasiga mansubdir. Asoslarning umumiy formulasi [M(OH) n ]. Asoslarda kislorod atomi vodorod va metall atomi orasida ularning har biri bilan bog` hosil qilgan holda joylashadi. Suvda eruvchi asoslar ishqorlar deyiladi. Suvda erimaydigan asoslarga qolgan barcha asoslar kiradi. Amfoter asoslar ham kislota ham asos hossalarini namoyon qiladi. Ishqorlar va asoslar eritmalarda OH ionlari ko'p bo'lgani uchun indikatorlardan lakmus-ko'k rangli, fenolftaleinni binafsha rangga bo'yaydi[6]. Asoslarning nomlanishi.Asoslarning nomi o'zgarmas valentli metallar bo'lgani uchun metall nomiga gidroksid so'zini qo'shib hosil qilinadi. Masalan : kaliy gidroksid KOH, natriy gidroksid NaOH. Agar metall atomi o'zgaruvchan valentli bo'lsa va bir necha xil gidroksidlar hosil qilsa va metall atomi nomidan so'ng uning valentligi qavs ichida rim raqami bilan ko'rsatiladi va qavsdan keyin chiziqcha qo'yiladi hamda gidroksid so'zi Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling