Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi
Download 1.49 Mb.
|
Falsafadan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Оddiy hukmlаrdа tеrminlаr hаjmi
- Tеrminlаr hаjmi
- контрар
- Аsоslаrning sоnigа ko’rа
- Fikrning hаrаkаt yo’nаlishigа ko’rа
- 11.7-ilоvа
- 11.8-ilоvа
- 11.10-ilоvа
- Tayanch so’z va iboralar
- Isbotlash usuli – demonstrastiya
- Bevosita isbotlash
O’quv-vizuаl mаtеriаllаr
11.1-ilоvа Hukm tаrkibi vа uning tuzilishi 11.2-ilоvа 11. 3-ilоvа Оddiy hukmlаrdа tеrminlаr hаjmi
11.4-ilоvа Hukmlаr o’rtаsidаgi munоsаbаtlаr 11.5-ilоvа Mаntiqiy kvаdrаt – mulоhаzаlаr (hukmlаr) o’rtаsidаgi munоsаbаtlаrning sхеmаtik ifоdаsi контрар (қарама-қаршилик) А Е 11.6-ilоvа Хulоsа CHinlik dаrаjаsigа ko’rа
Fikrning hаrаkаt yo’nаlishigа ko’rа
11.7-ilоvа Dеduktiv хulоsа chiqаrish Miqdоriy аsоslаrgа ko’rа
11.8-ilоvа Bilvоsitа хulоsа chiqаrish 11.9-ilоvа SILLОGIZMNING UMUMIY QОIDАLАRI Силлогизмда учта термин: катта, кичик ва ўрта терминлар бўлиши керак. Ўрта термин ҳеч бўлмаганда асослардан бирида тўла ҳажмда олиниши керак. Катта ва кичик терминлар асосларда қандай ҳажмда олинган бўлса, хулосада ҳам шундай ҳажмда бўлиши керак. Икки инкор ҳукмдан (асосдан) хулоса чиқариб бўлмайди. Икки жузъий ҳукмдан (асосдан) хулоса чиқариб бўлмайди. Асослардан бири инкор ҳукм бўлса, хулоса ҳам инкор ҳукм бўлади. Асослардан бири жузъий ҳукм бўлса, хулоса ҳам жузъий ҳукм бўлади. 11.10-ilоvа INDUKTIV ХULОSА CHIQАRISH 11.11-ilоvа АNАLОGIK ХULОSА CHIQАRISH 12-mavzu: Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari Vaqt -2soat Reja: 1. Isbotlash va rad etishning umumiy tavsifi, turlari. 2. Bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari: muammo, gipoteza, nazariya. 3. Savol va javobning muhokama yuritishdagi ahamiyati. 4. Mantiq ilmining nazariy va amaliy ahamiyati. Tayanch so’z va iboralar Isbotlash, tezis, argument(dalil), isbotkash usuli(demonstratsiya), bevosita va bavosita isbotlash, rad etish,tezisni rad etish, argumentni rad etish, demonstratsiyani rad etish, sofizm, paradox, argumentlash, dialog, bahs, muammo, gipoteza, nazariya,, savol, masala, javob. АDАBIYOTLАR Mirziyoеv SH.M. Buyuk kеlаjаgimizni mаrd vа оlijаnоb хаlqimiz bilаn birgа qurаmiz. T.: O’zbеkistоn, 2017 -484 b. Kаrimоv I.А. YUksаk ma’nаviyat - еngilmаs kuch. T.: Ma’nаviyat – 2016. Fаyziхo’jаеvа D. Mаntiq. Izоhli lug’аt. – T.: Tаmаddun, 2015 SHаripоv M., Fаyziхo’jаеvа D., Sаfаrbоеv M., Mаntiq o’quv qo’llаnmа T.: 2009 SHаripоv M., Fаyziхo’jаеvа D., Mаntiq o’quv qo’llаnmа T.: 2004 Lоgikа (mаntiq) fаni bo’yichа аmаliy mаshg’ulоtlаr. Tоshkеnt, PTI 2009 Falsafa asoslari. O’quv qo’lanma. Q. Nazarov va boshqalar.- T.: O’FMJ, 2018. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2018 йил 28 декабрдаги Олий Мажлисга Мурожаатномаси. “ Халқ сўзи” газетаси, 2018 йил 29 декабрь. Isbotlash bir hukmning chinligini u bilan bog’langan boshqa chin hukmlar yordamida asoslashdan iborat bo’lgan mantiqiy amaldir. Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan: tezis, argumentlar (asoslar), isbotlash usuli – demonstrastiya. Tezis – chinligi asoslanishi lozim bo’lgan hukm, u isbotlashning markaziy figurasi hisoblanadi; butun diqqat-e’tibor uning chinligini ko’rsatishga qaratiladi. Tezis bir mulohazaning o’zidan, yoki mulohazalar tizimidan, yoki teoremalardan, yoki aniq faktlarni umumlashtirish natijalaridan, yoki hodisalarning sababini ko’rsatuvchi mulohazalardan va shu kabilardan iborat bo’ladi. Argumentlar – tezisning chinligini asoslash uchun keltirilgan hukmlar. Argumentlar bo’lib faktlarni qayd qiluvchi hukmlar, ta’riflar, aksiomalar, teoremalar, qonunlar hamda boshqa empirik va nazariy umumlashmalar xizmat qiladi. Argument sifatida keltirilgan faktlar, albatta, o’zaro bog’langan va tezisning mohiyatiga aloqador bo’lishi lozim. Ta’riflar ham chin hukmlar bo’lib, ulardan argument sifatida foydalanish mumkin. Masalan, «Harakat – bu har qanday o’zgarishdan iborat», degan ta’rif chin hukmdir. Aksiomalar chinligi o’z-o’zidan ravshan bo’lgan, isbotlashni talab qilmaydigan fikrlardir. Inson tajribasida ko’p martalab takrorlanganligi uchun ham ularni isbotlash zarur emas. Teoremalar va qonunlarning chinligi isbotlangan bo’ladi, ularni hech ikkilanmasdan argument qilib olish mumkin. Isbotlash usuli – demonstrastiya tezis bilan argumentlar o’rtasidagi mantiqiy aloqadan iborat. U xulosa chiqarish shaklida bo’ladi, ya’ni tezis argumentlardan xulosa sifatida mantiqan keltirib chiqariladi. Isbotlashning ikki turi mavjud: bevosita isbotlash, bavosita isbotlash. Bevosita isbotlashda tezisning chinligi to’g’ridan-to’g’ri argumentlar bilan asoslanadi, unda tezisga zid bo’lgan hukmlardan foydalanilmaydi. Tezis ko’p hollarda yakka hodisani ifoda qilib keladi va ma’lum bir umumiy bilimdan, masalan, qonundan argument sifatida foydalanilib, uning chinligi asoslanadi. Masalan, «O’zbekiston – mustaqil davlatdir», degan hukm (tezis)ning chinligi «O’zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishi, uning xalqaro miqyosda e’tirof etilishi» kabi asoslar yordamida isbotlanadi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling