Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi
Download 1.49 Mb.
|
Falsafadan
2.Oilaviy muhit. Oilaning mustahkam bo’lishi, oila a’zolarining axloqiylik darajasi undagi muhitga bog’lik. Qaysi oilada sog’lom muhit, hukm sursa, uning ravnaqi, baxtliligi ta’minlangan bo’ladi. Sog’lom muhit deganda biz faqat oilada insonparvarlik, vatanparvarlik, ziyolilik, halollik, rostgo’ylik kabi tamoyillar va me’yorlarga amal qilinishinigina emas, balki uning eskicha an’anaviylik yoki Yangicha zamonaviyligini ham tushunishimiz lozim. Zero aynan ana shu ikki xil turmush tarzi oila kelajagi bilan bog’liq.
Eskicha an’anaviy oila kiyinishda, yeb–ichishda kasbu korda zamonaviy oiladan farq qilmaydi. U ham halol, hamma qatori zamonaviy sharoitda yashaydi. Faqat u o’zining «o’zbekchiligi», ajdodlarining an’anaviy ma’naviy qadriyatlarini «unutmagani» bilan faxrlanadi.Eskicha–an’anaviy oiladagi muhit atrofdagi boshqa oilalarga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi, jamiyatning zaif, ma’naviy saviyasi past xalqasi sifatida millat tarbiyasini ma’lum ma’noda buzadi. Ayni paytda o’z a’zolarining ham «gap–so’zdan» qo’rqadigan, maqtanchoq, ijtimoiy–siyosiy «savodsiz», umrini kundalik mayda tashvishlar bilan o’tkazadigan odamlar bo’lib qolishlariga olib keladi. Yangicha zamonaviy oiladagi muhit esa buning aksi: to’y–ma’rakalarda eng yomon illat bo’lmish isrofgarchilikka yo’l qo’yilmaydi. Ularga ketadigan ortiqcha sarf–xarajatlar imkoni boricha qisqartirilib, asosiy mablag’ oilaning farovonligini, intellektual va maishiy darajasini yuksaltirishga yo’naltiriladi. Bunday oilada totuvlik, xotirjamlik qaror topadi, dasturxon ustidaga suhbatlar Yangi kitoblar, filmlar, ijtimoiy–siyosiy Yangiliklar, inernet xabarlari ustida boradi, dam olish maskanlariga borish rejalari tuziladi; asosiy xatti–harakat farzandlarning oliy ma’lumotli bo’lishiga, zamonaviy kasbiy mahoratni egallashiga, ularni halq va Vatan faxrlanadigan shaxslar bo’lib yetishishlariga qaratiladi. Agar eskicha–an’anaviy oilaviy muhit O’zbekistonda erkin demokratik fuqarolik jamiyati qurilishiga to’sqinlik ko’rsatsa, Yangi zamonaviy oila muhiti uning tezroq ro’yobga chiqishi uchun muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling