Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi
Download 1.49 Mb.
|
Falsafadan
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17.2-ilova
- Tayanch so’z va iboralar
- Adabiyotlar
O’quv-vizuаl mаtеriаllаr
17.1-ilоvа Estetik nazariyalar turlari Tabiat estetikasi Texnika estetikasi Mehnat estetikasi Turmush estetikasi Sport estetikasi 17.2-ilova 17.3-ilova 18-mavzu: Estetikaning zamonaviy muammolari. Vaqt-2 soat Reja: 1. Estetik tarbiyaning turlari va yo'nalishlari. San’at estetik tarbiyaning muhim vositasi. 2. Mehnat – turmush estetikasining muhim omili. 3. Sport va uning ma'naviy-estetik jihatlari. Tayanch so’z va iboralar Estetik tarbiya, mehnat tarbiyasi, turmush estetikasi, axloqiy did, estetik did, ”ommaviy madaniyat”, sport estetikasi, estetik anglash, estetik munosabat, estetikaning zamonaviy muammosi, reklama estetikasi. Adabiyotlar O’zbеkistоn Rеspublikаsini yanаdа rivоjlаntirsh bo’yichа Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi to’g’risidа. O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining Fаrmоni, 2017 yil 7-fеvrаl – “Хаlq so’zi” gaz-si , 2017 yil 8-fеvrаl Mirziyoеv SH.M. Buyuk kеlаjаgimizni mаrd vа оlijаnоb хаlqimiz bilаn qurаmiz. T.: O’zbеkistоn, 2017 -484 b. Kаrimоv I.А. YUksаk ma’nаviyat - еngilmаs kuch. T.: Ma’nаviyat, 2016 y. Аbdullа SHеr, Bахоdir Хusаnоv. Estеtikа. 2-nаshr. Uslubiy qo’llаnmа. - T.: O’zbеkistоn fаylаsuflаri milliy jаmiyati, 2014. Umаrоv E. Estеtikа (Nаfоsаtshunоslik). Dаrslik. - T.: O’zbеkistоn, 1995. Umаrоv E., Kаrimоv R., Mirsаidоvа M., Оyхujаеvа G. Estеtikа аsоslаri. O’quv qo’llаnmа. -T.: CHo’lpоn, 2006. Fаlsаfа. Kоmusiy lug’аt. Tuzuvchi vа mаs’ul muhаrrir K.Nаzаrоv. -T.: SHаrq, 2004. Falsafa asoslari. O’quv qo’lanma. Q. Nazarov va boshqalar.- T.: O’FMJ, 2018. Malumki, “ Estetik tarbiya” atamasini birinchi bo’lib buyuk nemis mutafakkuri Fridrix Shiller o’zining “Inson estetik tarbiyasi xususida maktublar” asarida ilmiy muomlaga kiritgan va estetik tarbiyaning mohiyatini ochib bergan. Shiller nazarida insonni hissiy darajadan hissiy-aqliy garajaga olib chiqadigan, uni o’zi haqida fikrlashga, o’zining hayotdagi asl faoliyati nima bo’lishi kerakligini anglashga yetaklaydigan yo’l. “Faqat go’zallikdangina biz bir payitning o’zida ham individ, ham odamzod sifatida zavq ola bilamiz,-deb yozgan edi Shiller. –Hissiyot bandasi bo’lgan insonni oqil insonga aylantirish faqat uni estetiklashtirish orqaligina ro’y berishi mumkin”. Demak, tom ma’nodagi “estetiklashtirish”,ya’ni estetik tarbiya odamni inson qiladigan hodisa. Estetik tarbiyaning maqsadi muayyan shaxsning estetik qadriyatlarga munosabatini shakllantirishgan, unda ujodiy fikrlash, estetik mushohada qilish malakasini yuksaltirishdan iborat. Estetik tarbiya – jamiyatda ma’naviy muhitni paydo qilishga ko’mak beruvchi muhim unsur bo’lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir. Hozirda estetik tarbiyaning ko’lami tobora kengaymoqda. Shunga ko’ra, u o’z oldiga talaygina muhim vazifalarni qo’ygan. Bular: -kishilarda san’at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o’zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish; -jamiyat a’zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga ishonch tuyg’usini uyg’otish; - tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg’u bilan munosabatda bo’lishga va ularni ravnaq toptirish yo’lida astoydil faoliyat olib borish ko’nikmalarini hosil qilish; - o’tmish ma’naviy merosimizga hurmat hissini uyg’otish, milliy g’urur, milliy iftixor tuyg’ularini shakllantirish uchun zamin yaratis - ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ’ib qilishga undashdir. Estetik tarbiyaning asosiy vositalari tarkibiga- san’at, information texnologiyalar, tabiat, mehnat, sport kabi sohalarni kiritish mumkin. San’at- estetik tarbiyaning muhim vositasi. Bugungi kunda jamiyatimizda inson faoliyatini boshqarib borishdan ko’ra, ushbu jarayonni insonning o’zi tashkil etishi kerakligi bot-bot uqtirilmoqda. Bu jarayonda san’at mohiyatan shaxsning his-tuyg’ulariga ta’sir ko’rsatishga qodir bo’lgan muhim vosita sifatida insonni doimo o’ziga jalb etib kelgan. San’at insonning ehtiroslar va tuyg’ular olamiga singib borib ularni yig’latadi, kuldiradi, o’ylashga majbur qiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak san’at barcha davrlarda insonga hamroh bo’lib kelgan. San’at o’zining estetik bisotini to’laligicha namoyon qilishi uchun ham tarbiya jarayoni bilan chambarchas bog’lanadi. Chunonchi, inson tafakkurini go’zallashtirish estetikaning tadqiqot obyekti hisoblansa, estetik tarbiyaning predmeti esa ma’naviy dunyoni inson tomonidan estetik anglash bilan belgilanadi. San’at xillari va turlarini tasniflashtirish muammosi. San’at an’anaviy tarzda uch xilga bo’lib kelinadi: 1) epos; 2) lirika; 3) drama. «Epos» atamasi qadimgi yunonchadan olingan bo’lib, so’z, hikoya, qissa ma’nolarini anglatadi. Unda muallifning o’zi aralashmagan holda voqeanavislik qilishi, ya’ni ijodkor-sub’ektdan voqelik-ob’ekt alohidalik tabiatiga egaligi eng muhim belgi hisoblanadi. U dastlab badiiy adabiyot doirasida qo’llanilgani uchun hozir ham ba’zilar uni faqat og’zaki va yozma adabiyot namunalariga nisbatan tadbiq etishga urinadilar. Bunga qo’shilib bo’lmaydi. Chunki san’at turlari ravnaq topib borishi natijasida hozir eposni epiklik ma’nosida qo’llash, boshqa san’at turlariga ham nisbat berish mumkin. Endilikda faqat Homerning «Iliada»si, «Alpomish», «Kalevala» dostonlarigina, roman janrining vujudga kelishi bilan, L.Tolstoyning «Urush va tinchlik», Abdulla Qodiriyning «O’tgan kunlar» romanlari singari asarlar ham san’atning epos xiliga kiradi. Bugina emas, keyingi paytlarda rangtasvir, musiqa v.b. san’at turlariga ham eposni tadbiq etish mumkin bo’lib qoldi. M., Rixard Vagnerning «Nibelunglar uzugi» operasini, Bahodir Jalolovning panno-polotnolarini, xalq qahramonligiga bag’ishlagan haykaltaroshlik majmularini v.b. shu kabi miqyosli asarlarni misol qilib keltirish mumkin. Lirika eposdan ko’pincha qat’iy syujet chiziqlariga ega emasligi, voqelikni ob’ektda emas, sub’ektda berilishi, bevosita muallifning «aralashuvi» bilan shartlanganligi tufayli vajralib turadi. Ayni paytda ko’lam nuqtayi nazaridan ham uni farqlash mumkin; lirikadagi voqelik muallifning hissiyotlari prizmasidan o’tib, idrok etuvchiga etib boradi; unda hajm eposdagidek katta ham bo’lishi mumkin, lekin miqyos, ko’lam sub’ektlashtirilgan ob’ekt tarzida, sub’ektning bir qismi sifatida nisbatan torayadi va kichrayadi. Xullas, eposda muallif idrok etuvchini olisdan kuzatib borsa, lirikada u bilan yonma-yon «suhbatlashib» boradi. Mohiyatan lirik kayfiyat bag’ishlashga qaratilgan asarlarni biz faqat she’riyatda, badiiy adabiyotda emas, san’atning rangtasvir, qo’shiqchilik, musiqa kabi turlarida ham uchratamiz. Ya’ni, lirikani yaratishda so’zdan tashqari rang, ohang, ovoz singari badiiy asar «tillari»ning ishtiroq etishini e’tirof qilmoq lozim. Drama (yunonchada-harakat degani) sahnada ijro etishga mo’ljallangan, matni qatnashuvchilarning dialog va monologlari asosiga qurilgan, voqelikdagi hayotiy qarama-qarshiliklarni zididiyat holati (konflikt) orqali ifodalaydigan, san’atning nisbatan «sof» adabiy xili. Dramada lirikadagi sub’ektivlashish hodisasi yo’q, eposdagi voqeanavislikni ham uchratmaymiz: hamma narsani ishtirok etuvchilarning xatti-harakatlari va nutqlari hal qiladi. San’at o’ziga xos yaxlitlikka ega ekanini jihatdan olganda, uning bu uch xilini juda qat’iy chegaralab, ajratib tashlash mumkin emas: ular muayyan yaxlitlikning uch qismi sifatida harakat qiladi, bir-biri bilan dialektik aloqada voqe bo’ladi. Eposda lirika va drama unsurlarini, lirikada epik va dramatik holatlarni, dramada – lirizmni ko’p uchrtamiz. Chunonchi, «liro-epik doston», «lirik drama», «dramatik doston», «she’riy darama», singari janriy ko’rinishlar, epik asarlardagi lirik chekinishlar – ularaning o’zaro aloqadorlignini ta’kidlab turadi. Eng og’ir muammo - san’at turlarini tasniflashtirish. Bu haqda o’nlab ilmiy taklif-mulohazalar mavjud. Ba’zi olimlar - voqelikning in’ikos ettirilishi, boshqalar - asarning idrok qilinishi, yana birovlar - badiiy mazmunning o’ziga xos «til»da ifodalanishi nuqtayi nazaridan tasniflashtirshga yondashganalar. M., so’z san’ati, tovush san’ati, plastik san’at yoki tomoshaviy san’at, tasviriy san’at, ifodaviy san’at v.h. Eng so’nggi Yangilik sifatida ularning bor-yo’g’i ikki turkumga bo’linishini keltirish mumkin.: tasviriy san’at va notasviriy san’at. Bizning nazarimizda, bu borada mantiqiy yondashuv tamoyili yaxshi ish bermaydi. Chunki san’atda shartlilik ustuvor rol o’ynaydi, uning alohida o’z mantiqi – badiiy mantiq bor, shu bois doim ham unga doir mulohazalar, oddiy mantiq ilmi qoidalariga amal qilavermaydi. Mazkur muohazalarni hisobga olgan holda, biz, san’atning mavjudlik shartidan, ya’ni uning ma’naviy borliq sifatida namoyon bo’lish holatidan kelib chiqib, ko’pchilik tomonidan qabul qilingan makon (me’morlik, haykaltaroshlik v.h.), zamon (badiiy adabiyot, musiqa v.h.) va makon-zamon (teatr, stirk v.h.) bo’yicha tasniflashtirishni ma’qul deb hisoblaymiz. Biroq san’at tarixiy hodisa ekanini, u qadimdan tadrijiy rivojlanib kelganini, taraqqiyoti mobaynida o’zgarishlarga uchraganini va ma’lum bir tarixiy davrda muayyan san’at turi faol, etakchi bo’lganini nazarda tutib, ayni paytda yuqoridagi birgina turkumlashtirish hamma tomonni qamrab olomasligini hisobga olib, masalaga tarixiylik tamoyili asosida yondashuvni ham maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz. Shundan kelib chiqqan holda, biz taklif etayotgan tasnif san’at turlarini uch turkumga bo’lib o’rganishin taqozo qiladi. Bular: 1) arxaik - endilikda tarixga aylangan, hozirga paytda real hayotda amalda bo’lmagan; 2) an’anaviy - qadimdan hozirgi kungacha o’z o’rnini va ahamiyatini yo’qotmay kelayotgan; 3) zamonaviy – ilmiy-texnik taraqqiyot natijasida vujudga kelgan «texnikaviy», Yangi san’at turlari. Ushbu tasnifga ko’ra, arxaik san’at turlari – badihago’ylik va xattotlikni; an’anaviy san’at turlari – badiiy adabiyot, baxshilik, me’morlik, ko’rgazmali amaliy san’at, haykaltaroshlik, rangtasvir, grafika, musiqa, teatr, raqs, qo’shiqchilik, estrada, stirk va askiyani; zamonaviy san’at turlari – fotosan’at (badiiy suratkashlik), kino, televidenieni o’z ichiga oladi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling