Zahiriddin muhammadbobur nomidagi andijon davlat universiteti


Download 121.17 Kb.
bet9/16
Sana24.12.2022
Hajmi121.17 Kb.
#1055442
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Замонавий Web технологиялар CSS

Mavzu:Chekinishlar


Web-sahifaning har bir elementi Brauzer oynasida ma`lum bir to'rt burchakli sohani egallaydi. Bunda ushbu soha ichki va tashqi chekinishlarga ega bo'ladi. Ichki chekinish - bu sahifa elementi bilan uning chegarasi orasidagi masofa. Tashqi chekinish - bu element chegarasi bilan Web-sahifadagi boshqa element chegarasi orasidagi, yoki joriy element chegarasi bilan unga nisbatan konteyner vazifasini o'tayotgan tashqi element chegarasi orasidagi masofa.

Tashqi chekinishlar


margin-left, margin-right, margin-top va margin-bottom atributlari yordamida Web-sahifaning bir elementi bilan boshqasi orasidagi chekinishlarni belilash mumkin. Bunda absolyut va nisbiy birliklar, bundan tashqari manfiy qiymatlar ham ishlatilishi mumkin.
▶ margin-left - chap tomondan chekinish.
body { margin-left: 0; }
▶ margin-right - o'ng tomondan chekinish.
body { margin-right: 10px; }
▶ margin-top - tepa(yuqori)dan chekinish.
body { margin-top: 10mm; }
▶ margin-bottom - quyi (past) tomondan chekinish.
body { margin-bottom: 5%; }
▶ margin atiributi yordamida barcha tomonlar bo'yicha chekinishlarni quyidagi tartib bo'yicha bir martada ko'rsatish mumkin:
margin:
Masalan:
body { margin: 10px 5px 10px 20px; }
- Chap va o'ng tomonlar qiymati teng bo'lgan holatda bitta ko'rsatkichni qisqartirish mumkin.
Masalan:
body { margin: 15px 20px 10px 20px; }
bilan
body { margin: 15px 20px 10px; }
ikkalasi bir xil natija beradi. Brauzer 20px ni chap va o'ng tomonlarga qo'llaydi.
- Agarda shunday holatda yuqori va quyi ko'rsatkichlar ham teng bo'lsa, ulardan birini qisqartirish mumkin.
Masalan:
body { margin: 10px 20px 10px; }
bilan
body { margin: 10px 20px; }
ikkalasi bir xil natija beradi. Brauzer 10px ni yuqori va quyiga, 20px ni esa chap va o'ng tomonlarga qo'llaydi.
- To'rtala tomon qiymatlari bir xil bo'lganda, uni bitta ko'rsatkich bilan ifodalash mumkin.
body { margin: 10px; }
Bu holatda Brauzer 10px tashqi chekinishni barcha tomonlarga qo'llaydi.
- Qisqartirishlarni faqat oxiridan boshlab amalga oshirilishi mumkin.
body { margin: 10px 15px 10px 20px; }
Yuqoridagi misolda yozuv qisqartirilmaydi, chunki oxirgi 20px ni qisqartirib bo'lmaydi.
- Quyidagi kod bilan barcha tashqi chekinishlarni bekor qilish mumkin:
body { margin: 0; }
Eslatma: Qator hosil qiluvchi elementlarda ("span", "b", "i" ...) tepa va pastki margin ishlamaydi.
Blok hosil qiluvchi elementlarda ("div", "p", "hx"...) barcha ichki va tashqi chekinishlar ishlatiladi. Biroq bu holatda ham vertikal qo'shni bloklardagi tashqi chekinish (margin)da o'ziga xoslik mavjud bo'lib, tepadagi blokning quyi "margin"i, undan pastdagi blokning tepa "margin"i bilan chegaralashmaydi. "margin"lardan biri ikkinchisining sohasiga kirib ketadi. Qaysi bir "margin" katta bo'lsa, shu masofa saqlanadi.

Download 121.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling