Zahiriddin muhammadbobur nomidagi andijon davlat universiteti


Ramka chizig'i qalinligi (eni)


Download 121.17 Kb.
bet11/16
Sana24.12.2022
Hajmi121.17 Kb.
#1055442
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Замонавий Web технологиялар CSS

Ramka chizig'i qalinligi (eni)


Quyidagi atributlar yordamida ramka chizig'i qalinligini belgilash mumkin.
border-left-width (chap tomon chizig'i),
border-right-width (o'ng tomon chizig'i),
border-top-width (yuqori chegara chizig'i),
border-bottom-width (quyi chegara chizig'i).
Absolyut qiymatlar beriladi.
table { border-left-width: 5px; border-right-width: 5px; border-top-width: 10px; border-bottom-width: 10px; }
To'rtala atributni birlashtiib, barcha qiymatlarni border-width atributi yordamida ko'rsatish mumkin.
border-width:
Agar to'rtala tomon mohiyatlari bir xil bo'lsa, faqat bitta qiymat bilan ko'rsatish mumkin.
table { border-width: 5px; border-style: solid;}
Bunda jadvalning barcha tomoni 5px enli uzluksiz chiziq bilan chegaralanadi.

Ramka chizig'i rangi


Quyidagi atributlar yordamida ramka chizig'i rangini belgilash mumkin.
border-left-color (chap tomon chizig'i),
border-right-color (o'ng tomon chizig'i),
border-top-color (yuqori chegara chizig'i),
border-bottom-color (quyi chegara chizig'i).
table { border-left-color: green; border-right-color: #008080; border-top-color: #800080; border-bottom-color: red; }
border-style va border-width dagi kabi barcha tomonlarni bitta border-color atributi orqali ko'rsatish mumkin.

Ramka atributlarini birvarakayiga belgilash


Agar atributlarda ramka tomonlarining mohiyatlari bir xilda bo'lsa, uchchala atributni birlashtirib, bitta border atributi orqali ko'rsatish mumkin.
border:
Har qaysi atribut mohiyatlarining o'lchov birliklari har xil bo'lib, bir-biridan aniq farq qilganligi sababli border atributida qiymatlarni joylashtirish tartibi ixtiyoriydir.
td { border: #99ccff 5px solid;}
Misolda ko'rsatilgan stil misolning o'zida qo'llanildi.

Mavzu:Element foni


Stillar kaskad jadvali - CSS, fon rangini belgilash yoki fon tarzida suratdan foydalanish imkoniyatini beradi. Fon surat uchun uning joylashish o'rni, Web-sahifa kontenti bilan birga harakatlanish yoki Brauzer oynasining belgilangan qismida to'xtab turishi holatlarini belgilash mumkin. Bundan tashqari fon suratni gorizontal va vertikal yo'nalishlarda takrorlanishini nazorat qilish mumkin.
Masalan, bo'yi element bo'yiga teng, eni esa 2mm bo'lgan bir dona gradientli suratni joylashtirib, unga gorizontal takrorlanish stilini qo'llanganda, butun element foni gradientli surat bilan qoplanadi.
Ba`zi bir sayt sahifalaridagi matn fonida katakli daftar suratini ko'rgan bo'lsangiz kerak. Bu effekt kichik bir suratni gorizontal va vertikal yo'nalishda takrorlashdan xosil bo'ladi. Element bo'yi va eni o'zgarishidan qat`iy nazar, surat takrorlanib fonni to'ldirib boraveradi.

Download 121.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling