Zahiriddin muhammadbobur nomidagi andijon davlat universiteti
Download 121.17 Kb.
|
Замонавий Web технологиялар CSS
- Bu sahifa navigatsiya:
- Razmerlarni belgilash
Razmerlarni belgilash▶ width va height atributlari mos ravishda blokning eni va bo'yini belgilaydi. div { width:100px; height: 100px; } ▶ min-width va min-heightatributlari mos ravishda blokning minimal eni va minimal bo'yini belgilaydi. div { min-width:100px; min-height: 100px; } ▶ max-width va max-height atributlari mos ravishda blokning maksimal eni va maksimal bo'yini belgilaydi. div { max-width:100px; max-height: 100px; } Agarda razmerlar belgilanmagan bo'lsa, blok o'zi joylashgan ajdod elementning enini to'liq egallaydi. Bo'yi esa, blokdagi kontentning joylashishiga yetarli bo'ladigan miqdor bilan aniqlanadi. Mabodo blok kontenti belgilangan razmerlarga sig'ishmay qolsa, unda overflow atributida ko'rsatilgan mohiyatga mos ravishda joylashadi. overflow atributi▶ overflow atributi kontent blokka sig'may qolgan holatda qanday yo'l tutilishini belgilab beradi. Quyidagi mohiyatlarni qabul qiladi: ▷ visible - blok kontent sig'adigan darajagacha kengayadi (jimlikdagi holat). Agar razmerlar aniq ko'rsatilgan bo'lsa, ular o'zgartirilmasdan kontent blok chegarasidan chiqib ketsa ham ko'rsatiladi. ▷ hidden - blok chegarasi doirasidagi kontent ko'rsatiladi. Sig'ishmagan qismi ko'rinmay qoladi. ▷ scroll - blokda aylanma-siljitish polosalari hosil qilinadi, kontent hajmidan qat`iy nazar. ▷ auto - kontent blokka sig'may qolganda aylanma-siljitish polosalari hosil qilinadi. Joy yetarli bo'lganda polosalar ko'rsatilmaydi.
Download 121.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling