Zahiriddin muxammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti toirjanov elyor isaqovich


 O’zbekistonda gimnastikaning taraqqiy topishi


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana13.11.2020
Hajmi1.41 Mb.
#144991
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
02etoirjanovgimnastikapdf


1.4. O’zbekistonda gimnastikaning taraqqiy topishi 
Markaziy  Osiyo  hududida,  jumladan,  O’zbekistonda 
gimnastikaning  davolash,  soglomlashtirish,  amaliy  jismoniy 
tarbiyaning yo’nalishlari ilmiy asoslangan tarixiy negizlarga ega. 
Qadim  zamonlardan  aholi  turli  xil  jismoniy  mashqlar,  harakatli 
o’yinlarni  katta  bayram  va  to’ylarda  tashkillashtirishgan. 
Navro’z,  hosil  bayrami  va  boshqa  tantanalarda  otda  poyga, 
yugurish  bo’yicha  musobaqalar,  olomon-poygalar,  chovgon 
o’yinlari,  dorbozlar  chiqishlari  kabi  ko’ngilochar  tadbirlari 
muntazam ravishda o’tkazilib turilgan. 
Abu  Ali  ibn  Sino  «Tib  qonunlari»da  jismoniy  tarbiyaga 
katta  e’tibor  bergan.  O’z  kitobida  salomatlikni  muhofaza  qilish 
qoidalarini  ko’rib  chiqar  ekan,  buyuk  mutafakkir  jismoniy 
mashqlarning  sog’lomlashtirish  va  davolash  amaliyotida  tutgan 
о’rni  va  ahamiyati  haqida  mukammal  tarzda  so’z  yuritadi.  Ibn 

15 
 
Sino olimlar orasida birinchi bo’lib, jismoniy mashqlarning odam 
organizmiga  ijobiy  ta’sirini  «Uzluksiz  chuqur  nafas  olish 
jarayonini  keltirib  chiqaruvchi  erldn  harakat  jismoniy  mashq 
deyiladi», deb ta’riflagan. 
Olimlarning  raisi  (Ibn  Sinoni  shunday  deyishgan) 
ta’kidlashicha,  salomatlikni  muhofaza  qilish  tartibida  eng 
asosiysi badantarbiya mashqlari bilan shug’ullanish, undan so’ng 
ovqatlanish  va  uyqu  tartiblariga  rioya  qilishdir.  Agar  odam  o’z 
vaqtida, 
me’yorida  badantarbiya  mashqlari  bilan  doimo 
shug’ullanib,  kun  tartibiga  rioya  qilsa,  u  hech  qanday  davolash 
chorasi  va  dori-darmonga  ehtiyoj  sezmaydi.  Buyuk  olimning 
yozishicha,  jismoniy  mashqlar  bilan  muntazam  shug’ullantnay 
qo’ygan  odamning  sog’lig’i  so’nib,  harakatlanishni  to’xtatish 
natijasida  kuchi  susayib  boradi.  Olimning  fikricha,  jismoniy 
mashqlar  mushaklar,  bo’g’inlar,  asab  tolalarini  mustahkamlaydi, 
natijada,  insonlar  o’z  ishlarini  toliqmasdan  uzoq  muddatda 
bajarib,  xastalikdan  muhofaza  etishadi.  Ibn  Sino  jismoniy 
mashqlar 
bilan 
shug’ullanganda 
insonning 
yoshi 
va 
salomatligining  qay  darajada  ekanligini  inobatga  olishni 
ta’kidlaydi. 
«Tib  qonunlari»da  bolalar,  o’smirlar,  keksalar  qachon  va 
qay  tarzda  jismoniy  mashqlar  bilan  shug’ullanishi  haqida 
ma’lumot  berib  o’tiladi.  Ibn  Sino  mashqlarni  bosh  lash  va 
tugatish  vaqti,  uqalash,  hammomda  va  sovuq  suvda  chо’rnilish 
(chiniqish), tanani tozalikda saqlash  va boshqa gigiyenik talablar 
haqidagi  fikr-mulohazalari  bugungi  kungacha  olimlar  diqqat 
markazidadir. 
1.5. XX asrning birinchi yarmida O’zbekistonda 
gimnastikaning ravnaq topishi 
1918-yilda 
«Bolalar  sport  klubi»  ochilib,  Linda 
gimnastika 
mashqlari 
va 
o’yinlar  o’tkazilardi.  1919-yil 
Toshkentda Turkiston Olimpiya o’yinlari o’tkazildi. 1920-yil 10-

16 
 
oktabrda  O’rta  Osiyo  o’yinlari  O’zbekiston  gimnastlari  yutug’i 
bilan yakunlandi. 1921-yilda Turk-frontning  «Yangi savodxonlik 
boshqarmasi»  qoshida  jismoniy  tarbiya  markaziy  sho’rolari 
tashkil  topdi.  Uning  maqsadi  turli  jismoniy  tarbiya  va  sport 
tashkilotlarini  birlashtirish 
va  Turkiston  mehnatkashlarini 
jismonan  tarbiyalashni  rejaga  timvofiq  boshqarish  edi.  1921-
yilda  2-O’rta  Osiyo  Olimpiada  o’yinlari  ochildi,  gimnastika 
ushbu o’yindan o’rin olgan edi. 
1920-yilda  Farg’ona  viloyat  harbiy  qо’rnitasi  qoshidagi 
«Всеобуч»  bo’limi  «Besh  yillik  maktablarning  1  va  2-sinflarida 
jismoniy tarbiyadan ta’lim berish bo’yicha qisqa dastur»ni ishlab 
G.Konovalova,  A.Borodin,  N.Tarasov  va  V.Merkulovlar  esa  o’z 
davrining ilg’or sportchilari edi. 
1935-yili  Toshkentda jismoniy  tarbiya  texnikumi  ochilib, 
unda  Moskva  institutining  bitiruvchisi  Yan  Xalilovich  Murtazin, 
Rashid  Hamidov  va  Umar  Asadovlar  gimnastikadan  saboq 
berishgan.  1936-yilda  texnikum  talabalari  R.Hamidov  va 
P.Zaviruxa Respublika chempionlari unvoniga sazovor bo’lishdi. 
Shu  texnikum  bitiruvchilari:  dotsent  Muhammadali 
Tojiyev,  G.D.Jorjaladze  -  O’zDJTIda  «Gimnastika»  kafedrasi 
mudiri, Karim Jo’rayev, Rixsi Olimova-Qoziyeva, A. Yefemenko 
-  ToshDU  «Jismoniy  tarbiya»  kafedrasi  mudiri,  1990-2000-
yillarda  O’zbekiston  Respublikasi  Ginmastika  federatsiyasining 
raisi, 
dotsent 
Y.A.Ishoqov 
va 
boshqalar 
O’zbekiston 
Respublikasida  sport  gimnastikasi  rivojlanishiga  salmoqli  hissa 
qo’shishgan. 
1936-yilda  O’zbekistonda  ilk  bor  sport  gimnastikasidan 
bolalar orasida birinchilik bo’lib o’tdi. V.Lebedev  va R.Tomilina 
Respublika  chempioni  unvoniga  sazovor  bo’lgan.  Bu  hoi 
respublikada  gimnastikaning  kelgusida  rivojlanishi  uchun  katta 
ahamiyat  kasb  etib,  ginmastika  bo’yicha  Olimpiada  o’yinlari 
ishtirokchilari  va  chem-  pionlarini,  sobiq  Ittifoq  va  O’zbekiston 

17 
 
mutlaq  chempionlari  -  G.Shamray,  A.Markov,  S.  Chuksiyeva, 
V.Xrimpach, 
E.Sirkin, 
Bondarenko, 
R.Bolshakovava 
P.Pankratyev  kabi  yuksak  mahoratli  sportchilarning  o’sib 
chiqishiga sabab bo’ldi. Leningrad shahrida 1938-yili o’tkazilgan 
Butunittifoq musobaqalarida Respublikamizning yosh gimnastlari 
5-о’rinni, 1939-уili esa 4-o’rinni egallashgan. 
Ikkinchi  Jahon  urushidan  oldingi  yillarda  mahalliy 
millatga mansub gimnastlar bilan ishlash yaxshi yo’lga qo’yilgan 
edi. 1940-yilda respublika terma jamoasi tarkibida 4 nafar o’zbek 
yigiti  va  3  nafar  qizlar  bo’lgan.  Ularni  tarbiyalashda  Toshkent 
shahri-  dagi  90-maktab  o’qituvchisi  L.Vapoyevning  xizmatlari 
beqiyosdir.  1943-yil  1-yanvardan,  hatto  o’rta  maktabning 
boshlang’ich  sinf-  larida  harbiy-jismoniy  tayyorgarlik  bo’yicha 
darslar joriy qilingan. 1943-yil sentabr oyida maktabdan tashqari 
muassasalarni tiklash to’g’risida maxsus qaror qabul qilingan. 
1944-yilda  118  ta  maktabdan  tashqari  muassasa,  shu 
jumladan,  16  pionerlar  uyi,  11  BSM,  7  bolalar  o’yingohlari  va 
bog’lari,  markaziy  sayyohlar  stansiyalari  barpo  etilib,  ular 
mablag’  bilan  ta’minlangan.  BSMda  2000  dan  ortiq  maktab 
o’quvchilari shug’ullangan. 
1.6. Mustaqillikdan keyingi davrda gimnastikaning 
rivojlanishi 
Mustaqil 
O’zbekiston 
Respublikasi 
gimnastlari, 
murabbiylari  yangi  sharoitda  katta  yutuqlarga  erishishmoqda. 
Sportchilarimiz  xalqaro  sport  maydonlarida  o’z  kuchlarini  sinab 
ko’rishga  puxtatayyorgarlik  ko’rishyapti.  Bu  hol  o’zbek 
sportchilariga  Jahon,  Olimpiada  o’yinlariga  mustaqil  ravishda 
chiqishga 
imkon 
yaratdi. 
O’zbekistonlik 
gimnastlar 
O.Chusovitina,  R.Galiyeva  sport  gimnastikasi  bo’yicha  Jahon 
chempionatlarida ishtirok etib, oltin medalga sazovor bo’lishgan. 
1996-yilgi  Olimpiada  o’yinlarida  O.Chusovitina,  A.Dzyundzyak, 
I.Valiyevlar gimnastika ko’pkurashida kuchlilar 10 ligi qatoridan 

18 
 
o’rin olishdi. 
1993-yilda 
O’zbekistonda 
Sport 
gimnastikasi 
federatsiyasi  tashkil  topib,  uni  Xalqaro  gimnastika  federatsiyasi 
(FIJ) o’z tarkibiga qabul qildi. 
1994-yilda  Xirosimada  o’tkazilgan  Osiyo  o’yinlarida 
O.Chusovitina  tayanib  sakrash  va  qo’shpoyalarda  2  ta  bronza 
medali ni qo’lga kiritdi. 
1998-yilda 
Bangkokda 
o’tkazilgan 
musobaqalarda 
E.Gordeyeva,  A.Dzyundzyak,  B.  Bayatanova,  S.  Bahriddinova, 
O.Chusovitina  kabi  mahoratli  sportchilar  ishtirok  etishdi. 
Bugungi 
kunda 
respublikada 
R.G.Sarkisov, 
R.S.Sirkin, 
A.Olushev  kabi  malakali  sport  murabbiylari  ishlamoqda. 
Olimpiya  zaxiralari  qatorida  ayollar  orasida  V.Ochilova, 
N.Almatova, 
F.Xo’jayeva, 
A.Kambekova, 
R.Nasibulina, 
A.Habibrahmonova, 
erkaklardan 
A.Markelov, 
I.Valiyev, 
A.Fokin,  A.  Karimjonov,  R.  Ailov,  K.  Hasanov,  I.  Rahmatov 
kabi sportchilar o’sib chiqdi. 
O’zbekiston  gimnastika  federatsiyasi  vakillari  FIJ  va 
Osiyo  uyushmasi  anjumanlarida  ishtirok  etishadi.  Barcha  ishlar 
Madaniyat  va  sport  ishlari  vazirligi,  MOQ  (milliy  olimpia 
qomitasi)  bilan  hamkorlikda  olib  boriladi.  Muntazam  ravishda 
hay’at  yig’ilishlari  o’tkazilib,  terma  jamoa  a’zolarini  tasdiqlash 
masalalari, sportchilarning bo’lib o’tgan musobaqalarda erishgan 
yutuqlari  muhokama  etiladi.  Yetakchi  sport-  chilarning  xalqaro 
musobaqalarda  qatnashishlari  uchun  mablag’  ajratadigan 
homiylar bilan ishlar olib boriladi. 
Bugungi  kunda  O’zbekiston  Respublikasi  gimnastika 
federatsiyasi  va  ushbu  go’zal  sport  tunning  ravnaq  topishiga 
kuchini ayamaydigan insonlar o’z hissasini qo’shib kelishmoqda. 
Mahoratli  gimnastlarO.Chusovitina,  N.Dzyundzyak,  ularning 
izdoshlari 
mahoratini 
oshirishda 
xizmat 
qilayotgan 
S.Kuznetsovava  boshqa  taniqli  murabbiylar  o’z  ustozlari 

19 
 
V.Vnuchkova, G.Petrov, V.Aksenov, Z.Bondarenko, V.Kurlyand, 
R.Sarkisovlar 
qoldirgan 
merosdan 
unumli 
foydalanib, 
mamlakatimiz sport shon-sharafini xalqaro musobaqalarda baland 
ko’tarishmoqda. 
 
1.7. Sport gimnastikasi Olimpiada o’yinlarida 
Gimnastika  sporti  yangi  davr  Olimpiada  o’yinlarining 
birinchi dasturidan o’rin olgan edi. Biroq uni o’tkazish shakli ho- 
zirgi  kundagi  gimnastika  sport  musobaqalari  dasturidan  farq 
qiladi. 
1896-yil  -  Afina  (Gretsiya).  I-Olimpiada  o’yinlarida  10 
mamlakat  ishtirok  etgan  bo’lsa,  shulardan  5  tasi  gimnastika 
musobaqasida qatnashgan. 
Qo’shpoyada  -3  mamlakatdan  18  ishtirokchi:  1-o’rinni 
A.Flatov  (Germaniya),  2-o’rinni  J.Sutter  (Shvetsiya),  3-o’rinni 
X.Vayngyortner  (Germaniya)  egalladi.  Jamoalar  o’rtasida  2 
mamlakatdan  67  ishtirokchi  qatnashib,  1-o’rinni  Germaniya,  2-
o’rinni Gretsiya-1 jamoasi, 3-o’rinni Gretsiya-2 jamoasi egalladi. 
Yakkacho’pda  -  shaxsiy  birinchilikda  4  mamlakatdan  15 
ishtirokchi  qatnashib,  1-o’rinni  X.Vayngyortner,  2-o’rinni 
A.Flatov egalladi. 
Jamoalar  o’rtasida  mutlaq  I-o’rinni  Germaniya  terma 
jamoasi egalladi. 
Yog’och  otda  -  besh  mamlakatdan  15  ishtirokchi 
qatnashib,va  2-o’rinlarni  J.  Sutter  hamda  X.  Vayngyortner 
(Germaniya) egalladi. 
Halqada  -  3  mamlakatdan  8  ishtirokchi  qatnashib,  1-
o’rinni  Mitropulos  (Gretsiya),  2-o’rinni  X.  Vayngyortner 
(Germaniya) va 3-o’rinni Persakis (Gretsiya) egalladi. 
Tayanib  sakrashda  -  5  mamlakatdan  15  ishtirokchi 
qatnashib,  1-o’rinni  K.Shuman  (Germaniya),  2-o’rinni  J.  Sutter 
(Shvetsiya) egalladi. 

20 
 
Arqonga tirmashib chiqishda 4 mamlakatdan 5 ishtirokchi 
qatnashib,  1-o’rinni  N.Andriakopulos  va  2-o’rinni  T.  Ksenakis 
(Gretsiya) egalladi. 
1900-yil  -  Parij  (Fransiya).  II-Olimpiada  o’yinlaridagi 
gimnastika  musobaqasida  6  mamlakatdan  866  sportchi  ishtirok 
etgan.  Fransiya  MOQ  taklifi  bilan  musobaqa  quyidagi  dasturda 
o’tkazildi. Shaxsiy birinchilikda  - qo’shpoya, yakkacho’p, halqa, 
yog’och  otda  tayanib  sakrash,  erkin  mashqlar,  yugurib  kelib 
uzunlikka  sakrash,  turgan  joyidan  uzunlikka  vabalandlikka 
sakrashlar,  langarcho’p  bilan  sakrash,  arqonga  tirmashib  chiqish 
va  50  kg  og’irlikni  ko’tarish  bo’yicha:  1-o’rinni  G.  Sandra 
(Fransiya),  2-o’rinni  N.  Ba  (Fransiya),  3-o’rinni  L.Demane 
egalladi.  Bundan  ko’rinib  turibdiki,  Olimpiada  o’yinlarida 
sportning  bu  turida  fransuzlar  us-  tunlik  qilishgan.  Musobaqada 
gimnastikaga oid turlar ham bo’lgan. Ushbu dastur, asosan, 1924-
yilgacha davom etib kelgan. 
1904-yil-Sent Luis (AQSH). III-Olimpiada o’yinlarida 13 
mamlakatdan 119 ishtirokchi qatnashgan. 
Jamoali-uchkurash-uzunlikka sakrash, yadro irg’itish, 100 
yardga  yugurish,  oltikurash,  yakkakurash,  qo’shpoya,  tayanib 
sakrash,  ko’ndalang  turgan  yog’och  otdan  sakrash,  yadro 
irg’itish,  100  yardga  yugurish  shaxsiy  musobaqa  dasturiga 
kirgan. 
Dastakli  otda  -  1-o’rinni  A.Xeyda,  2-o’rinni  J.Eyser,  3-
o’rinni U.Mers (hammasi AQSH) egallagan. 
Halqada  -  1-o’rinni  X.Gless,  2-o’rinni  U.Mers,  3-o’rinni 
E.Foyt (hammasi AQSH) egallagan. 
Qo’shpoyada  -  1-o’rinni  J.Eyser,  2-o’rinni  A.Xeyda,  3-
o’rinni J.Dyuxa (hammasi AQSH) egallagan. 
Yakkacho’pda  -  1-o’rinni  A.Xeyda,  2-o’rinni  E.Xennig, 
3-o’rinni J.Eyser (hammasi AQSH) egallagan. 
Arqonga tirmashib chiqishda - 1-o’rinni J.Eyser, 2-o’rinni 

21 
 
Ch.Kraus, 3-o’rinni E.Foyt (hammasi AQSH) egallagan. 
Tayanib sakrashda - 1-o’rinni A.Xeyda, 2-o’rinni J.Eyser, 
3-o’rinni U.Mers (hammasi AQSH) egallagan. 
To’qmoqlar bilan mashqda - 1-o’rinni E.Xennig, 2-o’rinni 
E.Foyt, 3-o’rinni R.Uilson (hammasi AQSH) egallagan. 
7  ta  ginmastika  jihozlarida  shaxsiy  birinchilikda  -  1-
o’rinni A.Xeyda, 2-o’rinni J.Eyser, 3-o’rinni U.Mers egallagan. 9 
ta  gimnastika  jihozlarida  shaxsiy  birinchilikda  -  1-o’rinni 
A.Shnipler  (Shveysariya),  2-o’rinni  Y.Lenxard  (Avstriya),  3-
o’rinni  V.Veber  (Germaniya)  egallagan.  Ushbu  ma’lumotdan 
ko’rinib  turibdiki,  Amerika  qit’asida  o’tkazilgan  Olimpiada 
o’yiniarida  gimnastika  musobaqalari  dasturi  boshqacha  bo’lgan. 
Chunki  xalqaro  olimpia  qomitasi  (XOQ)ning  qaroriga  ko’ra, 
musobaqa  qabul  qiladigan  mamlakat  sportning  uch  turiga  o’z 
dasturini kiritadi. 
1908-yil  -  London  (Angliya).  IV  Olimpiada  o’yinlarida 
12 mamlakatdan 97 ishtirokchi qatnashgan. 
Shaxsiy  birinchilikda  -  yakkacho’p,  qo’shpoya,  yog’och 
ot,  halqa,  arqonga  tirmashib  chiqishda  317  ball  bilan  1-o’rinni 
A.Bralya  (Italiya),  312  ball  bilan  2-o’rinni  S.Tusel  (Angliya), 
297 ball bilan 3-o’rinni L.Segyura (Fransiya) egallagan. 
1912-yil - Stokgolm (Shvetsiya). V Olimpiada o’yinlarida 
9 mamlakatdan 44 ishtirokchi qatnashgan. 
Ko’pkurash, yakkacho’p, qo’shpoya, yog’och ot, halqada 
865  ball  bilan  1-o’rinni  A.Bralya  (Italiya)  ,  862,5  ball  bilan  2-
o’rinni L.Segyura (Fransiya), 861,5 ball bilan 3-o’rinni A.Tunezi 
(Fransiya) egallagan. 
Ixtiyoriy, jihozlar tartibini va mashqlarni bajarish tartibini 
sportchilarni  o’zi  tan  lagan.  Terma  jamoa  o’rtasida  187,25  ball 
bilan 1-o’rinni Norvegiya, 109,25 ball bilan 2-o’rinni Finlandiya, 
3-o’rinni 106,25 ball bilan Daniya egallagan. 
Shvedlar tizimi: 1-o’rinni Shvetsiya, 2-o’rinni Daniya, 3-

22 
 
o’rinni Norvegiya jamoalari egallagan. 
1920-yit-Antverpen  (Belgiya).  VI  Olimpiada  o’yinlarida 
5 mamlakatdan 119 ishtirokchi qatnashgan. 
Shaxsiy birinchilikda yakkacho’p, qo’shpoya, yog’och ot, 
halqada  88,35  ball  bilan  1-o’rinni  J.  Dzampori  (Italiya),  87,62 
ball  bilan  2-o’rinni  M.  Torres  (Fransiya),  87,45  ball  bilan  3-
o’rinni J. Guno (Fransiya) egallagan. 
Yevropa  tizimi:  1-o’rinni  Italiya,  2-o’rinni  Belgiya,  3-
o’rinni Fransiya egallagan. 
Shvedlar tizimi: 1-o’rinni Shvetsiya, 2-o’rinni Daniya, 3-
o’rinni Belgiya terma jamoasi egallagan. 
Ixtiyoriy tizim: jihoz va mashqlarni o’zi tanlaydi. 
1-o’rinni  Daniya,  2-o’rinni  Norvegiya  terma  jamoalari 
egallagan. 
1924-yil  -  Parij  (Fransiya).  VII  Olimpiada  o’yinlarida  9 
mamlakatdan 82 ishtirokchi qatnashgan. 
Ko’pkurash - yakkacho’p, dastaldi ot, qo’shpoya, tayanib 
sakrash,  ko’ndalang  turgan  yog’och  otdan  sakrash,  halqa, 
arqonga  tirmashib  chiqish  mashqlari  kirgan.  Bundan  tashqari, 
sportchilar shaxsiy birinchiligida: 
Qo’shpoyada  -  1-o’rinni  A.Gyuttinger  (Shveysariya),  2-
o’rinni R.Prajak (Chexoslovakiya), 3-o’rinni J.Dzampori (Italiya) 
egallagan. 
Yakkacho’pda  -  1-o’rinni  L.Shtukel  (Yugoslaviya),  2-
o’rinni  J.Gutveniger  (Shveysariya),  3-o’rinni  A.Ijlen  (Fransiya) 
egallagan. 
Dastakli  ot  -  1-o’rinni  Y.  Velxelm  (Shveysariya),  2-
o’rinni  J.Gutveniger  (Shveysariya),  3-o’rinni  A.  Rebete 
(Shveysariya) egallagan. 
Halqada - 1-o’rinni F.Martino (Italiya), 2-o’rinni R.Prajak 
(Chexoslovakiya), 3-o’rinni L.Vaxa (Chexoslovakiya) egallagan. 
Tayanib  sakrash  -  1-o’rinni  F.Kris  (AQSH),  2-o’rinni 

23 
 
Y.Koutni, 3-o’rinni B. Moijkovskiy (Chexoslovakiya) egallagan. 
Ko’ndalang  yog’och  otdan  sakrash  -  1-o’rinni  A.Segen, 
2-o’rinni F.Ganglof, 3-o’rinni J.Guno (Fransiya) egallagan. 
Arqonga 
tirmashib 
chiqish 

1-o’rinni 
Shubchik 
(Chexoslovakiya),  2-o’rinni  A.Segen  (Fransiya),  3-o’rinni 
L.Vaxa (Chexoslovakiya) egallagan. 
1928-yil  -  Amsterdam  (Niderlandiya).  VIII  Olimpiada 
o’yinlarida  11  mamlakatdan  88  sportchi  ishtirok  etgan.  Xalqaro 
gimnastika  federatsiyasining  qaroriga  ko’ra,  Olimpiada  o’yinlari 
musobaqasi  dasturiga  o’zgartirish  kiritildi,  ya’ni  gimnastika 
klassik  turlari  bo’yicha  bellashuvlar  o’tkazila  boshlandi.  Shu 
qarorga  asosan,  ilk  bor  gimnast  ayollar  jamoa  tarkibida  ishtirok 
etgan. 
Erkaklar: 
ko’pkurashda, 
dastakli 
otda, 
halqada, 
qo’shpoyada,  yakkacho’pda  va  tayanib  sakrash  mashqlarida 
shaxsiy  o’rin  uchun  keskin  kurash  olib  borishdi.  Ayollar  esa 
ko’pkurash  bo’yicha  jamoa  birinchiligida  quyidagi  o’rinlarni 
egalladilar:  316,75  ochko  bilan  1-o’rinni  Niderlandiya,  289 
ochko bilan 2-o’rinni Italiya, 258,25 ochko bilan 3-o’rinni Buyuk 
Britaniya,  256,5  ochko  bilan  4-o’rinni  Vengriya  va  247,5  ochko 
bilan 5-o’rinni Fransiya terma jamoalari egallagan. 
1932-yil 

Los-Anjeles 
(AQSH). 
IX 
Olimpiada 
o’yinlarida  5  mamlakatdan  24  sportchi  ishtirok  etgan.  1932-
yildan  boshlab,  bugun  bizga  ma’lum  bo’lgan  sport  gimnastika 
musobaqalari dasturi bo’yicha bellashuvlar Olimpiada dasturidan 
o’rin  oldi.  Shu  bilan  birga,  badiiy  gimnastika  va  trampolin  ham 
Olimpiada o’yin- lari dasturiga kiritildi. 
 
 
 
 
 
 

24 
 
II. BOB. GIMNASTIKA MASHQLARINI O’RGATISH 
USLUBIYATI 
2.1. O’rgatishning maqsadi, vazifasi va bosqichlari 
Gimnastika mashqlarini o’rgatishdan maqsad, har qanday 
pedagogik  jarayon  singari,  harakat  ko’nikmalarini,  malakalarini 
shakllantirish  va  maxsus  bilim  olishlari  uchun  talabalarning 
o’qituvchilar rahbarligidagi rejali faoliyatini uyushtirishdir. 
Talabalarning  umumiy  harakat  va  sport  tayyorgarligi 
uchun: 
  ahamiyatli 
bo’lgan 
harakat 
ko’nikmalarini 
shakllantirish; 
  kuch,  tezkorlik,  egiluvchanlik,  epchillik,  chidamlilik 
singari jismoniy sifatlarni tarbiyalash; 
  pedagogik-kasbiy ko’nikmalarni (maxsus ta’lim o’quv 
mas- kanlari talabalarida) shakllantirish lozim. 
Gimnastika  mashqlarini  o’rgatish  jarayonida  hal 
etiladigan  alohida  vazifalar  har  bir  aniq  holda  harakat  tarkibini, 
uni  bajarish  sharoitining  xususiyatlarini  va  o’quvchilarning 
tayyorgarlik darajasini baholash asosida belgilanadi. 
Ginmastika  mashg’ulotlarida  o’zlashtiriladigan  mashqlar 
xilma-  xil  bo’lib,  ular  gavdaning  alohida  qismlarini  oddiy 
harakatlari,  oddiy  turish  holatlaridan  (asosiy  turish,  osilish, 
tayanishdan)  to  jismoniy  va  harakat  sifatlarini  maksimal  ishga 
solish  bilan  bog’liq  bo’lgan  mnrakkab  harakat  faoliyatlarigacha 
(masalan,  halqalarda  qo’llarni  ikki  yonga  uzatib  tayanish  - 
chalishtirish,  yakkacho’pdagi  yoki  erkin  mashqlardagi  uch  karra 
salto)  harakatlarini  o’z  ichiga  oladi.  Shuning  uchun  ba’zi  bir 
mashqlarni  o’rganish  oson  kechadi.  Bu  mashqlarni  o’zlashtirib 
olish  uchun  ularning  bajarilishini  ko’rish  yoki  nomlarini  eslab 
qolishining o’zigina kifoya bo’ladi. Boshqa mashqlarni o’rganish 
esa uzoq muddatda shug’ullanish bilan bog’liq bo’ladi. 
Aniq  bir  gimnastika  mashqini  o’rgatishni  shartli  sur’atda 

25 
 
o’zaro  bog’liq  bo’lgan  uch  bosqichga  bo’lish  mumkin.  Birinchi 
bosqich  -  harakat  haqida  umumiy  dastlabki  tasawur  hosil 
qilishdan  (boshlang’ich  ma’lumotdan)  iborat  bo’lib,  bunday 
tasawur  har  bir  harakat  faoliyatini  ongli  o’zlashtirish  zaminida 
yotadi.  Yangi  harakat  to’g’risidagi  (uning  shaldi,  ko’lami,  ta’sir 
yo’nalishi,  ayrim  holatlari  va  h.k.)  dastlabki  ma’lumotlar  va 
talaba  xotirasida  to’plangan  harakat  tajribasi  natijasida  bo’lajak 
harakat  faoliyatining  dastlabki  dasturi  tuzilishini  ta’minlovchi 
umumiy bog’lanishlar hosil bo’ladi. 
Ikkinchi  bosqich  -  bevosita  harakat  texnikasi  asoslarini 
egallash  (mashqni  juda  puxta  o’rganish).  Bu  bosqichda 
o’qituvchi  bilan  talabaning  birgalikda  faol  ishiashi  natijasi 
o’laroq,  mashq  haqidagi  tasawur  aniqlanadi,  xatolarga  yo’l 
qo’yilmaydi;  mashqlarni  nazorat  ostida  mustaqil  bajarishi 
ta’minlanadi. 
Uchinchi bosqich - harakat texnikasini mustahkamlash  va 
takomillashtirish.  Bu  harakatni  boshqarish  darajasini,  albatta, 
avtomatlashtirilgan  ko’nikma  darajasiga  yetkazib,  shu  tufayli 
shug’ullanuvchi  mashqlarni  turli  sharoitda  (musobaqalar  va 
boshqa chiqishlarda) uzoq vaqt davomida bajara oladi. 
Mashqni  o’rgatish  jarayoni  tugagandan  keyin  butun 
faoliyat  o’zlashtirib  olingan  mashq  variantlarini  bajarishga, 
oldingi  mashqqa  o’xshash  elementlari  bor,  texnikasi  murakkab 
mashqlarni 
bajarishga, 
bajarish  sharoitini  o’zgartirishga, 
masalan,  boshqa  mashqlar  bilan  qo’shib  bajarishga  qaratilishi 
mumkin. 
2.2. Gimnastika mashqlarini o’zlashtirish shartlari 
Birinchi  shart.  Gimnastika  mashqlarini  o’rgatishni 
muvaffaqiyatli  tashkil  etishning  birinchi  sharti  -  talabalarning 
jismoniy  tayyorgarlik  darajasini  aniqlash.  Bunda  talabaning 
imkoniyatlari quyidagi ko’rsatkichlarga e’tiboran baholanadi: 
  mashqlarni  bajarishni  o’zlashtirish  tayyorgarligi, 

26 
 
o’zlashtiriladigan  mashqlarning  hajmi  va  ifodasi,  harakatlarni 
o’rganishdagi 
ayrim 
qiyinchiliklar, 
talabada 
yangi 
mashqlardagiga o’xshash harakat tajribasining mavjudligi; 
  jismoniy  tayyorligi  (yangi  texnik  harakatni  o’rganib 
olishda hal qiluvchi xislatlarning kamolot darajasi); 
  ruhiy  xislatlarning  (talabalarning  dadilligi,  qat’iyligi, 
uzoq vaqt davom etadigan asabiy zo’riqishlarga chidamliligi) qay 
darajada rivojlanishi. 
Talabaning  mashqlarni  o’rganish  qobiliyatini  baholash 
xarakteri  ayni  vaqtda  qanday  mashq  o’rganayotganiga  bog’liq. 
Gimnastika  mashqlari  esa  nihoyatda  xilma-xil,  shutting  uchun 
yangi  harakat  o’rganilayotgandagi  har  bir  aniq  holatda  tala 
bailing imkoniyatlarini aniqlab olish o’zgarib turishi mumkin, 
Ikkinchi  Shaft  -  o’rgatish  dasturini  harakat  tuzilmasini 
tahlil  qilish  va  talabaning  shaxsiy  xususiyatlarini  bilish  asosida 
tuzish.  O’qitish  dasturi  algoritmik  topshiriq,  chizmali  yoki 
tarmoqli  dastur  tarzida  yoziladi.  Mashqlarni  bajarish  texnikasi 
murakkablasha  bor-  gan  sari  o’rgatish  dasturining  samaradorligi 
ham orta boradi. 
Uchinchi  short  -  mashqlar  to’plarnini  o’zlashtirish 
jarayonini  mohirlik  bilan  boshqarish.  O’qituvchi  buni  talaba 
faoliyatini  tahlil  qilish  hamda  unga  aniqlik  kiritadigan  buyruqlar 
va nazorat topshiriqlarni tanlash asosida amalga oshiradi. 
To  ‘rtinchi short  -  mashqlarni  samarali  vato’g’ri  bajarish 
uchun  tegishli  sharoit  va  o’quv  vositalarining  mavjudligi.  Bunga 
quyidagi:  mashg’ulot  o’tadigan  joy  (sinf  xonasi,  zal, 
maydonchalar),  asosiy  va  yordamchi  jihozlar,  uslubiy  o’quv 
vositalari 
(jadvallar, 
rasmlar, 
kino-videolavhalar, 
odam 
gavdasining  shakllari,  ta'lim  texnikasi  va  uslubiyati  uchun 
tuzilgan  uslubiy  rejalar),  texnikaviy  ta’minlash  vositalari,  kino, 
foto  va  videoapparatlar,  o’lchov  qurilmalari  va  goniometr, 
dinamometr 
va 
boshqa 
asboblar, 
magnitofonlar, 

27 
 
videomagnitofonlar, diktofonlar kiradi. 
Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling