‘’Zakovat’’ intellektual o’yini ssenariysi 1-boshlovchi


Download 42.97 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi42.97 Kb.
#1763015
Bog'liq
‘’Zakovat’’ intellektual o’yini ssenariysi 1-boshlovchi-fayllar.org


‘’Zakovat’’ intellektual o’yini ssenariysi

1-boshlovchi:


Assalomu aleykum ilm-u fanning sohib-u davronlari, Assalom aziz do’stlar ham fikrdosh o’rtoqlar, ruxsat bering boshlamoqqa intellektual kechani turli-tuman savol bilan o’ynataylik barchani.

2-boshlovchi: Dilim ilmlardan mahrum bo’lmagan,


Biror so’z qolmadi mavhum bo’lmagan.
Tun-u kun o’ylagach yetmish ikki yil,
Bildimki hech narsa ma’lum bo’lmagan.
Assalomu aleykum aziz ustozlar
1-boshlovchi:Assalomu aleykum aziz o’qituvchilar va o’quvchilar hamda davramiz qatnashuvchilari. Darhaqiqat,ulug’ olim va matematik Abu Rayhon Beruniy aytganidek, dunyoviy bilimlarning biz bilmagan sir-u sinoatlari juda ko’p. Shu maqsadda biz 9-E sinf o`quvchilari va ustozlar o’rtasida shu vaqtgacha olgan nazariy bilimlarimizni qay darajada ekanligini bilish va talabalarni bilimini oshirish uchun ‘’Zakovat’’ intellektual nomli ring tashkil etganmiz.

2-boshlovchi:Shunday qilib davraga guruh qatnashchilarini taklif etamiz.


Bunda 5 ta jamoa: 4 ta jamoa talabalar jaomasi 1 ta jamoa ustozlardan tashkil topgan bo’ladi:
1-jamoa:Pentagon
2-jamoa:Iceberg
3-jamoa:Grand zakovat
4-jamoa:Positive intriga
5-jamoa:Mendeleyev
1-boshlovchi: Bilagi zo’r birni yiqar,bilimi zo’r mingni.Marhamat guruh a’zolari o’z joylarini egallab olishlari mumkin.

2-boshlovchi: Endigi navbatni Tadbirni ochib berish uchun MMIDO` Ibragimova Go`zal ustozimizni taklif etamiz.


Bilimlar bahsini boshlash uchun ustozlarimizdan izn olsak va hakamlar hayatini tanishtirib chiqsak:
1. Bekimova Adolat (kimyo o’qituvchisi)
2.Yusupova Adolat (Fizika o’qituvchisi)
3.Maxmudova Muhabbat (Geografiya o’qituvchisi)

1-boshlovchi: Monitorda ‘’Zakovat’’ savollari aks etadi. Vaqt reglamentiga amal qilgan holda guruhlar savollarga javob berishadi.Bunda har bir savolga 2 daqiqadan vaqt beriladi, savollarni hakamlarga taqdim etish uchun 10 soniya vaqt beriladi.


2-boshlovchi:Ilmni fursat bo’lganda o’raganaverish kerak,
Chunki ilm zarur bo’lganda fursat topilmaydi.
Guruhlarga savollar o’qib eshittirib boshlanadi va javoblar tinglanib to’g’ri javob uchun 1 balldan beriladi .
1-savol:
Beruniy tumanida olib borilayotgan ishlar va tumanimizning erishgan yutuqlari haqida nimalarni bilasiz?
2-savol:
Beruniy istiqomat qilgan joy nomlarini ayting.
3-savol:
Beruniy etnograf va antropolog sohasiga qanday hissa qo`shgan?
4-savol:
Abu Rayhon Beruniy qachon va qayerda tug`ilgan?
5-savol:
Beruniyning geodeziya va geografiyaga qo`shgan hissalari haqida ayting/
Yakunda umumiy ballar hisoblanib, g’olib guruh aniqlanadi.
1-boshlovchi: Endi so’z navbatni maktabimiz direktori:
Erkabayev Ilhom ustozdan ‘’Zakovat’’ intellektual ringimizning natiajlarini eshitamiz.



Download 42.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling