"Zakovat" intellektual o'yinini tashkil etish to’g’risidagi nizom


Download 19.68 Kb.
bet1/2
Sana06.02.2023
Hajmi19.68 Kb.
#1171809
  1   2
Bog'liq
3-dekabr ZAKOVAT


2022-yili 14- Dekabr ,,3-dekabr Xalqaro nogironlar’’ kuni munosabati bilan Respublikamizdagi Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan imkoniyati cheklangan talabalar
o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yinini tashkil etish to’g’risidagi
NIZOM
I. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur Nizom Respublikamizdagi Oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi imkoniyati cheklangan ,,Nogironligi mavjud’’, Ijtimoiy himoyaga muhtoj ,,Yoshlar daftarida turuvchi’’ talabalar o’rtasida "Zakovat” intellektual o'yini (bundan keyingi o'rinlarda "Turnir” deb yuritiladi) o'tkazish tartibini belgilaydi.

II. Turnirni tashkil etish va o'tkazish

  1. Turnirda Respublikamizdagi Oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalardan tashkil topgan jamoalar ishtirok etishlari mumkin.

  2. Turnirni tashkil etish va o'tkazish bo'yicha Samarqand Davlat Universiteti BT Yoshlar Ittifoqi sardorlari kiritiladi.

III. Turnirda ishtirok etuvchi jamoalar.

  1. Turnirda o'z arizasini topshirgan va 5 kishidan oshmagan Respublikamizdagi Oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar ishtirok etishi mumkin.

  2. Turnirda ishtirok etishni istagan Oliy ta’lim muassasalari jamoa tarkibi va arizni @samduyiadmin yoki +998 88 223 3929 manziliga 5-dekabar kuniga qadar yuborishlari shart.(Arizadan namuna keyingi faylda keltirilgan)

  3. Ariza va jamoalar tarkibi Oliygoh Yoshlar Ittifoqi yetakchisi tomonidan imzolangan hamda muhr bilan tasdiqlangan ko'rinishda bo'lishi lozim.

VI. Savol-javob jarayoni

  1. Jamoalarga 2 ta turda, (jami 20 ta) 1 turga 10 tadan savol beriladi.

  2. Savollar o'zbek tilida, mantiqiy mazmunga ega, "Nima? Qayerda? Qachon? o'yinlarining xalqaro standartlariga javob beradigan ko'rinishda olib boriladi.

  3. Jamoalarga bir paytda bir xil savol beriladi, jamoalar o'z javoblarini maxsus javob blankalariga yozib berishlari lozim bo'ladi. Maxsus javob blanklarining yuqori qismida albatta jamoa nomi, tur va savol raqami ko'rsatilishi kerak. Ushbu ma'lumotlar hamda jamoaning javob varianti maxsus javob blankaning bir tomonida bo'lishi kerak.

  4. Har bir savolni o'ylash uchun 1 daqiqa vaqt beriladi. Boshlovchi 50 soniya bo'lganda vaqt tugashiga 10 soniya qolgani haqida ogohlantiradi.

  5. I daqiqa vaqt tugagach, jamoalar o'z javoblarini maxsus javob blankalriga yozishlari uchun yana qo'shimcha 10 soniya beriladi. Bunda boshlovchi 10 dan I gacha ovoz chiqarib sanaydi.

  6. Jamoalar savol berilib, ”vaqt ketdi” ishorasi bildirilgan so'ng jami 1 daqiqa-yu 10 soniya ichida javob variantlarini yozib, maxsus javob blankani baland ko'targan holda turishlari lozim.

  7. J amoalarning javob variantlari oldindan maxsus tayinlangan sekundantlar tomonidan yig'ib olinadi va hisob-komissiyasiga topshiriladi. Javob blanklarini jamoa a'zolari tomonidan mustaqil olib kelinishiga yo'l qo'yilmaydi.

  8. O'z vaqtida javob blankani ko'tarishga ulgurmagan jamoaning javobi qabul qilinmaydi. Bunda jamoaning javobi garchi to'g'ri bo'lsa ham ball berilmaydi. Kechikkan jamoaning javob blankaga kechikkanligi to’g’risida maxsus belgi qo'yiladi.

  9. Javob variant tushunarli husnixat bilan yozilgan bo'lishi va aniq javobni ko'zlashi lozim. Mantiqiy tugallanmagan javob varianti qabul qilinmaydi.

16. Javob blankada faqat I ta javob varianti aks etishi lozim. Ikki yoki undan ortiq variant yozilgan javob variantlari, garchi ulardan biri to'g'ri bo'lsa ham, qabul qilinmaydi va jamoaga ball berilmaydi.
17. Ustiga chizilgan, ustidan bo'yalgan yoki qavsga olingan javob variantlari hisobga olinmaydi. Masalan, savolning to'g'ri javobi "Qulf va kalit” deylik. Bunday vaziyatda jamoa javob blankaga "qulf' so'zini yozdi va qavs ichida "(kalit) deya qo'shib qo'yadi. Bunday holatda jamoaning javobi aniq javob sifatida qabul qilinmaydi va ball berilmaydi.
18. Jamoalar turnir davomida qo'shimcha manbalardan (telefon, planshet, shpargalka va h.k.) foydalanishi taqiqlanadi. Kuzatuvchilar tomonidan bunday holat aniqlangan taqdirda jamoa a'zolari to'liq tarkibi bilan turnirdan chetlatiladi va ularning barcha ballari bekor qilinadi.
19. Jamoa a'zolari savollarga javob izlash jarayonida ularga chetda turgan tomoshabinlar yoki boshqa shaxslar tomonidan javob variantlarini aytish qat'iyan taqiqlanadi. Kuzatuvchilar tomonidan bunday holat aniqlangan taqdirda javob variantini aytishga uringan tomoshabin turnir o'tayotgan bino hududidan chiqarib yuboriladi, javob varianti aytilgan jamoaning esa ushbu savol uchun bergan javobi qabul qilinmaydi.
20. Savol-javoblar o'ynalayotgan jarayonda jamoa a'zolarining o'rnidan turishi, joy almashishi, boshqa jamoa vakillari yoki boshqa shaxslar bilan gaplashishi, baland ovozda, boshqalarga xalaqit beradigan darajada shovqin qilishi va o'yin jarayoniga oid bo'lmagan boshqa xatti-harakatlar qilishi taqiqlanadi, favqulodda holatlar bundan mustasno. Bunday holat aniqlangan taqdirda jamoaga ogohlantirish berilishi yoki 1 balldan 3 ballgacha jarima bali ushlab qolinishi mumkin. Agar ogohlantirish va jarima ballaridan keyin ham shu holat takrorlanaversa, jamoa tumirdan chetlatiladi va ularning barcha ochkolari bekor qilinadi.
V. G'olblarni aniqlash tartibi

Download 19.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling