Zulfiyaxonim izdoshlari


Download 22.63 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi22.63 Kb.
#1407657
Bog'liq
1.03zulfiyaxonim bayoni


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
4- Talabalar Turar Joyida
Zulfiyaxonim tavalludiga bag’ishlab “Zulfiyaxonim izdoshlari”
mavzusida o’tkazilgan she’riyat kechasi


Bayonnomasi


01.03.2023 yil Buxoro shahri
Qatnashdilar: 4-Talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi Sh.Mirshayeva,
ijtimoiy himoyaga muhtoj va imkoniyati cheklangan talabalar bilan ishlash yonalishi sardori-To’xtayev Ulug’bek, 4-binoda istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan talabalar.

Kun tartibi:
Zilfiyaxonim tavalludiga bag’ishlab “Zulfiyaxonim izdoshlari”
mavzusida she’riyat kechasi o’tkazish.


Eshitildi:
She’riyat kechani 4-TTJ tarbiyachi pedagogi N.Qudratova ochib, Zulfiyaxonimning hayot yo’li va ijodi haqida gapirib berdi:-bugun o’zbek xalqining sevimli shoirasi, qalb kechinmalarining mohir rassomi, vafo va sadoqat timsoli Zulfiyaxonim tavallud topgan. Shoiraning ezgu nomi qadalgan bahorlarga 108 yil to’ldi, -deya kechani ochiq deb e’lon qildi.
Zulfiya taniqli va iqtidorli o’zbek shoirasi. U 1915 yilda Toshkent shahrida hunarmand- degrezchi oilasida tug’ilgan. Zulfiya o’rta maktabni va ayollar pedagogika bilim yurtini tamomlab, Respublika gazeta va jurnallarida ish faoliyatini boshladi. Uning ilk she’rlari “Yangi yo’l” jurnali, “Qizil O’zbekiston” hamda “Yosh leninchi” gazetalarida chop etilgan.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj va imkoniyati cheklangan talabalar bilan ishlash yo’nalishi sardori-To’xtayev Ulug’bek so’z olib quyidagilarni gapirdi:
-Vafo va sadoqat ramzi baxt va bahor kuychisi Zulfiyaxonim Isroilovaning 108 yillik tantanalari butun diyorimiz bo’ylab keng nishonlandi.
O’zbekiston hukumati aloqli shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi katta xizmatlarini e’tiborga olib 1999 yili “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etdi. Sevimli shoiramizning xassos shoir Hamid Olimjon bilan kechirgan qisqa turmushi, undan judo bo’lib qolishi, umuman, shoiraning hayot yo’li sadoqat va vafo timsoli bo’lib qoldi.
So’ngra M.Shamayeva ijrosidagi “O’rik gullaganda” ashulasi qo’yib eshittirildi. Talaba qizlar Asal Fayziyeva, Dilnoza Shodmonova, Gulhayo Ochilovalar shoiraning sh’erlaridan yoddan parchalar aytib berdilar.
Salqin saharlarda, bodom gulida |Derazangdan mo’ralab asta,
Binafsha bargida, yerlarda bahor. Gul yuzingdan bo’lib shikasta,
Qushlarnig parvozi, yellarning nozi, Uzun qishga siltab qo’lini
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor. Ham qalbingdan boshlab yo’lini
To’qqiz oyki, elarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor

She’riyat kechasi ko’tarinki ruhda o’tib. talabalarga katta taassurot qoldirdi.



Bayonlashtirdi: Tarbiyachi-pedagog: Sh.Mirshayeva
Download 22.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling