J: Xasi
Izox : 3 – predmet bu qoshiq.
84. Uilyam Garveyning “ hayvonlarning kelib chiqishi “ kitobi muqovasida Yupiter tasvirlangan. Uning qo’lida bir narsa ushlab turgan edi. Uning ichida esa o’rgimchak , kapalak , ilon , qush , baliq va bola joylashgan. Siz menga o’sha Yupiter qo’lida ushlab turgan narsani topib bering.
J: Tuxum (sandiqchada)
Izox : xamma tiriklik tuxum xujayradan rivojlanishiga ishora edi.
85. XIX asrda Londonda bir kompaniya ish boshladi. Ular men so’rayotgan narsani 3 soatga yoki bir sutkaga ijaraga berish bilan shug’ullanishgan. Bu narsani xohlagan shaxarda joylashgan kompaniya punktlariga qaytarib berishingiz mumkin bo’lgan. Bu predmetni toping. Vaqt ketdi.
J: Soyabon
86. Statistikaga e’tibor qiladigan bo’lsak , bu sport bilan shug’ullanish vaqtida ko’plab odamlar vafot etar ekan. Bu ko’rsatkich rivojlanishida asosiy sabablardan ikkitasi infarkt va chaqmoq urishi ekan. Bu qaysi sport turi ?
J: Golf
87. Inglizlarda shunday maqol bor: har bir kuchukning o’z kuni bor. Bu maqolning o’zimizdagi analogini ayting ?
J: bizning ko’chada ham bayram bo’lajak !
88. Xizmatchi Ien Dennis o’zining ekskpeditsiyalarida qatnashishi e’lon qilingandan boshlab tayyorgarlik boshlar edi. Ayniqsa qutblarga sayohat haqida eshtiishi bilan maxsus tayyorgarlik ko’ra boshlar , bunda u yerda ko’proq bo’lar edi. Qayerda ?
J: Muzlatkichda
89. 1998 – yil Internetda yangi Tonnel poygalari simulyatori paydo bo’ldi. Bu simulyatorda orqa o’rindiqda o’tirgan ayolni toping. Vaqt ketdi?
J: Malika Diana
90. 1996 –yili “Rostelekom “ halqaro optik – ipak yo’li dasturini yakunladi. Dasturning nomi ITUR deb nomlanadi. Bunga sabab bu yo’l Italiyadan boshlanib , Rossiyada tugar edi. Sezganingizdek, Italiya bilan Rossiya orasida ikkita davlat ham bor. O’sha ikkita davlatni topib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |