Zamburug’lar haqida Zamburug’larning qishloq xo`jaligidagi ahamiyati Zamburug`larning ko`payishi


Download 0.56 Mb.
bet1/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1577214
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Zamburug’larning sanoatga va qishloq xo`jaligidagi ahamiyati


Mavzu: Zamburug’larning sanoatga va qishloq xo`jaligidagi ahamiyati
Reja

  1. Zamburug’lar haqida

2.Zamburug’larning qishloq xo`jaligidagi ahamiyati
3. Zamburug`larning ko`payishi.
Zamburug’lar inson uchun ikkita muhim, bir-biriga zid bo’lgan – yemiruvchi, lekin foydali vazifani bajaradi. Zamburug’lar chiqindilarni parchalab, ularning ko’payishiga imkon bermaydi. Shuningdek, ular o’simliklar rivojlanishi uchun zarur bo’lgan mineral tuzlarni tuproqqa qaytaradi. Ayrim zamburug’lardan ko’plab kasalliklarga davo bo’luvchi dorivor moddalar olinadi. Zamburug’ning o’simlik va hayvonlarni kasalga chalintiruvchi ayrim turlarini zararsizlantirish uchun inson doim ularga qarshi kurash olib boradi.
Zamburug’lar boshqa o’simliklar yordamida ko’payadi. Boshqa o’simliklar ozuqa uchun xlorofill ko’magida karbonat angidrid va suvdan shakar ishlasa, xlorofillsiz zamburug’lar bunday xusususiyatdan mahrum. Shuning uchun ham ular ozuqa moddani yashil o’simliklardan oladi. Zamburug’larning turi ko’p. Ularning aksariyati tuzilish jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi. Ayrim zamburug’lar, masalan bakteriya va achitqilar, bitta hujayradan iborat.
Shilimshiqli unli motor ham zamburug’ turiga kiradi. U boshqa o’simliklardan farqli o’laroq, chirigan daraxt tanasi yoki nam jism yuzasini qoplovchi ilviroq yupqa pardaday katta miqdordagi protoplazmadan hosil bo’ladi. Zamburug’larning bakteriya, achitqi va unli mog’ordan boshqa turlari rangsiz tolalardan iborat. Ular ,,mitseliy” yoki ,,zamburug’ tanasi” deb ataladi. Zamburug’ o’simtalari boshqa o’simlik yoki jism ichkarisiga kirib, ozuqa shimadi. Zamburug’ning rivojlanishi va ozuqani hazm qilishi uchun suv zarur. Shu sababdan ham ular quruq iqlim sharoitida o’sa olmaydi.
Po’panak zamburug’i non va namda qolgan matolarni chiritadi. Zamburug’larning ayrim turlari pishloqlarga o’ziga xos hid berish va dori ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Tanovul qilinishi mumkin bo’lgan va zaharli hisoblangan qo’ziqorinlar ham zamburug’lar oilasiga kiradi. Bunday qo’ziqorinlar bandininng asosiy qismi yer tagida bo’lib, tepasidagi spora ishlovchi qalpoqchasi yer yuzasiga chiqishdan oldin shakllanadi.


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling