Zamburug`lar hujayrasi qanday tuzilgan?
Download 1.78 Mb.
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mukor zamburugʻlar
- Zigomisetlar (Zygomycetes) sinfl.
- (Entomophthorales)
Zamburug`lar hujayrasi qanday tuzilgan? Zamburug‘lar hujayrasi tarkibida plastidalari bo‘lmaydigan geterotrof organizmlardir. Ular qadimgi organizmlar hisoblanadi. Zamburug‘lar parazit va saprofit holda hayot kechiradi. Saprofitlar — o‘lik organik modda bilan oziqlanadigan organizmlar. Ba’zi birlari suvda yashaydi. Zamburug‘larning 100 000 ga yaqin turi mavjud bo‘lib, quruqlikda juda keng tarqalgan. Ular suv o‘tlaridan xlorofillning yo‘qligi, bakteriyalardan esa yadroga ega bo‘lishi bilan farq qiladi. Zamburug‘larning vegetativ tanasi mitselliy deb atalib, u alohida ipchalar ya’ni gifalar yig‘indisidan tashkil topgan (12- rasm). Zamburug‘ mitselliysi oziq moddalarni butun yuzasi bilan shimib oladi. Mitselliyda spora hosil qiluvchi organlar hosil bo‘ladi. Hayvonlar o‘simlik va zamburug‘larga o‘xshash hujayraviy tuzilishga ega. Kimyoviy tarkibi va boshqa ko‘pgina xususiyatlarda (moddalar almashinuvi, irsiyat va o‘zgaruvchanlik, qo‘zg‘aluvchanlik) umumiylik mavjud. Shu bilan birga hayvonlarning o‘simliklardan farq qiluvchi bir necha xususiyatlari ham ma’lum. Ulardan eng muhimi oziqlanish xarakteridir. Ko‘pchilik o‘simlik avtotrof organizmlar hisoblanadi. Hayvonlar esa geterotroflardir. Ba’zi hayvonlar faol harakatlanish xususiyati bilan ham ajralib turadi. O‘simliklar harakati esa odatda ko‘zga tashlanmaydi. Hayvonlar hujayrasi o‘simliklardagi kabi sellulozali qobiq va vakuolalarga ega emas. Ushbu xususiyatni ham barcha hayvonlarga taalluqli deb bo‘lmaydi. O‘simlik va hayvonlar o‘rtasidagi nisbiy farqlar ularning ajdodlari umumiy ekanligini bildiradi. Hayvonlarning tabiatdagi ahamiyatini o‘simliklar hayotida ko‘rish mumkin. Gulli o‘simliklarning changlanishi yoki urug‘ va mevalarning tarqalishida hayvonlar katta rol o‘ynaydi. Hayvonlar har-xil ozuqa zanjirlari tarkibida ishtirok etib, o‘simliklar bilan oziqlanuvchi turlar boshqa yirtqich hayvonlar uchun ozuqa sifatida xizmat qiladi. Hayvonlar tuproq hosil qilish jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Chuvalchanglar, chumolilar va boshqa mayda hayvonlar tuproq tuzilmasini shakllanishida, uning unumdorligini oshirishda hamda tuproqning suv va havo bilan ta’minlanishida ishtirok etadi. O‘simlik qoldig‘i va hayvon jasadlarini parchalovchi organizmlar muhim sanitar ahamiyatga ega. Suvda yashovchi ko‘pchilik hayvonlar suvni tozalovchi — biofiltr organizmlardir. Hayvonlar insonning ko‘p qirrali xo‘jalik faoliyatida katta o‘rin egallaydi. Yovvoyi va uy hayvonlari insonni har xil oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Yovvoyi hayvonlarning turlari uy hayvon zotlarini yaxshilash uchun xizmat qiluvchi genofondni saqlaydi. Ko‘pgina yirtqich hayvonlar qishloq va o‘rmon xo‘jaliklarida turli zararkunandalarni yo‘qotishda katta rol o‘ynaydi. 4. Ko‘payishi vegetativ, jinssiz va jinsiy usullarda boradi. Vegetativ ko‘payish kurtaklanish yoki mitselliyning bo‘laklarga ajralishi, jinssiz ko‘payish esa har xil sporalar hosil qilish yo‘li bilan boradi. Jinsiy ko‘payish tuban zamburug‘larda suv o‘tlarga o‘xshash, yuksak zamburug‘lar esa maxsus jinsiy organlarning qo‘shilishi, bir hujayra mahsulotining ikkinchisiga ko‘chib o‘tishi va yadrolarning juft-juft bo‘lib qo‘shilishi kabi ko‘rinishlarda amalga oshadi. Mitselliyning tuzilishi va ko‘payish usuliga qarab zamburug‘lar tuban va yuksak zamburug‘larga bo‘linadi. Tuban zamburug‘lar mitselliysida to‘siqlar bo‘lmaydi, jinsiy ko‘payish suv o‘tlaridagidek boradi. Yuksak zamburug‘lar mitselliysi to‘siqli, ya’ni ko‘p hujayrali bo‘ladi (13- rasm). Achitqi zamburug‘i — haqiqiy mitselliysi bo‘lmay, tanasi alohida-alohida hujayralardan iborat. Hujayrasi bir yadroli, oval shaklda bo‘ladi. Bu zamburug‘ kurtaklanish yo‘li bilan ko‘payadi. Kurtaklanish natijasida hosil bo‘lgan yosh hujayralar uzilib ketmay zanjir hosil qiladi. Ular shakarli muhitda yashaydi. Achitqi zamburug‘larining 6/7. Mukor zamburugʻlar (Mycorales) — fikomitsetlar sinfiga mansub tuban zamburugʻlar tartibi, koʻp yadroli hujayrasiz mitseliydan rivojlanadi. Jinssiz koʻpayish organlari — sporangiy. Jinsiy koʻpayishi — zigogamiya. Zigosporalar bitta yoki bir nechta mitseliy tarmoqlarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Mukor zamburugʻlarning 6—8 oilasi (250 ga yaqin turi) bor. Koʻpchilik Mukor zamburugʻlar saprofit, organik substratlarda yashaydi; baʼzilari boshqa Mukor zamburugʻlarda, yuksak zamburugʻlarda, mevalarda va oʻsimliklarning boshqa qismlarida yashab, har xil kasalliklar qoʻzgʻatadi. Ular odam va hayvonlarni ham kasallantirishi mumkin. Ayrim Mukor zamburugʻlar, mukor achitqilar bijgʻitish xususiyatiga ega boʻlganligi uchun alkogolli ichimliklar tayyorlashda foydalaniladi. 8. Zigomisetlar (Zygomycetes) sinfl. Sinf mitseliysi hujayralarga bo'linm agan, ammo ko'pincha reproduktiv tanalari mitseliydan septa bilan ajraladigan z am b u ru g 'larn i birlash tirad i. Jinssiz ko‘payishi xivchinchalarsiz, harakatsiz sporangiosporalar yoki koni- diyalar tomonidan amalga oshiriladi. Jinsiy jarayon — zigogamiya — gifaning ikkita bir-biridan farqlanadigan hujayralari — game- tangiylar qo‘shilishida hosil bo‘ladi. Sinf tarkibiga to ‘rtta tartib kiradi va ulardan biri — entomoftoralar (Entomophthorales) — faqat bitta — entomoftoralar oilasidan iborat b o ‘lib, ularning aksariyati hasharotlar va boshqa um urtqasiz hayvonlar (kanalar, o ‘rgimchaklar, ko‘poyoqlar) parazitlaridir. Entomoftoralar (Entomophthoraceae) oilasi. Entomoftora zam- buru g lari oziqlanayotgan muhitda, bir hujayrali, kuchsiz shox- langan zamburug‘ tanasi - mitseliy hosil qiladi. Mitseliy gifalari tarkibida ko‘p miqdorda yog1 tomchilari mavjud. Zararlangan hasharotlar tanasi ichida mitseliy alohida, noto'g'ri shaklli, turli o'lchamli segmentlar — gifa tanachalariga parchalanadi. Bu tanachalar hasharot gemolimfasi orqali doimiy ravishda xo‘jayin tanasining zararlangan to'qim alari o'rnini to ‘ldira boradi. Zam bu- rug'ning o ‘sishi xo‘jayin ichki a ’zolari va to ‘qimalari butunlay yemirilishi va gifa tanachalari bilan toMgunga qadar davom etadi. Konidiyalar o ‘sishidan organizm nobud bolishigacha yirik hasharotlar (chigirtka) da 5—8, maydalarida (o'simlik bitlari) 2—3 kun o ‘tadi. O'lim gemolimfa sirkulatsiyasi buzilishi va zamburugi toksin va fermentlar ajratishi tufayli yuzaga keladi. Hasharotning qorni shishadi, qorin terisi yoriladi. tanasidan suyuqlik oqadi. Keyinchalik zamburug1 mitseliysi hasharot tanasi ustida baxmal- simon qoplam singari o'sib chiqadi. Bu qoplam konidioforalar va turli shakldagi konidiyalardan iborat bo'ladi 9. Xaltachali zamburug’lar sinfi. Bu sinf vakillari maxsus xaltachalar ichida spora hosil qilishi bilan harakterlanadi. Mitseliysi bir yoki ko'p yadro’li hujayralardan tashkil topgan. Sporalari asosan xaltachalarda yetiladi. Eng soda vakillarida xaltacha to’g’ridan-to’g’ri zigotadan hosil bo’ladi. Mitseliyning ikkita hujayrasi bir-biri bilan qo’shilib hosil bo’lgan zigota xaltachaga aylanadi. Shuning uchun ham bu sinfga kiruvchi zamburug’lar xaltachali zamburug’lar deb ataladi. Bu sinfga tuzilishi va yashovchanligi xilma-xil bo’lgan 250.000 dan ortiq tur kiradi. Xaltacha ichida ko’pincha sakkiztadan spora xaltacha, ya’ni askospora yetishadi. Xaltachalar hosil bo’lishi oldidan jinsiy jarayon bo’lib o’tadi. Bu zamburug’larning ko’p vakillarida xaltachalar mevatanalarida yetiladi. Mevatanachalari quyidagicha bo’ladi: 1. Kleystokarpiylar – yopiq mevatanachalar. Xaltachalar mevatanasining ichida turadi. Xaltachasporalar yetilgan meva po’stining yemirilishi yoki yorilishi natijasida tashqariga chiqadi. 2. Peritetsiylar – chala ochiq mevatana. Ular ko’zasimon bo’lib, uni bir qadar ochiq bo’ladi. Xaltachalar mevatanasining tagida to’p bo’lib vertikal joylashadi, yetilishi bilan sporalar teshikcha orqali birin-ketin tashqariga otilib chiqadi va atrofga tarqaladi. 3. Apotetsiylar – ochiq mevatana. Ko’pincha tarelkasimon yoki piyolasimon bo’lib, xaltachalar betida keng qatlam hosil qiladi va erkin joylashib osonlik bilan tarqala oladi. Xaltachali zamburug’larning ko’pgina vakillarida mevatana va xaltachalari paydo bo’lishi oldidan bir necha juft jinsiy organlar (to’da-to’da bo’lib) hosil bo’ladi. Bu jinsiy organlarning hosil bo’lishi mevatanasining boshlanishidir. Xaltachali zamburug’larning urg’ochi jinsiy organi arxikarp, erkak jinsiy organi esa anteridiy deb ataladi. Arxikarp ikki hujayradan iborat bo’lib, ularning ostki sharsimon shakldagisi askogen, ustki silindirsimoni esa trixigina deb ataladi. Anteridiy bitta silindirik hujayradan iborat. Bu erkak va urg’ochi jinsiy organlarning hujayralari ko’p yadroli bo’lib, ichidagi moddasi endomitsetlarnikiga o’xshash, ayrim gametalarga differensiallashmagan emas. Bularning atalish jarayoni quyidagicha: anteridiy trixoginaning uchi bilan qo’shilib, ichidagi moddasini unga qo’yadi. Trixoginaning tagidagi teshikchadan anteridiy yadrolari askogenga o’tib, uning yadrosi bilan juftlashib, o’zaro qo’shilmay turadi, faqat ularning sitoplazmalarigina birlashadi xolos. Bundan qo’sh yadro yoki dikarion deb ataladigan shoxlangan o’simtachalar hosil bo’ladi. U yerda ularning juftlashgan yadrolari bir vaqtda baravar va teng bo’lina boshlaydi. Chunki dikariondagi yadrolarning biri erkak, ikkinchisi urg’ochi bo’lishi lozim. Keyin dikarionlar askogen iplariga o’tib shoxchalarning o’zida taraqqiy etadi. Askogen ichidagi yadrolar qo’shiladi, so’ngra diploid yadro izchillik bilan uch marta (birinchisi reduksion) bo’linadi. Natijada sakkizta gaploid yadro hosil bo’ladi. Ular rivojlanib sakkizta xaltachali sporaga aylanadi. Demak, otalangan bitta askogendan askogen iplar orqali bir qancha xaltachali sporalar vujudga keladi. Shu bilan birga, jinsiy organlarni hosil qilgan mitseliy gifalari xaltachalar atrofida o’ralib, jinsiy organlarga va undan hosil bo’lgan askogen iplariga mevatanasining namatsimon to’qimasini hosil qiladi. Xaltachali zamburug’larning ko’pchilik turlarida jinsiy organlarning qo’shilishi reduksiyalangan. Ba’zan erkak jinsiy organi bo’lmaydi yoki urg’ochi jinsiy organi o’smay qoladi. Keyingi o’sish esa oogamiya (askogen yadrolar yaqinlashib qo’sh yadroga aylanadi) yordamida bo’lib, askogen iplari yetilgach, uchida xaltachalar hosil bo’ladi. Xaltachasi bevosita mitseliyda hosil bo’ladigan zamburug’larga achituvchi zamburug’lar misol bo’la oladi. Dastlabki xaltachalilar (Protoascales) tartibining vakili xamirturush yoki achitqi zamburug’idir (Saccharomyces cerevisiae). Ko’pincha uning haqiqiy mitseliysi bo’lmay, tanasi alohida-alohida hujayralarga ajraladigan, kurtaklanib shoxlangan zanjir hosil qiluvchi hujayralardan iborat. 10. Bu sinf zamburug’larning 30 000 dan ortik yoki xozirda ma’lum bo’lgan zamburug’larning 30% ini O’z ichiga oladi. Ular tuzilishi, hayoti va oziqlanishiga ko’ra, nihoyatda turli-tumandir. Mazkur sinfga bir hujayrali kurtaklanuvchi turush zamburug’i hamda meva tanalari, shakli, tuzilishi va katta-kichikligi jihatidan mikroskopik mayda va ayrim xollarda 10-20 sm kattalikdagi zamburug’lar kiradi. Lekin bu turli-tuman zamburug’lar kelib chiqishining umumiyligi va uxshash belgilari buyicha bir sinfga birlashtirilgan. Askomitsetlarning asosiy sistematik belgisi jinsiy jarayon natijasida spora beruvchi xaltachalar - askolarning hosil bulishidir, har bir xaltacha ichida 8 ta askospora bo’ladi. Xaltali zamburug’larda rivojlanish siklining keng tarqalgan shakllari quyidagilardan iborat: Xaltada hosil bo’lgan spora unib ko’p yadroli yoki bir hujayrali mitseliyni hosil qiladi. Bu zamburug’ning aksariyat qismida vegetativ tana substrat yoki xo’jayin o’simlik ichida bo’ladi. Ularning vegetativ tanasi bir yoki ko’p yadroli hujayralardan iborat gaploid mitseliylardan tashkil topgan. Zigomitsetlardan farkli ravishda aksomitsetlarda mitseliylardagi tusiklar ma’lum tartibda, yadroni bo’linishi bilan sixron ravishda hosil bo’ladi. Askomitsetlarning ko’pchiligida jinsiy jarayon gametalarga defferensiyalashmagan erkaklik va va o’rg‘ochilik jinsiy organlarining suyuligini biridan ikkinchisiga kuyilishi natijasida sodir bo’ladi. Bunday holda ularning faqat plazmalari kushiladi, erkaklik va o’rg‘ochilik organlarining yadrolari kushilmaydi, balki bir-biri bilan yakinlashib, juft yadrolar - dikarionlarni hosil qiladi. Dikarionlar joy olgan o’rg‘ochilik jinsiy organlaridan askogen iplari hosil bo’ladi. Dikarionlar askogen gifalariga utib, sinxron ravishda ko’paya boshlaydi. Askogen gifada dikarionlar urtasida kundalang tusiklar hosil bo’ladi va har bir hujayra O’zining kush yadrosiga ega bo’ladi. Askogen gifalarining uchida ikki yadroli hujayralardan ancha murakkab yul bilan xalta (asko) hosil bo’ladi. Boshlangich xaltani aks ettirgan bu hujayrada jinsiy jarayonning ikkinchi boskichi kariogamiya amalga oshadi, ya’ni yadrolar O’zaro kushiladi. Hosil bo’lgan diploid yadro uch marta bulinib, sakkizta gaploid yadro hosil qiladi. Yadrolar atrofida sitoplazma shakllanadi va shu bilan xaltali sporalar hosil bulishi poyoniga yetadi. Askomitsetsimonlar odatda ikkita kenja sinfga bo’lib urganiladi. 11. Meva xaltachalilar yoki chin xaltachalilar Carpoascomicetes chin xaltachalilar Euascomycetes kenja sinfi . Bu kenja sinf vakillari uchun askogen gifalarining oxirida ko’p sonli meva tanalarining hosil bulishi xarakterlidir. Meva xaltachalilar kenja sinfiga askomitsetlarning askariyat qismi mansub bo’lib, ularning hayot tarzi spora hosil qilish shakli va jinsiy jarayonning turli-tumanligi bilan fark qiladi. Meva xaltachalilar tanalarining shakli va unda xalta chalarning joylashishiga qarab quyidagi xillarga bo’linadi. Kleystokarpiy - yopik meva tana bo’lib, odatda yumaloq shaklda. Xaltachalar meva tananing ichida joylashgan. Askospo ralar pishib yetilishi bilan meva tana yirtilishi yoki parchalanishi natijasida tashqariga chikariladi. Peritetsiy - (Kleystotetsiy) - Noksimon oval yoki yumaloq shakldagi meva tana. Uning bir tomonida maxsus ingichka tirkish mavjud. Yopik xaltachalar sporalarni shu tirkish orqali tashqariga chikaradi. Apotetsiy - yumaloq kosa shaklidagi ochiq sorali meva tana. Sporali xaltachalar uning ustida erkin joylashgan va osonlik bilan tarkaladi. Meva xaltachalilar kenja sinfiga 20 000 ga yakin zamburug’ turi mansub. Ularning meva tanasining shakli, tuzilishi va hayot xususiyatlariga qarab quyidagi qabilalarga bulish tavsiya qilinadi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling