Zamon pulining tavsifi
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
tmkursishi TAYORii
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3O’zbekistonda pul tizimining tashkil etilishi bugungi kundagi holati va tahlili.
5.O’zbеkistоn Rеspublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi. O’zbеkistоn Rеspublikasining 2008 yil statistik aхbоrоtnоmasi, T., 2009. 29 2.3O’zbekistonda pul tizimining tashkil etilishi bugungi kundagi holati va tahlili. Har bir davlat o’zining pul tizimiga ega bo’lganidek O’zbekiston mustaqil pul tizimiga ega. Respublikamizda mustaqil pul tizimini tashkil topishining I-bosqichi 1992 yilni noyabr oyida «so’m-kupon» larni muomlaga chiqarilishi hisoblanadi. Pul tizimining ikkinchi bosqichi 1994 yilning 1-iyulidan muomalagacha milliy valyuta «so’m»ni chiqarilishidir. -O’zbekiston Respublikasining pul tizimining elementlari: -Pul birligi - so’m -Pul birligining turlari - qog'oz va metal pullar -Ularni muomalaga chiqarish qoidalari. -Pul, kredit valyuta boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari. -Naqd pulsiz to'lov aylanishi va kredit pullar muomalasining olib borishda davlat tomonidan belgilangan shartlar. -Milliy valyutani chetga olib chiqish va chetdan olib kelish qoidalari. -Xalqaro hisob - kitoblarni tashkil qilish asoslari. -Milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi va davlat tomonidan belgilangan valyuta kursi. O’zbekiston milliy pul tizimining asosiy elementi bo’lmish so’m jamiyat manfatlariga xizmat qiladi. Shuning uchun pul tizimining asosiy vazifasi milliy pulimizning qadrini mustahkamlashdan iborat. Bu juda ma’suliyatli va oson bo’lmagan vazifa. O’zbekistonning o’z iqtisodini bozor talablariga mos ravishda rivojlantirishga qaratishi, bozor iqtisodiyotiga o’tishda O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlariga ega ekanligi milliy valyutaning barqaror bo’lishini taqozo etadi. Zero mustaqil pul tizimiga ega bo’lmasdan iqtisodiy jihatdan mustaqil davlat bo’lishi mumkin emas. Shu boisdan Respublikamiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov – « Bugungi eng muhim vazifa valyutamizni baquvvat, dunyoda obro'li valyutaga aylantirishdir, u-yuksak va katta kuchga ega bo’lishi lozim» - degan edi. Har bir davlatning o’z milliy valyutasi bo'lgani kabi O'zbekistonda ham milliy valyuta-so’m mavjud. O’zbekistonning amaldagi milliy valyutasi so’m-O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 3 sentabrdagi №952-XII qaroriga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 iyundagi PF-870 sonli farmoniga binoan, 1994 yilning 1 iyulida so’m muomalaga kiritilgan. So’m qadri tushib borishi bilan past nominaldagi qog’oz pullar muomalada ko’proq ushlab turilishi uchun tanga ko’rinishidagi so’mlarga almashtirib borilgan. Jumladan, 1997 yilda ilk marta 1, 5 va 10 so’mlik tangalar muomalaga kiritilgan. Bunday ko’rinishdagi tanga so’mlar 1998, 1999 yillarda ham ishlab chiqarilgan. 2000 va 2001 yillarda 1, 5 va 10 so’mlik tangalarning hajmi kichraytirilgan va dizayni o’zgartirilgan. Bundan tashqari, po’lat, mis va nikel qotishmali 50 so’mlik (2001) va 100 so’mlik (2004) tangalar ham muomalaga kiritilgan. Markaziy bank 2018 yilda mayda kupyuralarni 50, 100, 500 so’mlik yangi namunadagi tangalarga almashtirdi hamda 200 so’mlik tangalarni chiqardi. Tangalarda Toshkentdagi Alisher Navoiy haykali, Toshkentdagi Amir Temur haykali, Toshkent kuranti, Samarqanddagi Registon maydoni, Oq saroy, Oliy Majlis binosi, Temuriylar tarixi muzeyi, Toshkentdagi Mustaqillik maydonidagi monument, Toshkent tennis korti fonidagi tennischi, Milliy kurash tushayotgan polvonlar, futbol maydoni fonidagi 30 futbolchi, Olimpiya shonshuhrati muzeyi fonida mash'ala ushlagan sportchi tasvirlangan. So’m dizaynida qadimiy naqshlarga, yurtimizdagi osori atiqalar tasviriga katta e'tibor berilgan. 1 so‘mlikning orqa tarafida Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik Katta teatri, 3 so‘mlikda-Buxorodagi Chashmai Ayyub maqbarasi, 5 so‘mlikda-O‘zbekiston milliy bog‘idagi Alisher Navoiy sharafiga o‘rnatilgan haykal va me'moriy kompozitsiya, 10 so‘mlikda-Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasi, 25 so‘mlikda-Samarqanddagi «Shohi Zinda» tarixiy-me'moriy ansambli, 50 so‘mlikda Samarqanddagi Registon tarixiy-me'moriy ansambli, 100 so‘mlikda - Istiqlol saroyi (sobiq Xalqlar do‘stligi saroyi) tasvirlangan. Keyinchalik, Toshkentda 144 x 78 mm o’lchamda chop etilgan katta kupyuralarning dizayni o’zgartirilgan. Old qismida O’zbekiston Respublikasining kattalashtirilgan gerbi, orqa qismida asosan mustaqillik yillarida barpo etilgan inshootlar tasvirlangan. 200 so’mlikda Samarqanddagi Registon ansamblining Sherdor madrasasida tasvirlangan, quyosh orqalagan sherning ramziy tasviri, 500 so’mlikda Toshkentda Amir Temurga o’rnatilgan haykal, 1000 so’mlikda Toshkentdagi Temuriylar tarixi muzeyi binosi, 5000 so’mlikda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi binosi, 10000 so’mlikda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati binosi tasvirlangan. O’zbekistonda 2019-yilning 25-fevraldan boshlab qiymati 100 000 so’m bo’lgan banknot ko’rinishidagi yangi pul belgisi muomalaga chiqarildi. Qiymati 100 000 so’m bo’lgan banknotning mavzusi (tematikasi) buyuk o’zbek olimi Mirzo Ulug’bek faoliyati va uning astronomiya fanidagi yutuqlariga bag’ishlangan. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g'risidagi qonunning 3-moddasida ta’kidlanganidek O’zbekiston Respublikasi markaziy bankining bosh maqsadi–milliy valyuta barqarorligini ta’minlashdir. Valyuta barqarorligi pul massasi, narx–navo va milliy valyuta kursining barqaror bo’lish tushunchasini o’z ichiga oladi. Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi. Monetor siyosatni va valyutani boshqarish siyosatini shakllantirish, qabul qilish hamda amalga oshirish. O’zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil qilish va ta’minlash. Banklar faoliyatini tartibga solish va ular faoliyati ustidan nazorat qilish. O’zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valyuta zaxirasini saqlash va ularni boshqarish. Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat byudjetining kassa ijrosini tashkil etish. Markaziy bank pul muomalasini barqarorlashtirish uchun ba’zi hollarda quyidagi usullarda ham tayyorlanadi. 1. Nullifikatsiya – bunda qadrsizlangan pul batamom bekor qilinib muomalaga yangi pullar chiqariladi. Bu usul inflatsiya darajasi o’ta yuqorilab ketgan hollarda qo'llaniladi. Bu usul SSSR da 1922 - 1924, 1947, 1997, 1961 yillardagi pul islohati, O’zbekistonda 1994 yilda bo’lib o’tgan pul islohatida qo'llanilgan. 2. Revolvatsiya – lotincha qadrini oshishi ma’nosini anglatib bu milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan qadrini oshishini bildiradi. Masalan 1$= 1110 so’mga teng bo’ldi. Ushbu tadbirdan keyin 1005 so’mga teng bo’ladi. Bu usul 1922-1928 yillarda Angliyada, 1961, 1969, 1971 yillarda Germaniyada qo'llanilgan. 31 3. Devolvatsiya – lotincha qadrini tushishi ma’nosini anglatadi. Bu usul davlat tomonidan milliy valyuta kursini boshqa valyutalarga nisbatan pasaytirilishi bo’lib u bozor uchun kurash kuchaygan sharoitda eksportni rag'batlantirish, to’lov muvozanatini yaxshilash uchun qullaniladi. Buning asosiy sabablari bo’lib inflyatsiyani kuchayishi va mamlakat to'lov balansning salbiy qoldiqga ega bo’lishidir. Bu usul AQSh da 1971 yilda 7,89 % ga, 1973 yilda 10 % ga dollar kursini pasaytirish bilan qo'llanilgan. 4. Denominatsiya – pul miqdorini bir necha marotaba qisqartirish hisoblanadi va u pulni qadri yuqori darajada tushganda, muomaladagi pul hajmi oshganda qo'llaniladi. Bu usul Rossiya federatsiyasida 1921-1922 yillardagi pul islohatida 1000:1, 1923 yilda 100:1, 1999 yilda 1000:1 holida, Buxoro Shòro Xalq Respublikasida bu usul 1922 yilda 100:1, O’zbekiston Respublikasida 1994 yilda 1000:1 holida qo'llanilgan. O’zbekistonda pul muomalasi bilan asosan Markaziy bank shug’ullanadi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Pul muomalasi, kredit berish, mablag’ bilan ta’minlash, hisob-kitob qilish va tashqi iqtisodiy aloqa sohalarida respublika iqtisodiy va valyuta siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; Hisobga olishning, hisob berishning, hisob-kitob-ssuda va valyuta operatsiyalarini amalga oshirishning yagona qoidalari va normalarini belgilash; Ssuda-depozit operatsiyalarini tartibga solish va umumiy pul muomalasini boshqarishning normativlarini o’rnatish; Barcha banklar va kredit muassasalari, pul-kredit va valyuta operatsiyalariga doir O’zbekiston Respublikasi qonunlari va qoidalariga rioya etishlari ustidan nazorat qilish; Barqaror pul muomalasini va O’zbekiston Respublikasi hududida muomalada bo’lgan pulning xarid qobiliyatini saqlash; Bank ishlari bilan shug’ullanish uchun litsenziyalar berish. Respublika pul va kredit tizimiga rahbarlik qilish; Milliy valyutani joriy qilish va u bilan respublika xalq xo’jaligini ta’minlash; O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida” qonuniga muvofiq Markaziy bankning bosh maqsadi milliy Valyutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat va davlat monetar siyosatining asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqish hamda Markaziy bank to’lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko’rinishdagi naqd pul belgilarini muomalaga chiqarish va muomaladan qaytarib olish bo’yicha mutloq huquqga ega.Shunga muvofiq, muomalaga naqd pul chiqarish, ularni saqlash, muomaladan qaytarib olish va muomala uchun yaroqsiz holatga kelgan pul belgilarini yangi pul belgilariga almashtirish vazifalarini bajaradi. Shuningdek, muomalaga chiqarilmagan pul belgilarini saqlash maqsadida Markaziy bank Rezerv fondlarini tashkil etadi va ular bo’yicha pul mablag’larining tarkibiy qismlarini, ya’ni banknot va tangalar ko’rinishidagi qoldiq limitlarini belgilaydi. Tijorat banklari aylanma kassalarining qoldiq limitlari ham Markaziy bank tomonidan o’rnatiladi. Markaziy bank Respublika banklarida pul muomalasini va kassa ishlarini tashkil etish hamda ularning buxgalteriya hisobini yuritish bilan bog’liq barcha 32 me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi. Markaziy bank o’zining asosiy maqsadini to’laqonli bajarish, ya’ni pul muomalasini barqaror saqlab turishga hamda milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun pul muomalasi holatini muttasil o’rganadi va tahlil qiladi hamda uni mustahkamlash uchun amaliy choralar ko’radi. Asosiy naqd pul oqimlari tijorat banklari kassalari orqali o’tganligi sababli, Respublikada faoliyat yuritayotgan tijorat banklarining naqd pul muomalasi bilan bog’liq faoliyatini tartibga soladi va nazorat qiladi. Markaziy bank tomonidan naqd pul muomalasini tartibga solish maqsadida tijorat banklari va ularning mijozlari uchun majburiy bo’lgan quyidagi talablar o’rnatilgan: Kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibi; Tijorat banklari kassalariga naqd pullarni topshirish va olish tartibi; Tijorat banklari aylanma kassalariga limit o’rnatish tartibi; Tijorat banklari aylanma kassalari mustahkamlash uchun zaxira pullarini tashkil qilish tartibi; Tijorat banklari kassa aylanmalarini hom cho’t qilish tartibi; Xo’jalik subyektlari naqd pul tushumlarini inkassatsiya xizmati tomonidan tijorat banklari kassalariga topshirish tartibi; Banknotlar va monetalarni to’lovga yaroqlilik qobiliyatini aniqlash tartibi; Xo’jalik subyektlari kassalari qoldig’iga limit o’rnatish tartibi; Naqd pul bilan hisob – kitob qilish tartibi; Kassa operatsiyalarining buxgalteriya hisobi; Chakana savdo korxonalariga naqd pulsiz hisob – kitob qilish tartibi. Markaziy bank va uning Hududiy Bosh Boshqarmalari (HBB) zimmasiga Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida pul muomalasini tashkil etish, tijorat banklari naqd pul bilan bog’liq faoliyatini muvofiqlashtiradi va monitoring yuritadi. Bank muassasalariga kelib tushgan pul birliklari va tangalarning qayta sanalishi, to’lovga yaroqli, eskirgan hamda yaroqsiz, ya’ni to’lov qobiliyatini yo’qotgan pul birliklarini toifalarga ajratilgan holda saralash, taxlash, tegishli ravishda o’rab bog’lash va qayta muomalaga chiqarilishi kabi ishlarning sifatini yanada oshirish yuzasidan Markaziy bankning barcha muassasalari va tijorat bank bo’limlariga doimiy ravishda tegishli ko’rsatmalar berib boriladi. Pul birliklarining «yaroqli», «eskirgan»va «to’lovga yaroqsiz» toifalar bo’yicha mezonlarini ishlab chiqadi. 2017 yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlari rolini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi o’rta muddatli istiqbolda bank tizimi va pul-kredit siyosatini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berdi. Ushbu yo’nalishdagi muhim qarorlardan biri milliy valyuta almashuv kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanish tamoyillarini joriy etish orqali ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirilishi bilan bog’liq amaliy qadamlar bo’ldi. Valyuta kursi shakllanishida tamomila yangi yondashuvdan foydalanilishi, o’z navbatida, Markaziy bankning asosiy e’tiborini ichki bozordagi narxlar barqarorligiga qaratish asnosida pul-kredit siyosatini takomillashtirish imkoniyatini 33 beradi. Ayni vaqtda valyuta bozorini liberallashtirish borasidagi islohotlarning muvafaqqiyatli amalga oshirilishi ko’p jihatdan pul-kredit siyosatini takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini mustahkamlash hamda bank tizimini rivojlantirish choralari samaradorligi bilan chambarchas bog’liq. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta bozorini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilinishidan ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul-kredit siyosatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi va Pul-kredit siyosatini 2017-2021 yillarda rivojlantirish va inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar Kompleksi tasdiqlandi. Bu boradagi keyingi muhim qadamlardan biri O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatini tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi Farmonining qabul qilinishi bo’ldi. Mazkur farmonda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi Markaziy bankning bosh maqsadi etib belgilanib, Markaziy bankning mustaqilligi va institutsional rivojlanishini ta’minlash bo’yicha tegishli choralar nazarda tutilgan. Qayd etish lozimki, iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yondashuvlarining qayta ko’rib chiqilishi davrida shakllanayotgan yangi voqeliklarda pul-kredit sohasidagi o’zgarishlarning aholi va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan to’g’ri qabul qilinishi va qo’llab-quvvatlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o’rta muddatli istiqbolda pulkredit siyosatini rivojlantirish va amalga oshirish Konsepsiyasi kommunikatsiyalar kanalining jamoatchilik fikrini shakllantirish hamda inflyatsion targetlash rejimini amaliyotga joriy etishdagi yetakchi roli inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. 6.Shоdmоnоv Sh.Sh.,Yaxshiyeva M.T., Yusupov R.A. Pul nazariyasi, ma’ruza matnlari. Toshkent-2009. 34 Xulosa Pulning vujudga kelishi tarixiy jarayon, u tovar ayirboshlashning rivojlanishiga asoslanadi, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash ziddiyatlarining keskinlashuvi natijasidir. Oltin (yoki kumush) pul umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi maxsus tovar bo‘lgan. Odamlar pul uchun deyarli hamma narsaga tayyor va pul odamlarga deyarli barcha narsani berishi mumkin. Pul – bu hamma tovarlarni sotish va sotib olish mumkin bo‘lgan, umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi maxsus tovardir. Hozirgi zamon puli tovarlarni ayirboshlashda umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi, umumko‘pchilik tomonidan tan olingan va davlat tomonidan qonunlashtirilgan vositadir. Tovar ishlab chiqarish bilan bog’liq holda pul kelib chiqar ekan, uning kelib chiqishi haqida ham qator nazariyalar borki, bu masalaga yondashuvga ko’ra umumiy ravishda ikkiga: ratsionalistik va evolyutsion yondashuvgv bo’lish mumkin. Birinchisi subyektiv psixologik yondashuv bo’lib, pulning kelib chiqishi kishilar o’rtasidagi kelishuv tufayli yuz bergan degan fikr bildirsalar, ikkinchisi esa pul jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining mahsuli deb ko’rsatishadi. Pul bozor iqtisodiyotining eng universal, eng yuqori likvidli vositasi bo’lib, qiymat o’lchovi, muomala, jamg’arish funksiyasini bajaradi. Hozirgi paytda kredit va elektron pullar keng qo’llanila boshladi. Kredit pullar sifatida rivojlangan davlatlarda to’lov va muomala vositasi sifatida keng qo’llaniladigan cheklar, depozitlar, veksellar, sertifikatlar ishlatiladi. Elektron pullar esa kompyuter va boshqa informatsion tizimlar orqali har qanday ayirboshlash operatsiyasi uchun to‘lanadigan pullar hisoblanadi.Ya’ni, hozirgi zamon pullari har qanday tovarni ayirboshlash yoki qarz to‘lashga qabulqilinadigan davlat tomonidan belgilangan ekvivalentlikning umumiy vositasi. Hozirgi paytda mamlakatdagi barcha naqd va naqd bo’lmagan, «kvazi» pullar birgalikda pul massasini tashkil qiladi. Pul iqtisodiy va iqtisodiy bo'lmagan munosabatlarning kuchli regulyatori hisoblanadi. Kreditlash va boshqa operatsiyalar pul yordamida amalga oshiriladi. Pul, pul nazariyasi va tizimining nazariy asoslarini, pul va naqdsiz hisob-kitoblarni ko'rib chiqib, iqtisodiyotda pulning rolini aniqlash uchun quyidagi xulosalarni chiqarishimiz mumkin: pul milliy bozor doirasida xo'jalik yurituvchi subyektlarning haqiqiy aloqasi sifatida faoliyat yuritadigan universal ekvivalentdir. Ularning evolyutsiyasi tashqi ko'rinishdagi bozor munosabatlarining evolyutsiyasi bilan belgilanadigan universal ekvivalentdan boshqasiga o'tish shaklida namoyon bo'ladi. Eng muhim iqtisodiy kategoriya sifatida pul bozorning barcha subyektlarini yagona reproduktiv jarayonga bog'laydi. Pulni ko'p tomonlama ishlatish va ularning jamiyat rivojlanishiga ta'siri, asosan, mahsulot bozor subyektlari tomonidan o'z iste'moli uchun emas, balki pul uchun sotiladigan boshqa iste'molchilar uchun ishlab chiqarilganiga asoslanadi. Pul tovar ishlab chiqarishning qarama-qarshiligiga yo'l qo'ydi: iste'mol qiymati va qiymati, ya'ni bir kishi uchun bir xil mahsulot iste'mol xarajatlari va qiymatiga ega bo'lmaydi. Pul kelishi bilan tovar dunyosi ikki qismga bo'lingan-bu mol va boshqa barcha tovarlar kabi pul. Iste'mol qiymati barcha tovarlar tomoniga qaratilgan va xarajat pul tomonida. Pul bozor iqtisodiyotida muhim rol o'ynashi mumkin degan xulosaga kelish mumkin. Bu quyidagilarda namoyon bo'ladi: 1. Pulning ijtimoiy roli, ularning iqtisodiy tizimdagi vazifasi, ular tovar ishlab chiqaruvchilar o'rtasida bog'lovchi sifatida harakat qilishidir. Ular ijtimoiy ishlab 34 34 chiqarishning umumiy sharti, mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilarning ijtimoiy iqtisodiy aloqalarining "vositasi", tovar xo'jaliklarida ijtimoiy mehnatni o'z-o'zidan hisobga olish vositasi. 2. Pul sifat jihatidan rol o'ynaydi - ular kapital yoki o'z-o'zidan o'sib borayotgan qiymatga aylanadi. Pul, ularning ishlashi sanoat kapitalining aylanmasiga kiritilganligi sababli, yakka tartibdagi kapitalni ko'paytirishda pul kapitaliga aylanadi va ular boshlang'ich nuqtani va uning aylanishining natijasini ifodalaydi: Pulning kapital sifatida roli ularning vazifalari orqali namoyon bo'ladi. Shunday qilib, korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qiymati pul bilan ifodalanadi. Shu bilan birga, pul ham qiymat va pul kapitalining o'lchovidir. Agar mahsulot naqd pulga sotilsa va pul ishlab chiqarish vositalari sotib olinsa, pul ham aylanma vositasi, ham kapital sifatida xizmat qiladi. Agar mahsulot kreditga sotilsa va kredit muddati tugagandan so'ng qarz majburiyatlari pul bilan to'lansa, bu erda ular kapital va to'lov vositasi sifatida xizmat qiladi. Pulning mohiyati aylanma mablag'lar va jamg'arish vositalarining qiymatini o'lchash funksiyalarini bajarishdir. Muomala vositasi sifatida pul tovarlar va xizmatlarni sotib olish, shuningdek qarzlarni to'lash uchun ishlatiladi. Pul qiymatini o'lchash va tovarlar va xizmatlar qiymatini solishtirish uchun qo'llaniladi sifatida. Jamg'arma vositasi tovarlar va xizmatlarni sotishdan keyin pulni sotib olish qobiliyatini saqlab qolish va kelajakda uni ta'minlash qobiliyatini anglatadi. Shunday qilib, pul boshqa mablag'larni sotib olish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan moliyaviy vositadir. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling