Замонавий дастурлаш технологиялари. Объектга йуналтирилган дастурлаш тиллари. Borland C++ Builder 6 интеграллашган соҳаси


Download 63.63 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi63.63 Kb.
#1134502
Bog'liq
1 маъруза Kompyuter grafikasida ob’ektlar va modellar

Kompyuter grafikasida ob’ektlar va modellar


Кодиров Зохиджон Зокирханович

Reja:

  • Grafik tizimlar sohasidagi atamalar
  • Hajmiy tasvir
  • Sahna
  • Primitiv (geometrik primitiv, grafik primitiv)

Кодиров Зохиджон Зокирханович
Ob’ekt tasvirini sintez qilishdan avval, grafik tizimga uning tuzilishi (topologiyasi), geometriyasi, teksturasi (tarkibiy tuzilishi), vizual xossalari va uni o‘rab turgan ob’ektlar orasidagi munosabatlar (fazodagi joylashuvi) haqidagi ma’lumotlarni kiritish kerak bo‘ladi. Bu ma’lumotlar ob’ektning geometrik modelini tashkil etadi. Qat’iy aytganda, model qurish jarayoni bir qancha bosqichlarda amalga oshiriladi, modelning o‘zi esa ierarxik tuzilishga ega va bu ierarxiyaning har xil darajasida (tasvirlash jarayonining har xil bosqichlarida) u modellashtirish tilining har xil konstruksiyalarida ifodalanadi.
Кодиров Зохиджон Зокирханович
Avvalambor, akslantirish mohiyatini formallashtirib olish kerak. Abstraksiya qilish yo‘li bilan ularning ichki tuzilishi va o‘zaro aloqalaridan ular tashqi ko‘rinishi va holati haqidagi tasavvurlarni shakllantirib olinadi. Bunday tasavvurlarni vizual-holat axborot modeli deb atash mumkin. Ular asosan yaratuvchi mutaxassis tafakkurida shakllanadi. Keyingi qadamda akslantirilayotgan ob’ektni approksimatsiya va akslantirish amali yordamida qaralayotgan masala uchun muhim bo‘lmagan elementlari olib tashlanadi va tizim hajmiy o‘lchami indeksatsiyasiga keltiriladi.
Кодиров Зохиджон Зокирханович
Hajmiy tasvir deb ataluvchi axborot modeli paydo bo‘ladi. U rasm, chizma shaklida bo‘lishi mumkin. Hajmiy tasvirni qurish qonuniyati matematika tilida ifodalanadi, natijada ob’ektning matematik modeli paydo bo‘ladi. U bir nechta doimiy tashkil etuvchilardan iborat bo‘ladi: bular ob’ekt tuzilishi, ularni tashkil etgan primitivlar va atributlar, teksturasi kabilardir. Ularning mazmuni kirish tili vositasida grafik ma’lumotlar bazasi tashkil qilinib unga kiritiladi. Tasvirlash jarayonida ob’ektlar shakli va ularning tashqi ko‘rinishi o‘zgarmaydi va ularga mos matematik modellar ham o‘zgarmaydi.
Кодиров Зохиджон Зокирханович
Biroq ob’ekt va uning atrofidagilar orasidagi munosabatlar sezilarli darajadagi o‘zgarishlarga uchrashi mumkin: ob’ektning sahnadagi joylashish o‘rni, orientatsiyasi, yoritilganlik intensivligi va boshqa parametrlari har xil qiymatlarni qabul qilishi mumkin. Shunga o‘xshash parametrlar haqidagi ma’lumotlar ham ob’ektning matematik modeliga taalluqli bo‘ladi va uning yana bir tashkil etuvchisini – sahnaviy tashkil etuvchisini hosil qiladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan matematik modelning tashkil etuvchilari aks ettirilayotgan ob’ektga har xil darajadagi ierarxiyada tegishli bo‘ladi: sahnaga, ob’ektga, primitivlarga. Kompyuter grafikasida qo‘llaniladigan modellashtirish tili funksiyalari aniqlangan fazoning sohasi model olami deb atalishi mumkin.
Кодиров Зохиджон Зокирханович
Grafik tizimlarda mavjud real olam – fizik va texnik ob’ektlar emas, balki model olam mavjudligi, ya’ni real mavjudotning modeli akslantiriladi. Boshqacha aytganda, olam – bu grafik tizimda o‘zining modeli bilan berilib, tasvirlari chiqarish maydonida parallel yoki vaqtga nisbatan ketma-ket aks ettiriluvchi ob’ektlar majmuasidir.
Sahna – bu model olamining qismi bo‘lib, o‘zining modeli bilan beriladigan va aks ettirish masalasida yetakchi hisoblanuvchi ob’ektlar majmuasidir. Sahnani tavsifini bir vaqtda grafik ma’lumotlar bazasidan olinadigan aks ettiriluvchi ob’ektlar majmuasi deb atash mumkin. in.
Кодиров Зохиджон Зокирханович
Sahna grafik ob’ektlardan tashkil topadi. Ob’ekt - deb qaralayotgan masala yechimi nuqta nazaridan funksional umumiyligi bo‘yicha birlashtirilgan model fazosining nuqtalari majmuasiga aytiladi. Ob’ekt ta’rifiga primitivlar jihatidan yondashish mumkin: ob’ekt – bu bitta nom bilan ataluvchi va yagona vizual xossa bilan xarakterlanuvchi primitivlar majmuasidir.
Primitiv tushunchasi qarashlarning ikki asosiy jihatiga ega. Birinchidan, primitiv murakkab ob’ektlarni tasvirlashda “qurilish g‘ishti” bo‘lib xizmat qiladi, ikkinchidan, grafik tizim apparati yoki protsedurasi shakllantiradigan sodda tasvir. Shuning uchun, geometrik va grafik primitivlarni farqlash talab qilinadi.
Кодиров Зохиджон Зокирханович
Geometrik primitiv – bu ob’ektlarni qurish uchun ishlatiladigan formal tavsifga ega sodda geometrik shakllar (nuqta, vektor, sirt yoki hajmiy jism)dir.
Grafik primitiv – bu sodda tasvir bo‘lib, ularni shakllantirish uchun grafik tizim maxsus apparat blokka ega. Har xil grafik tizimlarda grafik primitiv sifatida nuqta, vektor, trapesiya va boshqa shakldagi tasvirlar kiritilgan.
Кодиров Зохиджон Зокирханович

Asosiy adabiyotlar

Asosiy adabiyotlar

  • Петерсон М. Эффективная работа с 3d Studio MAX – СПб: Питер, 2011 – 656 с.: ил.
  • Маров М. 3D Studio MAX 3: учебный курс. – СПб: Издательство «Питер», 2010 – 640 с.: ил.
  • Роберс С. Анимация 3D-персонажей / Стив Робертс; пер. с. Англ. Г.П. Ковалева. – М.: НТ Пресс, 2006. – 254 с.
  • Блинова Т.А., Порев В.Н. Компьютерная графика /Под ред. В.Н.Порева - К.: Издательство Юниор, 2005. - 520 с.
  • Голованов Н. Н. Геометрическое моделирование. - М.: Издательство Физико-математической литературы, 2002. - 472 с. (5)
  • Nazirov Sh.A, Nuraliyev F.M, To’rayev B.Z. Kompyuter grafikasi va dizayn / O’quv qo’llanma. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2015. – 256 b.
  • Muxamadiev A. Sh., To‘rayev B. Z. 3D modellashtirish va raqamli animatsiya / O’quv qo’llanma. – Toshkent, 2015. -308 b.

Кодиров Зохиджон Зокирханович
Эътиборингиз учун рахмат
Кодиров Зохиджон Зокирханович
Download 63.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling