“замонавий ишлаб чиқаришнинг иш самарадорлиги ва энерго-ресурс тежамкорлигини ошириш муаммолари”


-rasm. Uyurmali havo ta`sirida vakuum hosil bo`lishi


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana21.04.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1369135
TuriИсследование
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tezis AndMI 1(2018)

1-rasm. Uyurmali havo ta`sirida vakuum hosil bo`lishi 
Loyihalash jarayonini tezlatish CAD\CAE\CAM – tizimlari (elektron 
tizimlari) yordamida amalga oshiriladi. Ular mahsulotni sifatini oshirish, avtomobil 
va uning alohida detallarining og`irligi(massasi)ni va shu bilan bir vaqtda ishning 
hajmi va narxini kamaytirish imkonini yaratadi. Virtual modellashtirish va detal va 


Халқаро илмий – амалий анжуман тўплами
 
50 
birikmalarni optimallashtirish, issiqlik, aerodinamik, elektromagnit, vibroakustik, 
dinamik va statik sinovlar qoidaga aylanib qoldi. Hisoblash va modellashtirish 
ob`ektiga dizayn, konstruksiya, interer, yig`ish zavodlari, transport oqimi, 
marketing va mahsulotni sotish tarmog`i va xizmat muddati tugagach ro`yxatdan 
o`chirish va undan qayta foydalanish sxemasi va texnologiyasi kabilar ham kiradi. 
Bunday dasturlardan hozirda keng qo`llanilayotgani NX dasturidir. Quyida 
avtomobilning aerodinamikasini NX.10 dasturida o`rganilgan.
А) 
Б) 
В) 
4-rasm. Nexia(а), Spark (б) ва Damas(в) avtomobilining aerodinamik tahlili 


Халқаро илмий – амалий анжуман тўплами
 
51 
NX.10 dasturida avtomobilni aerodinamik tahlil qilish uchun avval uning uch 
o`lchamli modeli loyihalanadi. Loyihalangan modelni to`g`ri burchakli 
parallelepiped ichiga joylashtiriladi. Bu parallelepiped havoli muhitni ifodalaydi. 
So`ngra Aplication bo`limidagi Advanced simulation buyrug`i beriladi. Keyingi 
amal New FEM and simulation tanlanadi. Hosil bo`lgan oynaning muammoni 
yechish qatoriga NX THERMAL/FLOW, tahlil turiga Flow ko`rsatiladi va OK 
tugmasi bosiladi. Active simulation bo`limi ishga tushiriladi. Navbatdagi 
kiritiluvchi ma`lumotlar Simulation object type bo`limi orqali beriladi. 
Bo`limning Fluid domain so`roviga parallelepiped ko`rsatilib, Fluid material 
yacheykasiga Air(havo) belgilanadi. Flow boundary condition so`roviga 
havoning kirish va chiqish tomonlari ko`rsatiladi. Bundan tashqari avtomobilga 
ta`sir qiluvchi havoning tezligi ham kiritilishi zarur. Barcha parametrlar berilgach, 
Solve tugmasi bosiladi. Biroz vaqt o`tgach natijalarni tahlil qilish uchun qulay va 
tushunarli bo`lgan model hosil bo`ladi [3].
Yuqoridagi metod bilan “Nexia”, “Spark” va “Damas” avtomobillarini 
aerodinamik tahlilini o`tkazildi va 2-3-4-rasmlardagi natijalar olindi. Natijalar 
shuni ko`rsatadiki sedan tipidagi kuzovlarning orqa tarafida uyurmali havoning 
paydo bo`lishi ancha kam. Xetchbek va miniven kuzovlarda bu ko`rsatkich 
sezilarli darajada baland. bundan tashqari kuzovning yerdan baland bo`lib ketishi 
oqibatida g`ildiraklar ortida ham uyurmali havoni keltirib chiqaradi.

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling