Zamonaviy aloqa xizmatlari konvergensiyasi va keyingi avlod xizmatlari
Yangi avlod konvergent tarmoqlarning xizmatlarni
Download 58.94 Kb.
|
Gulzoda1
11.2. Yangi avlod konvergent tarmoqlarning xizmatlarni
boshqarish pog‘onasi NGN (Next Geniration Network) - keyingi avlod tarmoqlari. NGN konsepsiyasi turli ma’no kasb etadi: - NGN deyilganda kommutatsiyaning yangi prinsiplarini, birlamchi tarmoqlarda yangi MPLS, OSPF, BGP transport texnologiyalariga o‘tishni, kirish tarmoqlarida keng polosali kirish tizimlari tushuniladi; - NGN tarmoqlari – bu raqamli aloqa rivojlanishi bosqichida paydo bo‘lgan texnik echim bo‘lib, bunda ma’lumotlar trafigi nutq trafigidan muximroq, kompyuterlar esa telefon apparatlaridan muximroq bo‘lib qoldi. NGN g‘oyasining paydo bo‘lishiga sabab – xozirda foydalanishda mavjud raqamli kommutatsiya stansiyalarning “xayot sikli” tamomlanishi yaqinlashuvidir. NGN prinsipi turlicha shakllantiriladi, umumlashgan xolda NGNning quyidagi beshta xarakterli xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin: - barcha turdagi axborotlarni uzatish uchun transport tarmog‘ida paketli texnologiyalarga o‘tish; - an’anaviy (funksional yo‘naltirilgan) telefon stansiyalardagi kommutatsiya tizimidan farqlanadigan, taqsimlangan arxitekturali kommutatsiya tizimini qo‘llash; - xizmatlarni qo‘llashga tegishli funksiyalarni, kommutatsiya va uzatishdan ajratish; - istalgan foydalanuvchi uchun keng polosali kirish imkoniyatini ta’minlash; - Web texnologiyalari hisobiga ekspluatatsion boshqarish funksiyalarini amalga oshirish. Siemens kompaniyasi NGN konsepsiyasi uchun quyidagi "formulani" taklif etgan: 80 - 60 -20. Bu sonlar quyidagicha izoxlanadi: - NGN tarmoqlari, mavjud tarmoqlarga nisbatan, 80% kam elementlardan tarkib topadi; - NGN tarmoqlari, infokommunikatsion tizimni yaratish uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni, 60% ga kamaytiradi; - NGN tarmoqlari operatorning daromadini 20% ga orttirish qobiliyatiga ega. Media – shlyuz axborot oqimini o‘zgartiradi, RTP (Real- Time Transport Protocol)-oqim IKM oqimga o‘zgartiriladi. Media – shlyuz Softswitch nomi bilan ma’lum MGC kontroller orqali boshqariladi. Kontrollerlar o‘zaro bog‘lanishi mumkin (MGC/MGC). Kontroller intellektual ma’lumotlar bazasi (Intelligent Database – ID) bilan o‘zaro bog‘lanishi mumkin. SG/MGC, interfeys ID/SG interfeyslar. IT xizmatlarini qo‘llash uchun INAP amaliy protokoli qo‘llanadi.NGN tarmog‘i uchun bir qator protokollar ishlab chiqilgan. Asosiylari: 1. H.323 protokoli. Paketli tarmoq bo‘yicha ulanishni o‘rnatish va tovush va video trafigini uzatishni ta’minlash. 2.Session Initiation Protocol (SIP) protokoli. Uning yordamida IP-tarmoq bo‘yicha multimediali sessiyalarni yoki chaqiriqlarni o‘rnatish, o‘zgartirish va tamomlash operatsiyalari amalga oshiriladi. 3.Media Gateway Control Protocol (MGCP) protokoli. MG shlyuzlarni boshqarishda ishlatiladi. 4.MEGACO/H.248 protokol. Bu protokol media-shlyuzlarni boshqarishda ishlatiladi. 5. Signalling Transport (SIGTRAN) protokoli. IP-tarmoq bo‘yicha signalli axborotni uzatuvchi protokollar to‘plamidir. U shlyuzlarning ikala turida va Softswitchda qo‘llanadi. Download 58.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling