Zamonaviy axborot texnologiyalari nutq nuqsonlarini bartaraf etishda m u h im omil sifatida
Download 85.88 Kb. Pdf ko'rish
|
ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARI NUTQ NUQSONLARINI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Odilov Doston Oktam ogli A.Qodiriy nomli Jizzax Davlat Pedagogika instituti Defektologiya yonalishi magistranti
- Foydalanilgan adabiyotlar 1.Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli
- 2.T.S.Safarov, Sh.U.Oroqov, R.R.Baxromov Informatika va axborot texnologiyalari "Ozbekiston milliy ensiklopediyasi" Toshkent-2006
- 4.Инсия Ахметова " информационные технологии в работе учителя- логопеда" статья г. Светогорск
"ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМДА РА£АМЛИ ТИЗИМЛАРНИ £УЛЛАШ: ФИЛОЛОГИЯ ВА ПЕДАГОГИКА СО^АСИДА ЗАМОНАВИЙ ТЕНДЕНЦИЯЛАР ВА РИВОЖЛАНИШ ОМИЛЛАРИ" Odilov Doston O'ktam o'g'li A.Qodiriy nomli Jizzax Davlat Pedagogika instituti Defektologiya yo'nalishi magistranti E-mail: Odilov-doston@mail.ru ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARI NUTQ NUQSONLARINI BARTARAF ETISHDA M U H IM OMIL SIFATIDA Annotatsiya: Ushbu maqolada nutq nuqsonlarini bartaraf etishda axborot texnologiyalaridan foydalanish, multimedia vositalarini logopedik mashgulotlarda qo'llash, logoped xonasini zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlash, axborot texnologiyalaridan foydalanishning nutq nuqsonlarni bartaraf etishga tasiri ifodalangan. Kalit so'zlar: Multimedia, nutq, buzilish, axborot, texnologiya, tovush, talaffuz, oyin, metod. Bugungi kunda fan va texnologiya taraqqiyoti jadal rivojlanib bormoqda. Hayotimizni texnologiyalarsiz tasavvur etish qiyinlashmoqda. Hayotimizning har bir sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalari kirib kelmoqda. Har bir sohada axborot texnologiyalarining keng qo'llanilayotganligini va ular natijasida yuksak natijalarga erishilayotganligini guvohi bo'lmoqdamiz. Shu jumladan ta'lim tizimida ham texnologiyalardan foydalanish yolga qo'yilmoqda. Bu esa ta'lim sifatini va samaradorligini oshirishga hizmat qilmoqda. Yurtimizda ta'lim tizimini isloh qilish maqsadida ko'pgina qarorlar, farmonlar qabul qilinmoqda. Bunday qarorlar, farmonlar asosiy maqsad ta'limni samarali yo'lga qo'yishdir. Jumladan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli farmoniga ko'ra ”2017 - 2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha "harakatlar strategiyasi" qabul qilindi. Mazkur harakatlar strategiyasining to'rtinchi yo'nalishi "Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari" deb nomlanib, uning to'rtinchi bandi "Ta'lim va fan sohasini rivojlantirish" deb nomlandi. Ushu bo'limda ta'lim muassasalarini zamonaviy o'quv va laboratoriya asboblari, kompyuter texnikasi va o'quv-metodik qo'llanmalar bilan jihozlash kabi vazifalar belgilab olindi. Shu vazifalarni inobatga olib bugun yurtimizdagi barcha ta'lim tizimlari axborot - kommunikatsion texnologiyalar, multimedia vositalari bilan taminlanmoqda. XXI asrda axborot - kommunikatsiya texnologiyalari jamiyat rivojini belgilovchi eng muhim omilga aylandi. Inson 80% ma'lumotni ko'rish organlari, 15% eshitish orqali, qolgan 5% taktil, hid va ta'm bilish sezgisi orqali qabul qiladi. Yuqoridagi malumotlarni inobatga olgan holda bugungi kunda ta'lim sohasiga axborot texnologiyalarini joriy etish shart va zarurdir. Dars davomida kompyuter texnologiyalari, multimedia vositalaridan foydalanish ijobiy natija beradi. Ta'lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish samarali natija berganidek nutq nuqsonlarini bartaraf etishda ham axborot texnologiyalaridan foydalanib ijobiy natijalarga erishish mumkin. Logoped qabuliga kelgan bola bilan birinchi navbatda qiladigan ishi bolaning qanday nutq nuqsonga ega ekanligini, yoki qaysi tovushni talaffuz etolmasligini aniqlash hisobanadi. Chunki bolaga to'g'ri tashxis qo'yish nutq nuqsonini bartaraf etishning asosiy usuli hisoblanadi. Bugungi kunda bolaning nutqini tekshirishda logopedik albomlardan, kesma suratlardan foydalanamiz. Bolaga turli suratlarni ko'rsatib uning nima ekanligni so'raymiz. Mazkur usullardan ko'ra, bola nutqini tekshirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish samarali hisoblanadi. Bolalarda Май | 2020 | 1-кисм 92 Тошкент "ЗАМОНАВИИ ТАЪЛИМДА РА£АМЛИ ТИЗИМЛАРНИ £УЛЛАШ: ФИЛОЛОГИЯ ВА ПЕДАГОГИКА ______________________ СОХАСИДА ЗАМОНАВИИ ТЕНДЕНПИЯЛАР ВА РИВОЖЛАНИШ ОМИЛЛАРИ"___________________________ begonalar bilan uchrashganda qo'rquv, hayajon, uyalish hissi paydo bo'ladi. Shu jarayonlarni bartaraf etish maqsadida axborot texnologiyalaridan foydalanib ko'rgazmali va didaktik o'yinlarni tashkil qilishimiz mumkin. (1-rasm) Bu esa imkon qadar logoped va bola o'rtasidagi aloqani taminlashga imkon beradi. Logoped o'z mashg'ulotlari davomida ko'rgazmali qurollar, didaktik o'yinlar, multimedia vositalaridan foydalanishi bolalarda mashg'ulotga bo'lgan qiziqishini yanada oshiradi. Bizga ma'lumki har bir logoped nutq nuqsonini bartaraf etishga qaratilgan mashg'ulotni olib borar ekan dastlab bolalar albatta artikulyatsion mashqlarni bajaradilar. Bugungi kunda ko'p hollarda mashg'ulot davomida logoped o'qituvchi artikulyatsion mashqlarni turli tasvirlarga qarab bajarishni so'raydi. Mana shu holatni artikulyatsion mashqlar bajarilishi ko'rsatilgan multimedia vositalaridan foydalangan holda olib borilsa, ijobiy natija beradi va o'quvchi ana shu multimedia orqali mashqlarni bajaradi. Turli rasmlardan foydalanganimizda artikulyatsion mashqlarning ma'lum bir holati tasvirlanadi, multimediada esa mashqlarning bajarilishi umumiy holatda ko'rsatiladi.(2-rasm) Bu esa o'quvchilar tamonidan mashqlarning bexato bajarilishini taminlaydi. 2-rasm Logoped multimediali vositalardan nafaqat yuqoridagi holatda balki ko'plab holatlarda foydalanishi mumkin. Tovush talaffuzida kamchigi bo'lgan bolalar bilan mashg'ulot olib borilayotganda bola talaffuz etolmaydigan tovushni nutqqa qo'yishda va nutqqa qo'yilgan tovushni mustahkamlash jarayonida ham axborot texnologiyalaridan foydalanish ijobiy natija beradi. Bizga ma'lumki bolalar rangli tasvirlarga, turli ko'rgazmalarga qiziquvchan bo'ladilar. Zamonaviy axborot texnologiyalari esa bolalarning ana shu qiziqishlari orqali nutq nuqsonini bartaraf etishga xizmat qiladi. Nutq nuqsonlarini bartaraf etishda axborot texnlogiyalaridan foydalanishning afzalliklari: ” Bolada mavjud bolgan nutq kamchiligini aniqlashga yordam beradi; ” Ma'lumotlarni jozibali ifodalashga imkon beradi; ” Bolalarning logoped mashg'ulotiga qiziqishini oshiradi; Май | 2020 | 1-кисм 93 Тошкент
"ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМДА РА£АМЛИ ТИЗИМЛАРНИ £УЛЛАШ: ФИЛОЛОГИЯ ВА ПЕДАГОГИКА СО^АСИДА ЗАМОНАВИЙ ТЕНДЕНЦИЯЛАР ВА РИВОЖЛАНИШ ОМИЛЛАРИ" ” Ma'lumotlarni eslab qolish jarayoni tezlashadi va uzoq muddat esda saqlashga xizmat qiladi; Logoped axborot texnologiyalaridan foydalanishi uchun ma'lum bir imkoniyatlarga ega bo'lishi lozim. Logoped xonalari axborot texnologiyalar bilan taminlangan bo'lishi, logoped pedagoglari esa kompyuter savodxonligiga ega bo'lishlari lozim. Chet el tajribasini o'rganadigan bo'lsak nutq nuqsonlarini bartaraf etishda axborot texnologiyalaridan foydalanishlari, ularni qo'llash va to'g'ri foydalanish haqida adabiyotlar nashr etilganligining va buning natijasida ijobiy natijalarga erishayotganliklarini guvohi bo'lishimiz mumkin. Yurtimizda ham mana shunday yutuqlarga erishish, multimedia markazlari bilan hamkorlikda multimedia manbalarini tayyorlash va uni amaliyotga joriy qilish usullarini ishlab chiqish biz logopedlarning oldida turgan vazifalaridan biridir. Foydalanilgan adabiyotlar 1.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli "2017 - 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha farmoni". Toshkent 2017 2.T.S.Safarov, Sh.U.O'roqov, R.R.Baxromov Informatika va axborot texnologiyalari "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Toshkent-2006 3.Begimqulov U.Sh. Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida pedagogik ta'limni tashkil etish ?Pedagogik ta'lim" , № 1, 2004. 25- bet. 4.Инсия Ахметова " информационные технологии в работе учителя- логопеда" статья г. Светогорск 5.G. Karimova AKT bolalar nutqini rivojlantirish vositasi sifatida? Infocom.uz internet nashri 2011-y Май | 2020 | 1-кисм 94 Тошкент Download 85.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling