Operativ (tezkor) xotira (DDR) - bu protsessorning ishchi sohasidir. Unda
ish vaqtidagi barcha dastur va ma‘lumotlar saqlanadi. Operativ xotira kopincha
vaqtinchalik xotira deb ham ataladi, chunki undagi dastur va ma‘lumotlar faqat
kompyuter yoqiqligida yoki kompyuter qayta yuklangunicha saqlanadi. Kompyuter
ochirilishidan yoki qayta yuklanishidan oldin barcha ma‘lumotlar saqlab qoyilishi
lozim. Operativ xotiraning 256, 512 Mb, 1 Gb, 2 Gb li turlari mavjud.
CD-ROM (Compact Disk) va DVD-ROM (Digital Versatile Disk).
Disklardagi ma‘lumotlarni o’qish va ularga ma‘lumotlar yozish uchun xizmlat
qiluvchi qurilma. Dastlab bunday tashuvchilar ma‘lumotlarni faqat o’qish uchun
mo’ljallangan bo’lib, ulardagi ma‘lumotlarni o’zgartish va qaytadan yozish
imkoniyati yo’q edi. Hozir disk va disk yurituvchilarning ma‘lumotlarni yozadigan
(writeable) va ko’p marotaba yozadigan (rewriteable) modellari mavjud.
Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari quyidagilardan iborat:
Skaner bu ma‘lumotlarni qog’ozli hujjatdan bevosita kompyuterga kiritish
qurilmasidir. Matnlar, sxemalar, rasmlar, grafiklar, fotografiyalar va boshqa grafik
axborotni kiritish mumkin.
Skaner nusxa ko’chirish apparatiga o’xshab qog’ozli hujjatning tasviri
nusxasini qog’ozda еmas, balki еlektron ko’rinishda yaratadi - tasvirning еlektron
nusxasi yaratiladi.
Skanerlar hujjatlarni qayta ishlash еlektron tizimining muhim bo’g’ini va
istalgan «еlektron stol» ning kerakli еlementidir.
Skanerlar ishlash prinsipiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
Dastakli skanerlar
Planshetli skanerlar
Rolikli skanerlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |