ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARI O’QUV TEXNIK
VOSITALARI
Reja:
1. Texnik vositalar: turlari va qo'llanishi
2. Interfaol tehnik vositalar va ularning tahlili
3. Operatsion tizimlar haqida tushuncha, ularning vazifalari va turlari.
Kalit so’zlar: kompyuter, kompyuterlar sinfi, server kompyuteri, shaxsiy
kompyuter, pоrtаtiv kompyuter, kompyuter-blоknоt, cho’ntаk kompyuterlаr,
elеktrоn kоtiblаr, asosiy va qo’shimcha qurilmalar, modem, multimediya vositalari,
interfaol texnik vositalar, operatsion tizim.
Texnik vositalar: turlari va qo'llanishi
Bugungi kunda, o’qish-o’qitish jarayonini yangi ahborot tehnologiyalarni
qo’llanilishisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Bu o’z navbatda: dasturlashtirilgan o’qitish
(bilimlarni o’zlashtirish jarasnini avtomatlashtirilgan dastur asosida boshqarish yo’li
bilan o’qitish), interfaol o'qitish, multimedia taqdimotlar, Internet resurslar, dasturiy
vositalar va x.k.larni o’z ichiga olgan. Yuqorida keltirilganlarni, amaliyotga samarali
joriy etish jarayoni ishlatilayotgan tehnik vositalar bilan bevosita bog’liq. Ular bilan
tanishib chiqamiz.
Kompyuterlar katta kompyuterlar va kichik kompyuterlar sinfiga bo’linadi.
Katta kompyuterlar sinfiga serverlar va superkompyuterlar kiradi. Kichik kompyuter
sinfiga esa shaxsiy kompyuterlar (ShK), portativ kompyuterlar kiradi.