Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari quyidagicha.
1. Tizimli blok (Protsessor).
2. Ekran (Monitor).
3. Klaviatura.
4. Sichqoncha.
Tizimli (Sistemaviy) blok (Protsessor) – kompyuterning asosiy qismi
bo’lib, o’z ichiga quyidagi elementlarni jamlaydi. Ona plata, mikroprotsessor, qattiq
disk (vinchester), Operativ xotira (OZU), CD-ROM (CD-RW), DVD-ROM, (DVD-
RW), tashqi qurilmalar kontrolleri, shinalar, elektr ta‘minoti
bloki va boshqalar.
Ona plata – asosiy elektron sxema bo’lib, unga tashqi qurilmalar
kontrollerlari shina orqali ulanadi, unga mikroprotsessor, BIOS, operativ xotira,
tizimli plataning mikrosxemalar to’plami, ikkinchi pog’ona kesh-hotira (kesh L2),
shina razyomlari, tizimli soat hamda CMOS uchun elektr manbai (batareya),
kiritish-chiqarish mikrosxemasi kabi elementlar tikiladi va tashqi qurilmalar
kontrollerlari o’rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |