Dastakli skanerlarning tuzulishi juda
oddiydir: ular qo’l bilan tasvir bo’ylab siljitiladi.
Ular yordamida bir marta o’tishda tasvir
satrlarining ozgina miqdori kiritiladi (ularning
qamrab olishi odatda 105 mm dan oshmaydi).
Dastaki skanerlarda qayd qiluvchi chiroq bo’lib, u skanerlashning ruxsat еtiladigan
tezligi oshganligini operatorga bildirib turadi.
Planshetli skanerlar еng ko’p tarqalgan; ularda skanerlovchi kallak asl
nusxaga nisbatan avtomatik siljiydi; ular ham varaqli, ham risolalangan hujjatlarni
(kitoblarni) skanerlash imkonini beradi. Skanerlash tezligi: bir betga (A4 o’lchamli)
2-10 sekund.
Do'stlaringiz bilan baham: |