Zamonaviy axborot uzatish vositalari
Download 1.37 Mb.
|
AKT 1 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Flesh-xotiraga axborotni yozish jarayoni
- Flesh-xotiraning paydo bo‘lish tarixi
Flesh xotira modullari formati xilma-xil va ma’lum bir o‘lchamga ega bo‘lgan axborotlarni dasturiy yo‘l bilan yozib saqlash va qayta o‘qish imkonini beradi. Flesh xotira modullariga axborotni qayta-qayta yozish sikllari soni cheklangan (odatda 10 ming siklgacha) bo‘ladi. Flesh-xotira modullari boshqa axborot yozib saqlash qurilmalarga nisbatan axborotni qayta-qayta yozishlar soni chegaralangan bo‘lishiga qaramasdan, oddiy disketa yoki CD-R, CD-RW disklariga nisbatan chidamliligi, ishonchliligi va ixchamligi bilan ajralib turadi.
Flesh-xotiraga axborotni yozish jarayoni Flesh-xotira axborotni yacheyka (cell) deb ataluvchi “qulfi suzuvchi” tranzistorlar massivida saqlaydi. An’anaviy qurilmalarda bir xil sathli har bir yacheyka bir bit axborotni saqlay oladi. Bunday qurilmalar inglizcha single-level cell, SLC deb yuritiladi. Ba’zi bir yaratilgan yangi qurilmalarda har bir yacheykaga bir bitdan ko‘p bo‘lgan axborotni saqlay olish imkoniyatiga ega.
Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling