Zamonaviy darsliklarga qo’iyladigan talablar. Darslik bilan ishlash metodikasi
Download 155.44 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq6Vddh5VZlC42JGv75I03oWnZkhizjXwRqHaF5SqU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geografiya darsligi bilan ishlash usullari
Zamonaviy darsliklarga qo’iyladigan talablar. Darslik bilan ishlash metodikasi . Darslik fan yutuklari asoslarini o’zida mujassamlashtirgan eng muhim ta`lim vositalaridan biri hisoblanadi. Fan asoslarining darslikda mantiqan izchil va ilmiy bo’lishida quyidagilarga e`tibor berish kerak. 1. Geografik ob`ekt va hodisani tadqiq qilish va u haqda har xil axborotlar to’plash. 2. Yig’ilgan axborotlarni ma’lum tizimga tushirish. 3.Qonuniyatlarni tushuntirib bayon etish, ular o’rtasidagi sabab aloqadorlikni o’r- natish 4.Ilmiy informatsiyalarini o’quv qo’llanmalar, maqolalar tarzida chop qilib turish va shu tarzda kelajakda ulardan darsliklar yaratishda foydalanish O’quv predmeti mazmunida fan yutuqlarini aks ettirishda qo’yidagilarni e`tiborga olish maqsadga muvofiq. 1.Materiallarning muammoli bayon qilinishi 2.O’quvchilarni izlanishga o’rgatishi 3.Sabab oqibatlar aloqadorligi tarzidagi materiallar berilishi 4.Materialning mantiqan izchil yoritilishi 5.Kuzatish natijasidagi materiallarning berilishi 6.Qiziqarli materiallarning bo’lishi 7.Darslik matnining murakkab bo’lmasligi 8.Zarur kartalar, chizmalar va boshqa illyustrativ materiallarning bo’lishi 9.Xorijiy mamlakatlar tajribasi aks etishi 1O.Matnning 45-5O% har xil illyustrativ materiallardan iborat bo’lishi darslikning jahon standartlari darajasida bo’lishiga imkoniyat yaratadi. Geografiya darsligi bilan ishlash usullari Darslik bilan ishlashga kirishishdan oldin darslik nomi, mualliflar xaqida ayrim ma‘lumotlar, darslikning yirik mavzulari, mazmuni, ilovalari, rasmlari kartalari bilan o’quvchilarni tanishtiradi va ular bilan qanday ishlash zarurligi aytiladi. Geografiya darsligi bilan ishlash usullari uch xil bo’lib ular quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin. 1.Matn bilan ishlash. 2.Savol va topshiriqlar bilan ishlash. 3.Darslikdagi illyustratsiyalar va raqamli materiallar bilan ishlash. Matnni o’qishda albatta o’quvchining izohlab va tushuntirib borishi samarali natijalar beradi. O’quvchilarning darslik bilan ishlash usullari murakkablashib borgan sari, ular qo’yilgan savollarga darslikdan mustaqil javob topa olishlari asosiy o’rinni egallashi zarur. O’qituvchining oldindan tayyorlangan topshiriqlari asosida o’quvchilarning matn bilan ishlashida quyidagi usullarni tavsiya qilish mumkin. 1.Matndagi tushunchani topa olishi va unga tarif bera olishlari; 2.Qo’yilgan savolga darslik matnidan aniq javoblarni topa olishlari; 3.Matndan mavhum savollarga javob topa olishlari; 4.Matnni tahlil qilish orqali qo’yilgan savollarga javob topishlari; 5.Xulosalar chiqara olish u yoki bu hududning tabiiy sharoitini baholay olishlari matn bilan ishlashdagi muhim omillardan sanaladi. Matn mazmunini tahlil etishda uning asosiy komponentlarini bilish zarur. Bu komponentlar quyidagilardan iborat. 1.Umumgeografik tushunchalar tarifini aniqlash; 2.Ob`ektlar va hodisalarni tariflash. Bunda relef, iqlim, foydali qazilmalarga oid bo’lgan birinchi va ikkinchi darajali tomonlarini yeritish ya`ni asosiy va qo’shimcha bilimlarni aniq ko’rsatish. 3.Voqea va hodisalarni kelib chiqishi va o’zgarishiga oid malumotlarni izohlash. 4.Tariflovchi, izohlovchi, aralash matnlarini aniqlash va ajrata olish. Darslikdagi matnlarni tuzilishiga ko’ra quyidagicha farqlash mumkin. Matn turlari Misollar 1. Sababadan oqibatlarga Passatlar. Ularning yoginlar taksimlanishidagi roli. 2. Oqibatlardan sabablarga Relefning xilma xilligi 3. Butundan qismlarga Afrika relefidagi turli shakllariga 4. Faktlardan umumlashga Iqlim ko’rsatkichlaridan iqlim mintaqalariga o’tish Matnlar mazmunga ko’ra quyidagi turlarda namoyon bo’ladi. Matnlarning mazmuniga ko’ra turlari Misollar 1. Tasvirlovchi Daryolar, tog’lar, ko’llar, shaharlar 2. Izohlovchi Tog’larning, tekisliklarning hosil bo’lishi 3. Aralash Relef, geologik tuzilish, foydali qazilmalar. Savollar tuzish nafaqat darslik matni asosida, balki kartalar va boshqa illyustrativ materiallar asosida ham tashkil qilinsa o’quvchilardagi bu ko’nikma malaka darajasiga ko’tarilishiga imkon tug’iladi. "Qiyoslash geografiyaning jonidir" degan edi buyuk geograf metodist N.N.Baranskiy. Darslik matni asosida ob`ekt va hodisalarni qiyoslash orqali matndagi yakka tushunchalarni shakllantirish imkoniyati tug ’iladi. Quyida Janubiy Amerika va Janubiy sharqiy Osiyodagi nam ekvatorial o’rmonlarni qiyoslab tasvirlash rejasini keltiramiz. Qiyoslash rejasi taxminan quyidagicha bo’lishi mumkin. 1.Har ikkala hududdagi nam ekvatorial o’rmonlarni joylashishi va ular egallagan maydon 2.Iqlim sharoitlari 3.O’rmonlardagi daraxtlar farqi 4.Hayvonot dunyosining xayot tarzi 5.Qaysi davlatlar hududida joylashgan 6.Aholisi va ularning mashg’uloti Bu ishni bajarishda o’quvchilar darslik matni va kartalar buyicha mustaqil ishlaydilar. Ishning qanday bajarilganligini o’qituvchi nazorat qiladi, ularni baholaydi. Har qanday mavzuning asosiy maqsadi o’quvchilarda geografik tushunchalarni shakllantirishdan iborat. O’quvchilar har bir mavzudagi tushunchalarni guruhlarga (umumiy, yakka, mavhum) ajrata olishlari kerak. Boshlang’ich tabiiy geografiya kursining "Okean va uning qismlari" mavzusida tushunchalarni guruhlashni o’quvchilar quyidagi tarzda bajarishlari mumkin. Download 155.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling