Zamonaviy davrda siyosiy bashorat: istiqbollar va muammolar


Download 0.86 Mb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1545538
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Zamonaviy davrda siyosiy bashorat

Zamonaviy davrda siyosiy bashorat: istiqbollar va muammolar

Abduhamidov Behruz

Siyosiy “oldindan ko‘rish” yoki “bashorat” masalasi va uning tadqiq etishning ayrim usullari

  • Inson o‘ziga xos mavjudot bo‘lib, hayoti davomida orzu-umidlar bilan yashaydi, turli rejalar tuzadi, kelajagini oldindan bilishga intiladi. Shuning uchun har bir insonning kelajakni oldindan bilishga intilib yashashi uning butun ongli hayoti jarayonida muhim o‘rin egallaydi. Oldindan bilishga intilish inson uchun azaliy ehtiyoj bo‘lib, uning manbalari sifatida mehnat faoliyati, diniy e'tiqod, turmush tarzi, urfodatlar va burchni ado etish kabi talab-ehtiyojlar majmui amal qiladi. Nima uchun kelajakni oldindan bilish zarur? Chunki, hayotning mantiqiy xulosasi insonni voqelikka moslashgan holda yashashga undaydi. Inson uchun bunday moslashuvchanlikni ko‘pchilik holatda kelajak haqidagi bilim va axborotlar – oldindan ko‘rish (bashorat) belgilaydi. Ertangi kun haqida to‘la axborotga ega bo‘lgan shaxs bugungi kunda ham o‘z faoliyatini yaxshiroq tashkil eta olishi mumkin.

Hozirgi zamon kishisining, u qaysi kasb egasi bo‘lishidan qat'i nazar, boshqa jonzotlardan eng katta farqi uning boshqalardan o‘zib keta olishi, kelajakni oldindan ko‘ra olish va ayta olish qobiliyatidir. Mavjud shart-sharoitlarda axborotlar harakat omili bo‘lib, kelajakdagi ko‘lami, ayrim kishilarning favqulodda qobiliyati yoki ilm-fanga asoslangan harakati har qanday sohada muvaffaqiyatga erishishi uchun bosh omil bo‘lib xizmat qiladi. Siyosat bilan shug‘ullanuvchi shaxs uchun “hokimiyat” tushunchasi va undan foydalanish, belgilovchi ko‘rsatkich omili hisoblanadi. Bashorat qilish qo‘llanilayotgan sohalar orasida siyosatni alohida ko‘rsatish mumkin. Uning o‘ziga xos tomoni, u ijtimoiy hayotning iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy sohalariga kirib boradi, millionlab kishilarning manfaatiga ta'sir qiladi, jamiyatning kelajagi, xalq hayotining rivojlanishi va gullab- yashnashi va unga bog‘liq jarayonlarni oldindan bilishda muhim rol' o‘ynaydi.

  • Hozirgi zamon kishisining, u qaysi kasb egasi bo‘lishidan qat'i nazar, boshqa jonzotlardan eng katta farqi uning boshqalardan o‘zib keta olishi, kelajakni oldindan ko‘ra olish va ayta olish qobiliyatidir. Mavjud shart-sharoitlarda axborotlar harakat omili bo‘lib, kelajakdagi ko‘lami, ayrim kishilarning favqulodda qobiliyati yoki ilm-fanga asoslangan harakati har qanday sohada muvaffaqiyatga erishishi uchun bosh omil bo‘lib xizmat qiladi. Siyosat bilan shug‘ullanuvchi shaxs uchun “hokimiyat” tushunchasi va undan foydalanish, belgilovchi ko‘rsatkich omili hisoblanadi. Bashorat qilish qo‘llanilayotgan sohalar orasida siyosatni alohida ko‘rsatish mumkin. Uning o‘ziga xos tomoni, u ijtimoiy hayotning iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy sohalariga kirib boradi, millionlab kishilarning manfaatiga ta'sir qiladi, jamiyatning kelajagi, xalq hayotining rivojlanishi va gullab- yashnashi va unga bog‘liq jarayonlarni oldindan bilishda muhim rol' o‘ynaydi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling