Zamonaviy fizik antiseptika usullari
Download 46.95 Kb.
|
ZAMONAVIY FIZIK ANTISEPTIKA USULLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qamrovi[
- Bosh tahrir hayʼati[
Tarixi[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr etilgan. 1996-yil 4-sentabrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Oʻzbekiston Respublikasi Qomusini nashr etish toʻgʻrisida“ qaror qabul qilgan.[1] Shu qaror asosida universal ensiklopediyaning soha soʻzliklarini tuzishga kirishib, mezonlar ishlab chiqilgan. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-martda „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyotini tashkil etish toʻgʻrisida“ 154-qarori qabul qilingach, bu ishni amalga oshirishga kirishilgan.[1] Qarorda 12 jildli universal OʻzMEning ilmiy-nazariy va gʻoyaviy-siyosiy yoʻnalishi belgilab berilgan. Shu qaror asosida Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti tuzilgan. OʻzMEning mazmun va mundarijasini belgilashda jahon qomuschiligi anʼanalaridan va mamlakatda orttirilgan ijobiy tajribalaridan foydalanilgan. OʻzME maqsadi va vazifalari uning 1-jildi muqaddimasida bayon qilingan. Qamrovi[OʻzMEda Oʻzbekiston Respublikasi haqidagi materiallar bilan birgalikda umumbashariy maʼlumotlar ham berilgan. Ensiklopediyadagi maqolalarning 60 foizi ijtimoiy, qolgan 40 foizi esa tabiiy fanlar boʻyichadir.[1] OʻzMEda koʻpgina zamonlar va xalqlarga mansub mashhur shaxslar, kashfiyotchilar, sayyohlar, fan, texnika, adabiyot va sanʼat namoyondalari, taniqli davlat va siyosat arboblari toʻgʻrisida maqolalar kirgan. Bu borada tegishli mezon ishlab chiqilgan. Bosh tahrir hayʼati[OʻzMEni CC BY 4.0 erkin litzensiyasi bilan tarqatish borasida Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Vikimedia Jamgʻarmasiga yozgan maktub OʻzMEning asosiy ilmiy tayanchi — Bosh tahrir hay’atidir.[1] Uning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-martda „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyotini tashkil etish toʻgʻrisida“gi 154-qarori bilan tasdiqlangan. Bundan tashqari fan sohalari boʻyicha 160 dan koʻproq kishini birlashtirgan 23 ta ilmiy-maslahat kengashi ham tuzilgan. Ularning roʻyxati har bir jild sarvaragʻi va uning orqasida berib borilgan. OʻzME 12 jildini tayyorlash jarayonida OʻzME Bosh tahrir hay’atining 20 martadan ziyod kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtgan. Download 46.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling