Zamonaviy fizik antiseptika usullari
Download 46.95 Kb.
|
ZAMONAVIY FIZIK ANTISEPTIKA USULLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nashriyot[
- OʻzME va OʻzSE[
Qarshi olinishi[OʻzME nashrdan chiqa boshlaganidan keyin „Xalq soʻzi“, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“, „Oʻzbekiston ovozi“, „Hurriyat“, „Toshkent haqiqati“, „Toshkent oqshomi“ va boshqa gazetalarda, „Tafakkur“, „Jahon adabiyoti“, „Saodat“ va boshqa jurnallarda taqrizchilar, axborot-reklama shaklidagi maqolalar, radio va televideniyeda eshittirish va koʻrsatuvlar berildi.[1] Oʻzbekkino kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar ijodiy studiyasi 2006-yilda OʻzME haqida „Javohirlar xazinasi“ filmini yaratdi. 2006-yil 23-avgustda Alisher Navoiy nomidagi sanʼat saroyida ushbu film taqdimoti boʻlib oʻtdi.[1] OʻzMEning jildlari 2004- va 2005-yillarda MDH mamlakatlari orasida oʻtkazilgan „Kitob sanʼati“ koʻrgazmalarida namoyish qilingan.[2] Bu koʻrgazmalarda OʻzME ikki marta maxsus diplom bilan taqdirlangan.[5] Nashriyot[Asosiy maqola: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasini Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti tayyorlagan.[6] Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti soha ensiklopediyalari, izohli va koʻp tilli lugʻatlar, maʼlumotnomalar tayyorlaydi va nashr etadi.[6] Dastlab Oʻzbekiston hukumatining „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi Bosh redaksiyasini tashkil etish haqida“gi qarori (1968-yil 18-yanvar) bilan Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarikibida (Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutining 1965-yil tuzilgan ensiklopediya boʻlimi negizida) Oʻzbek sovet ensiklopediyasi Bosh redaksiyasi nomi bilan tashkil etilgan. 1990-yildan 1997-yilga qadar „Qomuslar Bosh tahririyati“ deb yuritilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-martdagi 154-sonli qarori bilan „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyotiga aylantirilgan. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi qarori asosida nashriyotga Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti va Abu Ali ibn Sino nomidagi Tibbiyot nashriyoti qoʻshilishi munosabati bilan qayta tashkil etilgan. Nashriyotning asosiy faoliyati jamiyat hayotining barcha sohalari boʻyicha ensiklopedik nashrlar, lugʻatlar, maʼlumotnomalar, oʻzbeklarning tarixiy, madaniy merosi, qadriyatlari, tibbiyoti, sport va boshqa nashrlarga boʻlgan aholi ehtiyojini qondirishdan iborat. Nashriyotda 2007-yil 1-yanvarga 6 ta ilmiy tahririyat: Ilmiy uslubiyat va soʻzlik; Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar; Tabiiy fanlar; Tibbiyot; Adabiyot va sanʼat; Tarix va qadriyatlar tahririyatlari hamda Ishlab chiqarish, Buxgalteriya va iqtisodiy tahlil boʻlimlari bor. Nashriyotga ilmiy-metodik rahbarlikni jamoatchilik asosida ishlaydigan Bosh tahrir hay’ati amalga oshiradi. Uning tarkibiga olimlar, jamoat arboblari, nashriyot rahbarlari kirgan. Bosh tahrir hay’ati OʻzMEni mukammallashtirishda qatnashadi, har bir jild materiallarini nashrga tavsiya etadi. Nashriyot ilmiy tahririyatlari huzurida fan sohalari boʻyicha ilmiy-maslahat kengashlari ham tuzilgan. Ularning aʼzolari Bosh tahrir hay’ati aʼzolari rahbarligida ishlaydi hamda muayyan sohaning soʻzligi va maqolalarini koʻrib chiqib tasdiqlaydi. 1971—1980-yillar mobaynida 14 jildli universal „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ (OʻzSE, Beryniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan, 1981) nashr etildi. Unda 40 mingdan ziyod maqola joylashgan. Mazmun-mundarijasi bilan sovet mafkurasiga xizmat qilgan. OʻzME va OʻzSE[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasidagi aksar maqolalar Oʻzbek sovet ensiklopediyasidan olingan. Koʻplab maqolalar OʻzSEdan OʻzMEga hech bir oʻzgartirishsiz olingan. Baʼzi hollarda olingan maqolalarga kichik oʻzgartirishlar kiritilgan. Masalan, qoʻshimchalar, qisqartmalar oʻzgartirilgan, iloji boʻlsa ruscha atamalar oʻzbekchaga oʻgirilgan, baʼzi hollarda OʻzME da OʻzSE dagiga qaraganda yangiroq maʼlumot berilgan. Masalan, Nigeriyadagi Aba shahri haqidagi va diod haqidagi maqolalarda shu kichik farqlarni kuzatish mumkin. Ammo, OʻzME va OʻzSE dagi maqolalar umuman olganda bir-biriga juda oʻxshash: Download 46.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling