Zamonaviy futbolda jismoniy va texnik


Futbolchining tezkorligini, kuchi va epchilligini oshirishga xos umumiy xususiyatlari


Download 107.56 Kb.
bet5/9
Sana30.03.2023
Hajmi107.56 Kb.
#1309493
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
futbolchilarda tezkorlik kuch sifatlarini rivojlantirishda qo\'laniladigan vosita va metodlarnitakomilashtirish

Futbolchining tezkorligini, kuchi va epchilligini oshirishga xos umumiy xususiyatlari.


Agar futbolchining epchilligini belgilovchi harakatlarga diqqat bilan qaraydigan bo„lsak, bu harakatlar sportchilarning kuchini vaqt va joy vaziyatiga moslashtira bilish qobiliyatini tanlab qilishni payqash mumkin. Boshqacha aytganda, epchillik harakatlari muayya qisqa vaqt oralig„idagi harakatni joyda juda ham aniq bajartirish uchun paydo buladigan tezkor kuchni talab qiladi. Demak, epchillik deb — kuch va tezkorlikni uygunlashganiga aytilar ekan.
Epchilliki tarbiyalashda, xuddi kuch va tezkorlikni tarbiyalagan paytdagidek, kishi tezda toliqadi, buni unutmaslik kerak. SHu bilan birga epchillikni rivojlantirishga oid mashqlarni bajarish muskullar harakati aniq bo„lishini talab qiladi, toliqish paytidagi mashqlar kam samara beradi. SHuning uchun epchillikni tarbiyalashda, xuddi tezkorlik va kuchni tarbiyalagan paytdagidek, organizm va qayta batamom tiklanib olguncha, muayya vaqt oraliBida dam olishni tashkil qilishi lozim. Mashqlar oldingi mashg„ulotdan toliqish asorati deyarlik kolmagan xolda bajariladi.
Futbolchida "Portlovchi" kuchi, tezkorlikni va epchillikni xosil qilish
kiyin ish, shuning uchun bu sifatlari sportchi butun sport xayoti davomida tarbiyalab borishi zarur. Ularning tarbiyalanib borishiga aloxida diqqat bilan qarash kerak. CHunki futbolchi o„yin faoliyatining samarasini belgilaydigan sifatlar xuddi ana shulardir.
Bu —uch uziga xos jihat ko„rsatilgan sifatlarni yagona qilib birlashtiradi va ularni bir mashg„ulotda bir vaqtning uzida kompleks ravishda takomillashtiradi.
Epchillik— bu murakkab kompleks sifat bo„lib, uni baxolash uchun yagona mezon topish qiyin. V.M.Zatsiorskiyning fikricha, qo„yidagilar epchillikni ulchash imkonini berishi mumkin: vazifalarning murakkabligi, uni aniq va uz vaqtida bajarilishi (futbolda bu vaqt vaziyatni uzgarishidan to javob harakati boshlangan daqiqagacha bo„lgan eng kam vaqtdir).
Futbolchiing chaqqonligi avvalo futbol maydonida doimo uzgarib
turuvchi vaziyatda to„pni olib yurgandan keyin to„psiz qilgan harakatlaridan namoyon bo„ladi.
To„pni olib yurish, kimga uzatishni tanlash va to„p tepish o„yinchidan juda keng koordinatsion imkoniyatlarni ko„rsatishni talab etadi. Agar bunga futbolchining harakat va texnik faoliyati yakkama —yakka olishuvlar va turli dastlabki xolatlar asnosida o„tishni (uzidan oshirib urishi, dumalatib urishi, sakrab turib bosh bilan urib yuborishi va xokazolar)ni kutsak va o„yin shart — sharoitining doimo o„zgarib turishi (yomg„ir, issik, o„tli, erli maydon, tabiiy va sun‟iy ravishda yoritilishi)ni xam ko„payadiga bo„lsak, unda o„yin faoliyatining samarali bo„lishi uchun rivojlangan epchillik sifatlarining yuqori bo„lishi futbolchi uchun qanchalik muxim ekaligi uz —uzidan tushunarlidir.
Priyomlarni qanchalik tez, aniq va uz vaqtida bajara olish o„yinchining uzidagi harakatlantiruvchi apparatni qanchalik boshqara olishi va harakat qobiliyatining qanchalik rivojlaganligiga bog„liqdir.
Epchillik sifatlarini takomillashtirishga pag-barag yangi harakatlar turkumini egallab olish kerak, shundagina ma‟lum malakalar bazasidan noma‟lumlari oson uzlashtiriladi.
Sport nazariyasida "ekstrapolyasiya" ("tadbik etish"), ya‟ni (ma‟lum harakat malakalariga asoslanib) tusatdan paydo bo„lgan sharoitga javoban harakatni darxol tuza olish qobiliyati tushunchasi keng qo„llaniladi. Futbolda uzidan oshirib tepish bu tushunchaga misol bo„lishi mumkin. Odatda trenirovka chog„ida bu elementga ko„p e‟tibor berilmaydi. Biroq boshqa chora qolmagan vaziyatlarda futbolchilar ko„pincha uzida oshirib tepishni qo„llaydilar. O„yinchilarda boshqa harakat malakalari turkumi serob bo„lganligi uchun yuzaga kelgan vaziyatga boglik holda bu harakatdan foydalanishlari mumkin.
SHaxsning koordinatsion imkoniyatlari qanchalik ko„p bo„lsa, ta‟kib qilish qam shunchalik darajada yuqori bo„ladi. Tabiiyki, muvofiklashish imkoniyatlarining ko„pchiligi bolalik va usmirlik yoshlarida yaratilishi kerak. Bu gapdan, malakali futbolchilarda epchillikni rivojlantirib va takomillashtirib o„tirishning hojati yuk ekanda, degan ma‟no chikmaydi. Birok, shuni esda
to„tish lozimki, epchillikni o„rgatish qiyin, chunki u har kimning uziga xos sifatdir. Futbolchi trenirovka paytida to„pni oyoq bilan, bosh va gavda bilan ming oxalga solib o„ynatishini qurish va ayni chog„da o„yinda u eng oddiy vaziyatlarda nochor axvolda bo„lib qolgan vaziyatlarni xam uchratish mumkin. SHunga ko„ra, epchillikni shunday vositalar yordamida rivojlantirish ma‟kulki, ular futbolchining o„yin faoliyatida "orttirgan" malakalari kumagida foydalanish imkonini bersin.
O„yinchilarda muvofiklashish imkoniyatlarini yaxshilashda akrobatika, chastida tusiqlardan o„tish, suv chang„isida suzish, batutdagi harakatli va sport o„yinlari ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. Vaqt kam bo„lgan sharoitda va muntazam o„zgarib turuvchi vaziyatda texnik mahoratni oshirishga qaratilgan mashqlar epchillikni oshirishga yordam beradi. Bunda analizatorlar faoliyatining ahamiyati kam emas.
Sportchilarning harakatni aniq ilg„ab olish va yana uni qaytada bajarish qobiliyati qanchalik yuqori bulsa, yangi malakalarni shunchalik yaxshi egallab oladilar. Epchillikni takomillashtirish uchun shunday mashqlar zarurki, ular harakat, vestibulyar, qurish analizatorlariga bab —barobar ta‟sir etsin.
Epchillikni takomillashtirish uchun mashqlar.

      1. Umbaloq oshishning turli ko„rinishlari va salto.

      2. Balandligi 70 sm. keladigan tusiqlardan sakrab o„tish va xuddi shu balandlikdagi tusiq tagidan (ular xar biri 2,5 — 3 metr oralatib qo„yilgan) emaklab o„tish, qaytishda ularni boshqatdan teskari tartibda bajarish (3 — 4 marta takrorlanadi).

      3. Balandligi 70—100 sm.li to„siqda ikki oyok bilan siltanib sakrab o„tayotib saltoni bajarish va "kalin" matlarga o„tirib olish ("kalin" matlar —bo„lar yuqoriga sakrovchilar uchun qo„yiladigan paralon matlardir).

      4. YUgurib kelib 100—150 sm.li qondan ag„darilib o„tish.

      5. Balandligi 70—100 sm. keladigan to„siqdan sakrash va to„siq tepasida osiglik turgan yoki narigi tarafdan murabbiy

tashlagan to„pni urish, kontrol chiziqqacha tez chopish.

      1. 7—10 metr ga tez chopish, matda uzoqka umbaloq oshish, mat yakiniga osiblik to„pni urish, 507 metrga tez chopish, umbaloq oshish va "kalin" matga o„tirib olish.

      2. 40 — 40 sm. balandlikdagi arkon to„siqlardan sakrab o„tib yugurish va unt yoki chap tomondan oshirilgan to„pni darvozaga urish.

      3. Umbalok oshib borayotgan tez chopish, kontrol chizig„igacha

to„pga etib olib, uni darvozaga urish.

      1. Uch kishilashib bajariladigan mashqlar. Ikki sherik to„pni olib bir — birlaridan 8—10 metr uzoqlikda bir chizikda turadilar. Uchinchi sherik ularga perpendekulyar qolatda, ulardan

15 — 20 metr uzoqlikda turadi. Birinchisi to„pni uchichisiga er dan dumalatib yuboradi, u to„pni orqaga qaytarib, oldinga umbaloq oshadi va boshqa sherigidan to„pni olib uni yana orqaga qaytaradi, endi esa orqaga umbalok oshadi va shu singari.

      1. SHug„ullanuvchilar matda yuz tuban yotadilar. Murabbiy: "CHapga!", "Ungga!", "CHalqancha!", "qorin bilan!", "O„tiring!", "CHukqayib!", "Sakrab!" va shu singari komandalarni tez —tez beradi. SHu komandalarga muvoffik shug„ullanuvchilar iloji boricha tez turib dastlabki gavda holatini o„zgartirishlari, keyin chalqancha, keyin korin bilan, matga ugarib, oyoklarini uzatib, chukqayib tayanishlari, yuqori sakrashlari, chalqancha yotishlari va hokazolarni bajarishlari zarur.

      2. Batut. Sakrab turga "qaytib tushayotganda" gavda holatini o„zgartirish.

      3. Ikki o„yinchi batutning chekkalarida sakrashib, osib qo„yilga to„pni navbatma — navbat boshi bilan urishi va oeg„i bilan tepishi.

      4. Batuda sakrash, keyin qalin matda umbaloq oshish.

      5. Quvlashmachok, lapta o„yini, basketbol, tennisbol.

Mashqlarni uzluksiz metod va doiravii trenirovka metodlaridan foydalangan qolda estafeta, o„yin, musobaqa tarzida o„tkazish mumkin.

Download 107.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling