Zamonaviy genetika morfologik, fiziologik va biokimyoviy jihatdan zamonaviy tibbiyotning nazariy poydevori hisoblanadi
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
irsiy kasalliklar va ularning salbiy oqibatlari
To`rtinchi bobga xulosa
1. Ta‘limni interfaol metodi bu o‘quvchi bilan o‘qtuvchi o‘rtasida ta‘limni o‘zlashtirish munosabatlarni kuchaytirish, faollashtirish demakdir. Mazkur metodlar hamkorlikda ishlash vositasida dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Ular o‘quvchilarni mustaqil fikirlashga undaydi.
2. Zamonaviy ta‘limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma‘lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma, malaka darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta‘lim jarayoniga nisbatan yangicha yondoshuvni talab etadi. 3. Ma`lumki davrlar o`tishi bilan ta`lim tizimi yangilanib, rivojlanib boradi. Shunga mos ravishda ta`lim usullari ham o`zgaradi, rivojlanadi hozirda qo`llanila boshlagan noananaviy darslar yoki yangi pedogogik texnologiyalar birdan paydo bo`lgani yo`q.Bu jamiyat taraqqiyotini, aniqrog‘i ta‘lim taraqqiyotining taqozosidir. 4. O‘qituvchi faoliyatining muhim bosqichi bu didaktik jarayonni loyhalash hisoblanadi. Aynan ana shu didaktik jarayon pedagogik tehnologiyaning asosini tashkil etadi. Eng muhimi bu jarayon belgilangan vaqt ichida ta‘lim maqsadiga erishish uchun o‘quv elementlari mazmuni o‘quvchilarga uzatish yo‘llarini aniqlab beradi. Shu bilan birgalikda didaktik jarayonning nazariy asoslarini yaxshi bilmasdan turib, samarali pedogogik texnologiyani yaratib bo`lmaydi. Zamonaviy pedogogik tehnologiya, pedogogik loyihasi sifatida fan asoslari bo`yicha o`quvchilarning bilish faoliyatini maqsadga muvofiq holda tashkil etish va amalga oshirishni ko`zda tutadi.
Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling