Zamonaviy genetika morfologik, fiziologik va biokimyoviy jihatdan zamonaviy tibbiyotning nazariy poydevori hisoblanadi
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
irsiy kasalliklar va ularning salbiy oqibatlari
Irsiy moyilli yoki multifaktorial (ko‟p omilli) kasalliklar;
Somatik hujayralar kasalliklari; Ona va pusht antigenlari nomosligi kasalliklari. 8. Odamning ba‘zi belgi va xususiyatlarining irsiylanishi qonuniyatlarini taxlil qilish uchun genetika fanini barcha usullarini qo‘llash ham natija bermaydi. Lekin, belgi va xususiyatlar mumkin qadar ko‘proq avlodlarda tahlil qilinsa, nasillanish qonuniyatlarini aniqlasa bo‘ladi. 9. Qarindoshlar nikohidan 100 foiz nogiron bola tu‘iladi, deb bo‘lmaydi, albatta. Ikki qarindosh nikohidan sog‘ lom bolalar tug‘ilishi mumkin, lekin bunda genlar hali kasallik belgilarini takrorlashga ulgurmagan bo‘ladi. Ikkinchi avlod bolalarida qarindosh bo‘lib turmush qurgan bobo va buvisining geniga xos bo‘lgan kasallik albatta yuzaga keladi. Yoki ulardan keyingi avlodda bu holatni kuzatish mumkin. 10. Demak, qonunchiligimizda ham, shariatda ham, tibbiyotda ham yaqin qarindoshlar nikohi borasidagi cheklovlar belgilab qo‘yilgan. Hamma gap ularga amal qilishda. Afsuski, ijtimoiy hayotda yaqin qarindoshi bilan nikohlanayotganlar uchrab turibdi. To‘g`ri, biz erkin fuqarolik jamiyatida yashayapmiz. Bizda inson huquqlari qonun himoyasida. Ammo shuni anglashimiz kerakki, bu boradagi barcha sa‘y-harakatlar kelajak avlod salomatligi, millatimiz kelajagiga qaratilgan. 11. Qarindosh nikoxi natijasida tug`ilgan bolalarning turli kasalliklar bilan o‘lishi normal nikoxlarga qaraganda 3 % dan ortiqni tashkil qiladi. Og`ir kasalliklar bilan og`rishi 1,6 % dan ortiq bo‘ladi. So‘nggi yillarda akseliratsiya tufayli tug`ilgan farzandlarimiz jismoniy o‘sishi durkun va baquvvat, bo‘yi ota- onalariga qaraganda balandroq bo‘layotganligi qayd qilinmoqda. Lekin ba‘zan aksincha, bolalarning o‘rta bo‘yidan 0,6 sm pastroq, og`irliklari o‘rta vazndan 0,3 kg kamroq bo‘lganligi xam qayd qilinmoqda. Bunday bolalarda aqliy zaiflik xam ko‘proq uchraydi. 12. Tibbiy - genetik maslahatning asosiy vazifasi irsiy kasallikka nisbatan notinch bo‘lgan oilada pragnozni (irsiy patalogiyaning namoyon bo‘lish extimolligi) aniqlash va shu pragnoz asosida prafilaktika choralarini amalga oshirishdir. Prafilaktika chora tadbirlari deganda oilada irsiy kasallik bolaning to`gilishini oldini olish tushuniladi. Shuningdek maslahatxonaga kelganlarga irsiy xatarlik mazmuni va ularga farzand ko‘rish mumkin yoki mumkin emasligi tushuntiriladi. 13. Ta‘limni interfaol metodi bu o‘quvchi bilan o‘qtuvchi o‘rtasida ta‘limni o‘zlashtirish munosabatlarni kuchaytirish, faollashtirish demakdir. Mazkur metodlar hamkorlikda ishlash vositasida dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Ular o‘quvchilarni mustaqil fikirlashga undaydi. 14. Zamonaviy ta‘limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma‘lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma, malaka darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta‘lim jarayoniga nisbatan yangicha yondoshuvni talab etadi. 15. Ma`lumki davrlar o`tishi bilan ta`lim tizimi yangilanib, rivojlanib boradi. Shunga mos ravishda ta`lim usullari ham o`zgaradi, rivojlanadi hozirda qo`llanila boshlagan noananaviy darslar yoki yangi pedogogik texnologiyalar birdan paydo bo`lgani yo`q.Bu jamiyat taraqqiyotini, aniqrog‘i ta‘lim taraqqiyotining taqozosidir. 16. O‘qituvchi faoliyatining muhim bosqichi bu didaktik jarayonni loyhalash hisoblanadi. Aynan ana shu didaktik jarayon pedagogik tehnologiyaning asosini tashkil etadi. Eng muhimi bu jarayon belgilangan vaqt ichida ta‘lim maqsadiga erishish uchun o‘quv elementlari mazmuni o‘quvchilarga uzatish yo‘llarini aniqlab beradi. Shu bilan birgalikda didaktik jarayonning nazariy asoslarini yaxshi bilmasdan turib, samarali pedogogik texnologiyani yaratib bo`lmaydi. Zamonaviy pedogogik tehnologiya, pedogogik loyihasi sifatida fan asoslari bo`yicha o`quvchilarning bilish faoliyatini maqsadga muvofiq holda tashkil etish va amalga oshirishni ko`zda tutadi. 17. Ta‘lim ta`limida noananaviy darslardan foydalanish borasida talaygina ishlar amalga oshirilmoqda. Biz magistirlik dissertatsiya ishini yozishda ko`proq ta`limning noananaviy dars ishlanmalarini ham ishlab chiqdik. Dastlab ishni yozish jarayonida noananaviy darslar o`tkazishda o`quvchilar faolligini oshirish uchun nimalarga e‘tibor qaratish lozimligi darslarni samarali bo`lishi uchun o`quvchining ijodiy ishlashi lozimliliga etibor qaratdik.
18. Xulosa qilib aytganda, talaba – yoshlarning sog‘lom turmush tarzini tashkil etish, ularda milliy g‘oya tushunchalarini shakllantirishda targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish, insonning qadr – qimmati, uning sha‘nini ko‘tarish borasida keng jamoatchilik bilan hamkorlikda ish olib borish zarur.
Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling