Uchinchi guruh kasalliklarida asosiy etiologik omillar muhit ta'sirlari
hisoblandi, lekin ularning namoyon bo‘lishida irsiyatning ham roli mavjud.
4.
To'rtinchi guruh kasalliklari rivojlanishida irsiy omillar hech qanday rol
o'ynamaydi (jarohatlar, kuyish, yuqumli kasalliklar). Lekin kasallikning
qanday kechishiga irsiy konstitutsiya ta'sir qilishi mumkin [5].
2.1. Irsiy kasalliklarning klassifikatsiyasi.
Odamda uchraydigan irsiy kasalliklar xilma-xil bo‗lib, ularning asosida
irsiyatni belgilovchi moddalarning o‗zgaruvchanligi - mutatsiyalar yotadi. Shuning
uchun ham irsiy kasalliklarni tasniflashda mutatsiyalar tasnifidan foydalaniladi [4].
Hozirgi davrda irsiy kasalliklarning quyidagi tasnifi keng qo’llaniladi:
genom kasalliklari
gen kasalliklari
xromasoma kasalliklari
Ko‗pincha genom va xromosoma kasalliklari umumiy nom bilan
xromosoma kasalliklari deb yuritiladi.
Ikkinchi xil klassifikatsiyaning asosida esa mutatsiyalar klassifikatsiyasi
yotadi, bunda ularning nomiga qarab mexanizimlarni darhol tasavvur qilish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |