2.1.3. Irsiy moyilli monogen va poligen kasalliklar.
Monogen kasalliklar bitta genni o‘zgarishiga (mutatsiyasiga) bog‘lik
bo‘ladi. Bu yerda gen strukturasida DNK zanjiridagi bitta nukleotidni ikkinchisiga
almashib qolishi, bitta purin eki pirimidin asosiga boshqasiga almashib qolishi
mumkin [6].
Keyingi berilgan umumiy ma`lumotlarga ko‘ra umumiy aholida monogen
kasalliklar 1-2% -da uchramoqda. Ammo, raqamlar geografik yoki etnik
xususiyatlariga qarab, har xil yoshdagilar orasida uchrashi ancha farq qilishi
mumkin.
Odamni irsiy apparati, yoki genomi 100000-dan ortiq genlarga egadir.
Agarda ularni faqat 1\20 qismi, yoki 10000-tasi mutatsiyaga uchrashi mumkin
bo‘lsa, hali qancha irsiy kasalliklar tug‘risida bilimimizni ozligini tassavur ilish
qiyin bo‘lmasa kerak [4].
Hozirgi paytlarda faqat 3000-ga yaqin monogen kasalliklar borligi
aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |