Zamonaviy IoT tizimlarida qo'llaniladigan texnologiyalar va apparat vositalar
Download 36.05 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- IoT qanday ishlaydi
1 - Zamonaviy IoT tizimlarida qo'llaniladigan texnologiyalar va apparat vositalar Internet jihozlari (IoT) konsepsiyasining elementlari birinchi marta 1982 yilda Karnegi-Mellon universitetida namoyish etilgandi. Universitet olimlari Koka-Kola sotuvchi apparatni modifikatsiyalab, unga ichimlik haroratini o‘lchash va u me’yorga qanchalar muvofiqligini xabar qilish imkoniyatiga ega qurilma joyladilar. Bevosita «Internet jihozlari» atamasining o‘zi rasmiy muomalaga Kevin Eshton tomonidan 1999 yilda kiritilgan. Bugungi kunda Internet jihozlarining yillik o‘sishi 24,7 foizni tashkil qiladi va, prognozlarga ko‘ra, 2026 yilga borib bozorning umumiy kapitalizatsiyasi $1,1 trln.dan ziyodni hosil qiladi. Biroq, Internet jihozlari bugungi kunda nimalardan iborat va u qisqa muddatli hamda uzoq muddatli vazifalarni hal qilishda qanday yordam bera oladi? Sodda qilib aytganda, IoT – bu turli qurilmalarni o‘zaro hamda yagona tizimga birlashtirish va uni nazorat qilish imkonini beruvi texnologiyadir. Bu qurilmalar bir-biridan o‘z xarakteristikasi va vazifasiga ko‘ra butunlay farqlanishi mumkin: kir yuvish mashinasidan uyda harakatlanish datchiklarigacha, televizordan mikroto‘lqinli pechgacha, smartfondan stolusti lampagacha. Har kuni foydalanishga o‘rganganimiz qurilmalarning kompyuterizatsiyasi tufayli, ularning konstruksiyasiga Internetga ulash va buning pirovardida, yagona nazorat va ushbu qurilmalarni boshqarish tizimini yaratish imkonini beruvchi elementlar kiritish ta’minlandi. Hozirda IoT ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, energetikani boshqarish va ekologik monitoring kabi sohalarda keng qo‘llaniladi. Shu bilan birga, maishiy sohada ko‘plab maishiy texnika ishlab chiqaruvchilar qanchalik sa’y-harakat qilgan bo‘lsalar ham, aksariyatlari qurilmalarini rivojlantirib, keng ko‘lamli samaraga erisha olmadilar. IoT qanday ishlaydi? Oddiy IoT tizimi real vaqtda ma'lumotlarni to'plash va almashish orqali ishlaydi. IoT tizimi uchta komponentdan iborat. Aqlli qurilmalar IoT ilovalari Grafik foydalanuvchi interfeysi Download 36.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling