6 - mavzu. Iqtisodiy o’sish nazariyalari va modellari
R E J A:
1. Iqtisodiy o’sishning Xarrod – Domar modeli.
2. Kobb – Duglasning ikki omilli modeli.
3. E.Denison: iqtisodiy o’sish “arifmetikasi”.
4. Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun iqtisodiy o’sish modeli.
1. Iqtisodiy o’sishning Xarrod – Domar modeli
XX asr, 50- yillarning ikkinchi yarmiga kelib iqtisodiy o’sish
muammosiga bo’lgan qiziqish kuchaydi va unga bag’ishlangan bir qator
iqtisodchilarning (R.Xarrod, E.Domar, J.Robinson, R.Solou va b.)
asarlari vujudga kela boshladi. Bunga xo’jalik dinamikasini ko’pincha
inkor etuvchi eski klassik nazariyaning hozirgi zamon iqtisodiy
rivojlanishning real talablariga javob bera olmasligi sabab bo’ldi. Hozir
yuqori iqtisodiy o’sish sur’ati rivojlangan mamlakatlar uchun oddiy bir
hol hisoblanadi.
Iqtisodiy o’sishga bo’lgan keynschilik yondashuvi taxminan XX
asrning 70- yillarigacha etakchi o’rinni egallab keldi. Ammo 1974-1975
yillardagi krizis talabni rag’batlantirishga asoslangan keynschilik
yondashuvni qayta ko’rib chiqishga majbur etdi. Endi iqtisodchilar
keynschilik qoidalarni oydinlashtirish, konkret-lashtirish bilan
shug’ullanishga, iqtisodiy o’sishning yangi model-larini ishlab chiqishga
kirishdilar.
Tadqiqotchilar iqtisodiy o’sish omillari o’rtasidagi nisbat-larning
optimalligini aniqlashni, yuqori o’sish sur’atini va bar-qaror
rivojlanishni ta’minlovchi shart-sharoitlarni aniqlashni o’z oldilariga
vazifa qilib qo’ydilar.
Iqtisodiy o’sish sur’atini aniqlashning oddiy modellari-dan biri
ingliz iqtisodchisi R.F. Xarrod (1900-1978) va ame-rikali iqtisodchi
Do'stlaringiz bilan baham: |