Zamonaviy iqtisodiyot
Download 28.32 Kb. Pdf ko'rish
|
3-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy statistika
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI KI FAKULTETI AX-12-20 guruh talabasining “ZAMONAVIY IQTISODIYOT” FANIDAN 3-Amaliy mashg’ulot Bajardi: Mansurova O Qabul qildi: Ubaydullayev G’ QARSHI-2022 Mavzu: Iqtisodiy ma’lumotlarni iqtisodiy va statistic usullar asosida tahlil qilish. Iqtisodiy statistika - statistika tarmogʻi va davlat statistikasi organlari amaliy faoliyatining eng muhim yoʻnalishlaridan biri, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning miqdoriy tavsifini sifat mazmuni bilan bogʻliklikda, aniq makon va zamonda oʻrganadi. Xalq xoʻjaligini bir butunlikda oʻrganish uchun I.s. statistika fanining bir qismi sifatida xalqxoʻjaligi yigʻma koʻrsatkichlari tizimini ishlab chiqadi. Bu koʻrsatkichlar yordamida mamlakat iqtisodiy hayotining eng muhim tomonlari toʻgʻrisida har tomonlama miqdoriy tavsiflarberiladi. Ix. maʼlumotlari iqti-sodiy jarayonning va umuman iqtisodiyotning barcha asosiy jihatlarini doimiy tarzda miqdoriy jihatdan baholash imkoniyatini beradi. Bu maʼlumotlar, eng avvalo, davlat boshqaruv idoralariga iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish bilan bogʻliq masalalarni hal etish uchun zarur. I.s. mustaqil fan boʻlishi bilan birga iqtisodiy nazariya va b. amaliy iqtisodiy fanlarga chambarchas bogʻliq. Mac, nazariyotchilar tomonidan oʻrtaga tashlangan muayyan qarashlar statistik koʻrsatkichlar yordamida asoslanadi yoki iqtisodiy jarayonga tegishli statistik koʻrsatkichlarni tahlil qilish orqali iqtisodiy qonuniyatlar, tendensiyalar ifodalab beriladi. I.s.da iqtisodiyotni oʻrganishga tizimli yondoshiladi; muayyan iqtisodiy jarayon oʻrganilayotganda bir nechta koʻrsatkichlardan foydalaniladi. Birjarayenning turli jihatlarini aks ettiradigan koʻrsatkichlarning oʻzaro bir-biriga muvofiq kelishi muhim ahamiyatga ega. I.s.da tadqiq etiladigan hodisalarning oʻziga xos tomonlarini hisobga olgan holda ommaviy (yalpi) kuzatish, tanlab kuzatish, statistik guruhlash, indeks usuli, kor-relyasion taxlil, balans va geografik usullar, xalqaro qiyosiy usullar kabi statistika usullari qoʻllaniladi. Ay-rim hollarda matematik statistika usullaridan foydalaniladi. Oʻzbekistonda I.s. amaliyoti bilan alohida vazirlik — Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi va uning viloyat, shahar va tuman boʻlimlari shugʻullanadi. Insonlarni har xil ehtiyojlari (tabiiy, aihiy va iqtisodiy)ni qondirish uchun olib borilgan maqsadga muvofiq faoliyati jamiyat hayotining asosi hisoblanadi. Iqtisodiy ehtiyojlar — har bir shaxsni qandaydir iqtisodiy buyumni xohlash, shu shaxsning fikricha, shu buyum unga qandaydir foyda keltiradi va shuning uchun uni egallashga undaydi. Iqtisodiy buyumlar tarkibini o'rganish uchun har xil guruhlashlar amalga oshiriladi va ular har xil belgilar bo'yicha ularning tarkibini aks ettiradi. Shundan guruhlarning asosiylari quyidagilar: 1) borlik usuli bo'yicha — material (m ahsulot)lar va nomaterial (xizmat) lar; 2) iste’mol jarayonidagi roli bo'yicha — to 'g 'ri (bevosita iste’mol qilinadi) va teskari (qayta ishlangach foydalaniladi); 3) iqtisodiyotda foydalanish darajasi bo'yicha — ko'p marta va bir marta ishlatiladigan buyumlar; 4) qondirish darajasi bo'yicha — to'ldiruvchi buyumlar (birgalikda iste’molni qondiradilar) va o'rnini bosuvchilar (bir-birini o'rnini bosadi); 5) kelib chiqish joyi bo'yicha — sharoit yaratuvchilar (ular asosiy ishlab chiqarish bilan hosil bo‘ladilar) va raqobatlashuvchilar (bir xil iste’mollarni qondiradilar). Iqtisodiy buyum — bu chegaralangan miqdorda mavjud bo'lgan buyumlar. Bu buyumlarnrng barchasi foydalilik xususiyatiga ega. Foydalilik — bu iqtisodiy buyumning insonni ehtiyojini qondirish qobiliyati. Iqtisodiy qobiliyat — bu foydalilikni yaratish jarayoni. U inson va jamiyatning ehtiyojini qondirish uchun mahsulotlar va xizm atlar yaratishga qaratilgan faoliyatlar yig‘indisidir. Bu m ahsulotlar va xizmatlar hajmi doim chegaralangan bo‘ladi shu uchun ular iqtisodiy qiymatga ega. Noiqtisodiy faoliyatga hozirgi vaqtda tekin amalga oshiriladigan uy xizmatlari, xobbilar, shuningdek, noqonuniy fiaoliyat kiradi. Ishlab chiqarish faoliyati — M HT prinsiplariga asosan, ular m ahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarishga qaratilgan. Unga tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, davlat muassasalari va tashkilotlari, notijorat tashkilotlari faoliyati, shuningdek, bir xususiy binoda yashovchi uy xo'jaliklarining ishlab chiqarish faoliyati (aholining xususiy yordam chi xo'jaliklari, yakka mehnat faoliyati) va h.k. uy xo‘jaliklarining ishlab chiqarish faoliyatiga sotish uchun yoki o ‘zi foydalanishi uchun ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar qiymatidan qat’i nazar, bozor xizmatlari ham kiradi. 2-§. Milliy hisoblar tizimining klassiflkatsion birliklari Institutsion birliklar — bular bozor xo'jalik yurituvchi subyektlar bo'lib, ular aktivlarga ega bo'lishlari, majburiyatlar olishlari, iqtisodiy faoliyat olib borishlari va boshqa birliklar bilan operatsiyalar o'tkazishlari mumkin bo'ladi. Institutsion birliklar — yuridik, shuningdek, jismoniy shaxslar (yoki ularning guruhi), uy xo‘jaligi usulida ham bo'lishi mumkin. Institutsion birliklarga — yuridik shaxslarga quyidagilar kiradi: korporatsiyalar, davlatni boshqarish tashkilotlari, notijorat tashkilotlar. Yuridik shaxslarning asosiy turlari — bular mulkka ega bo'lgan tashkilotlar, bular o'z nomlaridan fuqarolik huquqini va faoliyat bilan bog'liq majburiyatlar oladilar. Yuridik shaxs mustaqil balansga yoki smetaga ega bo'ladi, mustaqil qarorlar qabul qiladi, o'zining moddiy va moliyaviy resurslaridan foydalanadi, majburiyatlar oladi, iqtisodiy faoliyat olib boradi va boshqa birliklar bilan operatsiyalar o'tkazadi va o 'z majburiyatlari bo'yicha to'liq javob beradi. Faoliyatning asosiy maqsadiga muvofiq yuridik shaxslar xo'jalik va noxo'jalik tashkilotlarga bo'linadi. Xo'jalik tashkilotlariga faoliyatlarini asl maqsadi foyda olish bo'lgan, noxo'jalik tashkilotlarga esa bunday maqsad bo'lm agan xo'jaliklar kiradi. Xo'jalik tashkilotlari bo'lgan yuridik shaxslar, xo'jalik jam oalari va o'rtoqlik usulida, ishlab chiqaruvchi kooperativlar, davlatning yana boshqa korxonalari sifatida tashkil bo'lishi mumkin. Noxo'jalik tashkilotlari bo'lgan yuridik shaxslar o'zlarining nizomida belgilangan vazifalarini bajarguncha xo'jalik faoliyati bilan shug'ullanishlari mumkin. U lar jam oa birlashmalari usulidagi notijorat tashkilotlar, iste’m olchi birlashmalar, qonunda belgilangan xayriya yoki boshqacha fondlar sifatida mavjud bo'ladi. Yuridik shaxs sifatida tashkil topm agan xo'jalik subyektlari bo'lib quyidagi firmalar, vakilliklar, shaxsiy m ehnat bilan shug'ullanuvchi fuqarolar, xususiy yordam chi xo'jaliklar bo'lishi mumkin. Download 28.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling