Zamonaviy kompyuter o‘zaro bog‘langan protsessorlar, tezkor xotira modullari va ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat bo‘lishi mumkin


Download 25.56 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi25.56 Kb.
#1504569
Bog'liq
Azizbek kte


Kompyuterlarni tashkil qilishning raqamli-mantiqiy asoslari.
Ketma-ket mantiqiy elementlar: triger(RS,J,T,D va sinxron hamda asinxron)lar, registor(xotira, siljituvchi va hisoblagich)lar


Zamonaviy kompyuter o‘zaro bog‘langan - protsessorlar, tezkor xotira modullari va ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat bo‘lishi mumkin.

Kompyuter sathlari

Zamonaviy kompyuter arxitekturasini o‘rganishga bag‘ishlangan adabiyotlarda kompyuter arxitekturasini, bir nechta sathlar ierarxiyasidan iborat ko‘rinishda ifodalab o‘rganish amalga oshirilgan.

Ko‘pgina zamonaviy kompyuterlar ikki va undan ortiq sathlardan iboratdir.

Nolinchi sath – bu kompyuterning apparat taminoti sathi hisoblanadi. Raqamli mantiqiy sath, ya’ni nolinchi sath ob’ektlari ventillar, ya’ni uzgich-ulagichlar deb ataladi. Ular yordamida - И, ИЛИ, НЕ (AND, OR, NOT) kabi oddiy mantiqiy funksiyalar bajariladi

Bir nechta ventillar yordamida 0 va 1 raqamlarini saqlay oladigan 1 bitli xotira elementlari, ya’ni triggerlar hosil qilinadi. Masalan SR, JK, T va D kabi triggerlar. Umuman kompyuter ham - ventillardan tashkil topgandir. Guruhlarga birlashtirilgan xotira elementlari esa, registrlarni hosil qiladi. Registrlar 8, 16, 32 yoki 64 bit uzunliklarga ega bo‘lishlari mumkin 

Birinchi sath – mikroarxitektura sathi deb ataladi. Ushbu sathga tegishli bo‘lgan elektron sxemalar mashinaga bog‘liq bo‘lgan dasturlarni bajaradi, ya’ni kompyuterda ishlatilgan protsessorga mos keladigan dasturlarni bajaradi. Masalan Intel, Apple, DEC va boshqa xil protsessorlarga mos bo‘lgan dasturlar. Birinchi sathda 8-ta yoki 32-ta registrlardan iborat lokal xotira va arifmetik mantiqiy qurilma (Arithmetic Logical Unit - ALU) deb nomlangan sxemalar mavjud.

Arifmetik mantiqiy qurilma(AMQ) – oddiy arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi.

Arifmetik mantiqiy qurilma bilan birga registrlar birgalikda ma’lumotlarni ishlash ketma-ketligini, ya’ni ma’lumotlar traktini shakllantiradi Arifmetik mantiqiy qurilma(AMQ) – oddiy arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. Arifmetik mantiqiy qurilma bilan birga registrlar birgalikda ma’lumotlarni ishlash ketma-ketligini, ya’ni ma’lumotlar traktini shakllantiradi 










Trigger deb, ikkita turg‘un holatdan birida tura olib, bir holatidan ikkinchisiga kirish signali ta'sirida o‘tadigan qurilmaga aytiladi. Trigger holati kirish signali orqali aniqlanadi. Trigger ketma-ketlik raqamli qurilmaning baza elementi hisoblanadi. Unda 0 yoki 1 saqlanishi mumkin.

Ketma-ketlik raqamli qurilmaning sxemalarida triggerlar ikkita chiqish qismiga ega: 1) to‘g‘ri Q (1 chiqish); 2) inversli (0 chiqish). Triggerning 1 holatida uning Q chiqish qismida yuqori sathli signal (1) va chiqish qismida esa past sath (0) bo‘ladi. Triggerning 0 holatida Q chiqish qismida kichik sathli (0) signali,



chiqish qismida esa yuqori sathli (1) lar mos keladi.
Triggerlarning kirish qismlari informatsion (axboriy) va yordamchi (boshqaruvchi)larga bo‘linadi. Informatsion (axboriy) kirish qismiga kelayotgan signallar triggerning holatini boshqaradi. Yordamchi kirish qismiga kelayotgan signallar esa triggerni avvaldan kerak bo‘lgan holatiga o‘tkazish va sinxronlashtirish uchun xizmat qiladi. Yordamchi kirish qismlari axboriy qism sifatida qo‘llanilishi mumkin.


Triggerning kirish qismlari uning strukturasiga va vazifasiga bog‘liq bo‘ladi. Triggerning axboriy kirish qismlari -, R, J, K, D, T, boshqaruvchi kirish qismlari esa C, V harflari bilan belgilanadi. Triggerlar uchun standart belgilanish (11.1-rasm) ma'lum. Bu yerda - va R axboriy kirish bo‘lib, Q va — chiqishlari, T trigger belgisidir. Inversli chiqish qismi doira shakli bilan belgilangan.

Trigger mantiqiy elementlarning ulanishi, ya'ni chiqishdan kirish qismiga teskari aloqa sxemasi (11.2-rasm)da tasvirlanganidek qurilishi mumkin. Trigger 0 (Q=0, =1) holatda bo‘lsa, R va - kirish qismida 0 signallar beriladi. Trigger holati o‘zgarmaydi. Haqiqatan ham, birlik chiqish signali sxemadagi YOKI sxemasining 1- nomerli kirishiga keladi. -hu sxemaning chiqish








Download 25.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling