Zamonaviy kompyuterlarning apparat va dasturiy ta’minoti. 2-Ma’ruza: zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi


Shaxsiy kompyuter qo`shimcha qurilmalari


Download 37.01 Kb.
bet11/13
Sana13.09.2023
Hajmi37.01 Kb.
#1677421
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish chiqarish qurilmalari-fayllar.org

Shaxsiy kompyuter qo`shimcha qurilmalari
SHKning imkoniyatini oshirish maqsadida turli qurilmalar ishlab chiqarildi va ular SHKning qo`shimcha qurilmalari deb nomlandi. Ular qatoriga:
Printer - kompyuterdagi ma`lumotlarni qog`ozga chop qilish qurilmasi;
Disk (axborot tashuvchi qurilma) - axborotlarni ko`chirish, saqlash, tarqatish va tashish uchun ishlatiladigan qurilma;
Plotter - chizmalarni qog`ozga chiqaruvchi qurilma;
Skaner - kompyuterga matnli yoki tasvirli ma`lumotni kirituvchi qurilma.
Tarmoq adapteri - kompyuterni mahalliy tarmoqqa ulash imkonini beruvchi qurilma;
Audio-video adapter - kompyuter yordamida musiqa ijro etilishini va turli video roliklarni ko`rishni ta`minlovchi qurilma;
Modem - telefon tarmog`i orqali boshqa kompyuter bilan ma`lumot almashuvini ta`minlovchi qurilma;
Multimedia - Kompyuter yordamida tovushli va rolikli multi-kinolarni ko`rish imkoniyatini yaratib beruvchi qurilma;
Strimer - kompyuterning vinchesteridagi ma`lumotlarni nusxasini zaxiraga olish uchun mo`ljallangan qurilma.


2.4 - rasm.
Ignaning xarakati
Printer - kompyuter xotirasidagi axborotlarni (matnli va rasmli) qog`ozga bosish uchun foydalaniladi. Printerlar ishlash tamoyillariga ko`ra matritsali, siyohli va purkagichli, lazerli printer turlarga bo`linadi.
Ignali printerlar - keng tarqalgan printerlar turi bo`lib, hozirgi kunda deyarli ishlatilmaydi. Respublikamizda ularni faqat temir yo`l, aviya va bank kassalarida uchratish mumkin.

2.5 - rasm. Siyohli printerlar


Parallel portlar sentroniss tipidagi adapterlar orqali parallel ishlovchi (ma`lumotni birdaniga baytlab qabul qiladigan) printerlarni ulash uchun (odatda bir vaqtning o`zida 3 tagacha printerni ulash mumkin) ishlatiladi.
Ketma-ket portlar (2 dona) RS 232S (S2 birikish joyi) tipidagi adapterlar orqali ketma-ket ishlaydigan (ma`lumotni ketma-ket 1 bitdan qabul qiladigan) printerlarni ulash uchun xizmat qiladi. Ko`pchilik tez ishlovchi printerlar parallel portlarni ishlatadi.
Kompyuterning imkoniyatlari kundan kunga o`sib borayotgani sir emas. Disk - axborotlarni ko`chirish, saqlash, tarqatish va tashish uchun ishlatiladigan qurilma; Disklarning ikki turi keng tarqalgan.
- Egiluvchan magnitli disklar (yumshoq disk - Floppy Disk Drive)
- qattiq magnitli disk (Hard Disk Drive)
Yumshoq disklar (Floppy Disk Drive) birinchi variant SHKlar uchun ishlatilgan va hozirgi kunda ularni deyarli uchratish qiyin. Yumshoq disklar disketa deb ham yuritiladi. U asosan 5,25 va 3,5 dyumli disketalarga bo`linadi.



Download 37.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling