Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish chiqarish qurilmalari
MODUL №2 ZAMONAVIY KOMPYUTERLARNING APPARAT VA DASTURIY TA’MINOTI.
2-Ma’ruza: ZAMONAVIY KOMPYUTERLAR VA ULARNING ARXITEKTURASI.
XOTIRA QURILMASI, AXBOROTLARNI KIRITISH - CHIQARISH QURILMALARI
Reja
Kompyuter turlari. Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasi va strukturasi,kiritish va chiqarish qurilmalari.
Axborotlarga ishlov berish qurilmalari va ulaming tasnifi
Imkoniyati cheklangan shahslarning kompyuterdan foydalanishi. Protsessor texnologiyasi.
Axborotlami saqlash qurilmalari. Qattiq disklar, ulaming xavfsizligi va konfidensialligi (maxfiyligi).
Ma’lumotlarni saqlash: bit va bayt. Kompyuter portlari va razyomlari (ulagichlari).
Tayanch so’z va iboralar: qurilma, prosessor, bit, bayt, port, razyomlar
Kompyuter turlari. Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasi va strukturasi,kiritish va chiqarish qurilmalari.
EHMning tarkibidagi arifmetik-mantiqiy, boshqarish, xotira, axborotni kiritish va chiqarish kabi qurilmalar uning arxitekturasini tashkil etadilar.
Universal EHMlar arxitekturasiga qarab quyidagilarga bo’linadi:
Birinchi avlod EHMlari – bu tarkibida tezkor xotira qurilmasi ham bor bo’lgan “bazaviy EHM”dir. Birinchi avlod (1946-1955-yillarni o`z ichiga oladi va Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi (MDH) olimlari tomonidan yaratilgan) EHMlarida elektron sxemalarning barcha elementlari alohida qismlar ko`rinishida tayyorlanar edi. Ularning ichida eng muhimlari hozirgi paytda eski radio va televizorlarda uchratish mumkin bo`lgan vakumli elektron lampalar edi. Bunday lampalarning bir nechtasi metall panel shassi ustiga o`rnatilar, o`z navbatida shassi esa EHM korpusi ichiga joylashtirilar edi. Shu shassining o`ziga sxemaning boshqa elementlari ham mustahkamlab qo`yilar edi. EHMning o`zi esa elektron lampali shassilar bilan to`ldirilib tashlangan ko`p sondagi metall shkaflardan iborat ko`rinishga ega edi. Birinchi avlod mashinalari katta zallarni egallagan holda, yuzlab tonna og`irlikka ega bo`lib, yuzlab kVt elektr energiyasi hisobiga ishlagan va ularning tezligi sekundiga 10-20 ming arifmetik amalgacha bo`lgan. Bunday EHMlar jumlasiga MESM, BESM, Strela, Ural, Minsk-1 kabi EHMlar kiradi. Misol uchun, 1953-yilda yaratilgan BESM-1 kompyuterida 4000 dona lampa ishlatilgan, 3x5 metr hajmdagi maydonda joylashgan, tezligi sekundiga 7000 - 8000 amal bo`lib, xotirasi 4096 bayt ma`lumotni qabul qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |