Andijon mashinasozlik instituti
Download 83.68 Kb.
|
mustaqil ish XOLMIRZAYEV OTABEK (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Intellektual tizim haqida ma’lumot
- Android va robotlarning yaratilishi
- Intellektning inson hayotida tutgan o’rni
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI “Avtomatika va elektrotexnika” fakulteti “TJICHAB” yo’nalishi 3-kurs 263-17 guruh talabasi Xolmirzayev Otabekning
“Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning boshqarish tizimlari” fanidan tayyorlaganMUSTAQIL ISHI Mavzu: Intellektual tizimlar modellari va algoritmlari Tekshirdi:Ahmedov Sh Bajardi: Xolmirzayev O Andijon-2020 Mavzu: Intellektual tizimlar modellari va algoritmlari Reja:
Kirish Asosiy qism 1.Intellektual tizim haqida ma’lumot 2.Android va robotlarning yaratilishi 3.Intellektning inson hayotida tutgan o’rni
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Hozirgi paytda xisoblash texnikasini takomillash tiruvchilarning diqqat-e’tibori yetuk EHMlar yaratishga qaratilgan. Bu, birinchidan, EHMda yechiladigan masalalar sinfini, uning mavjud imkoniyatlarini va undan foydalanuvchilar ishtiyoqini kengaytirsa, ikkinchidan ulardan foydalana bilish, EHM va programmalashtirish sohasiga mansub bo’lmagan EHMdan foydalanuvchilar a’loqasini soddalashtirishdir. Yetuk Elektron hisoblash mashinalar topshiriqlarni kiritish va ijodiy jarayonni amalga oshirish, xaqiqiy (tabiiy) til so’rovlarini qabul qilish, axborotni belgi, tas’vir, signal ko’rinishida qayta ishlash, EXMdagi bor bilimlarni kengaytirish imkoniyatiga ega. EHMda joylashtirilgan yetuk interfreys (odam bilan EHMning aloqa vositasi programma yoki apparat ko’rinishida) kompyuterlarining bir qismi bilangina tanish bo’lgan insonlarni mashinada ishlashiga yordam beradi. Shuning uchun yetuk EHMlarning kelajagi porloqdir. Sun’iy intellektning amaliy sistemalarini yaratilishida ekspert sistemalar birinchi qadamdir. Ekspert sistemalar bu tibbiyot, geologiya, fizika, kimyo kabi sohalar haqidagi turli xil axborotlarni EHM xotirasida saqlovchi sistemadir. U nafakat biron bir dalil haqidagi axborotni foydalanuvchining so’roviga yetkazib berish, balki maslaxat berish, keragidan ortiqcha o’xshash hodisalarni o’tkazib yuborish, o’z xulosalarini asoslash, kasallikni aniqlash yoki texnologik jarayonni eng maqbul yo’lini tanlash imkoniyatiga ham ega. Ekspert sistemalar xohlagan soha uchun moslab qurilgan bo’lib interpretatsiya, aniqlash ya’ni diagnostika, loyixalash, rejalashtirish, boshqarish, kuzatish, oldindan aytish kabi ilgari ekspert sistemalar yordamida yechilgan masalalar ro’yxatini to’la tasdiqlaydi. Hozirgi vaqtda bunday sistemalarni yaratish — bilimlarni yaratish usuli bo’lib xizmat qilmoqda. Bu bilimlardan shaxsiy EHMlar yorda-mida minglab kishilar foydalanmoqdalar va kelajakda millionlab kishilar foydalanishlari mumkin. Intellektual tizim haqida ma’lumot Sun’iy intellekt hakidagi tasavvur va bu soxadagi izlanishlar — «aqliy mashinalar» ishlab chiqarishga ilmiy yondoshish birinchi bo’lib Stanford universitetining (AQSH) professori Djon Makkarti tashabbusi asosida 1956 yili tashkil topgan ilmiy to’garakda paydo bo’ldi. Bu tugarak tarkibiga Massachuset texnologiya oliygohi «Elektronika va xisoblash texnikasi» kulliyotining faxriy professori Marvin Minskiy, «masalalarni universal xal kiluvchi» va «maytiqiy nazariyotchi» intellektual (aqliy) programmalar bunyodkori — kibernetik Allen Nyuell va Karnegi-Mellen dorilfununining mashxur psixologi Gerbert Seyman, xisoblash texnikasining ko’zga ko’ringan mutaxassislari Artur Semuel , Oliver Selfridj, Manshenon va boshqalar kirar edilar. Aynan shu to’garakda «Sun’iy intellekt» tushunchasi paydo bo’ldi. Risolaning asosiy mazmuniga kirishishdan avval «sun’iy intellekt» (SI), umuman «intellekt» haqidagi tushunchani aniqlab olishimiz kerak. Bu tushunchani oddiy koida asosida tushuntirish mumkindek tuyuladi, lekin biz buni qila olmaymiz. Chunki, hozircha «intellekt» va «SI» haqida biron-bir aniq fikr yo’q. Bu tushunchani turli fan soxalarida ijod qiluvchi olimlarning talqin kilishlari turlicha, fikrlashlarida yakdillik yo’q. Shu sababli bu tushunchalarning mazmunini o’quvchiga tushuntirib berishga harakat qilamiz. «Intellekt» so’zi lotincha «intellectus» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, u bilish (aniqlash), tushunish yoki faxmlash (aql) ma’nosini beradi. «Intellekt» so’zini aniklovchi, psixologlar tuzgan uchta tushunchani keltiramiz. Bu tushunchalar «intellekt» tushunchasi mazmunini aniqlash uchun yordam beradi. Intellekt — fikrlash qobiliyati, ratsional bilish va shunga o’xshash. Umumiy xolda esa fikrlash, shaxsni aqliy rivojlanishi sinonimi bo’lib xizmat qiladi. Intellekt (aql) — o’z xulkini sozlash yo’li bilan har qanday ayniqsa yangi xolatga yetarli baho berish qobiliyati. Intellekt — turmushdagi dalillar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni tushunish qobiliyati. Bu qobiliyat belgilangan maqsadga erishishga olib boruvchi xarakatlarni ishlab chiqish uchun kerak bo’ladi. Yuqorida aniqlangan «intellekt» tushunchasidan shunday xulosa chiqarish mumkinki, ya’ni intellekt faqat insonlarga tegishli va odam aqliy qobiliyatining o’ziga xos o’lchovidir. Psixologlar shunday maxsus usullar yaratdilarki, bu usullar yordamida tajriba orqali odamning intellektual (aqliy) darajasini aniklash mumkin bo’ldi. Natijada shu narsa aniqlandiki, intellektning individual darajasi o’rtasidan surilishi odamning fizik imkoniyatlari darajasi kabidir. «Sun’iy intellekt» tushunchasiga turlicha ma’no kiritish mumkin. Turli mantik va xisoblash masalalarini yechuvchi EHMdagi intellektni e’tirof etishdan tortib, to insonlar yoki ularning ko’pchilik qismi orqali yechila-digan masalalar majmuasini yechadigan intellektual sis-temalarga olib boradigan tushunchagacha kiritish mumkin. Android va robotlarning yaratilishi Android deb sun’iy (mexanik) odamchalarga aytiladi. «Android» so’zi lotincha «andros» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, erkak, er ma’nolarini beradi. Inson yoki boshqa tirik mavjudotlarning tashqi ko’rinishi va funktsional imkoniyatlari bo’yicha mexanik mavjudotlarni loyixalash va tayyorlash XVIII asrda boshlangan. Bu davr mexani-kaning «oltin asr»i bo’lgan. Chunki o’sha davrda har xil kichkina (miniatyura) va moxirona yasalgan (murakkab) asboblar, musiqa qutichalari, mexanik odamchalar va ajoyib «tirik» mavjudotlar ixtiro kilingan. Bu maxsulotlarning ijodkorlari odatda soatsoz bo’lganlar. Ular bu vaqtga kelib o’z mutaxassisliklari bo’yicha hamma nozik tomonlarni o’zlashtirib, o’zlarining bor bi-limlarini androidlar tayyorlash (yaratish)ga bag’ishla-ganlar. Dunyoda birinchi robot 1927 yilda yaratilgan. Bu amerikalik muxandis Dj. Vensli tomonidan loyiha-lashtirilgan va Butun dunyo ko’rgazmasida namoyish qilingan «Televoks» roboti edi. «Televoks» robot qo’llari bilan xarakat qila olar, oyoqqa tura olar va magnitofon yordamida bir nechta iboralarni ayta olar edi. Bularning hammasini androidlar xarakatidan farqli o’laroq, qat’iy (o’zgarmas) programma bo’yicha emas, balki o’zining konstruktori ko’rsatmasi bo’yicha bajarar edi. Robotga topshiriqlar xushtak yordamida kiritilgan. «Televoks» ommaviy tarzda namoyish qilinganidan so’ng «ishga» solib yuborildi, ya’ni uni Nyu-Yorkdagi osmon o’par uylardan birining vodoprovod shoxobchasiga navbatchi vazifasiga «tayinlashdi». Uning zimmasiga sistemadagi suvning satxi va nasoslar ishini kuzatib turish yuklandi. Yuqorida aytilgan fikrlarni umumlashtirib, shuni tasdiqlashimiz mumkinki, android va birinchi robotlar insonning xarakat va ta’sir qilish soxasidagi imkoniyatlarini modellashtirishda birinchi urinish bo’lgan. Ular hozirgi zamon robotlarining asoschisi bo’la olmadi. Bunga eng oddiy intellektning yo’kligi sababdir. Intelektning sun’iy turi haqida bahslarning avj olishiga sabab bo’lgan yana bir narsa – mashina hamda inson o’rtasidagi yuksak intelektual salohiyayni taqozo etuvchi o’yinlarni tashkil qilish, xususan kompyuter va grossmeyster o’rtasida shaxmatni bahsini o’tkazish g’oyasi bo’lgan. Shaxmat matematikada mumtoz kombinatorikaga oid murakkab masala sifatida qaraladi hamda, ilk EHM larning paydo bo’lishi bilanoq, barcha zamonlardagi dasturchilar orasida, shaxmat o’yini avtomatlashtirish borasida uncha-muncha urinishlar muttasil bo’lib kelgan. Biroq shunga qaramay, uzoq vaqtgacha kompyuterga oddiy inson shaxmatchini yengishga qodir intelektual uslublar tizimini yuklashga bo’lgan urinishlar samarasiz ketmoqda. Intellektning inson hayotida tutgan o’rni Fikrlash jarayonini avtomatlashtirish masalasi ham sun’iy intelekt tushunchasi bilan uzviy bog’liqlikka ega. Mashinaning fikrlashi birmuncha g’ayrioddiy ko’rinadigan g’oyadir. Hozirgi kunda “intelektual” deb nomlanadigan mashinalarning ya’ni sun’iy intelekt egalarining imkoniyatlari inson kabi fikrlash darajasida emas. Ulardan olinadigan eng maksimal natija, hozirgi murakkab, uzoq vaqt talab qiluvchi va bir necha minglab xususiy va umumiy hollarni tahlil qilib chiqishni taqozo etuvchi ilmiy farzlarni asosan matematik teoremalarni va shunga o’xshash hokazolarni muayyan shartlar asosida tezkorlik bilan tekshirib, natijasini ma’lum qilish bo’lmoqda xolos. Ba’zan turli OAVlar ortqali og’iz ko’pirtirib shov-shuv qilinayotgan robot-androidlarning ham intelektual salohiyati aytaylik o’rtamiyona bilim darjasidagi o’rta maktab bitiruvchisining bilim darajasichalik emasdir. Shunga qaramay, shubxasiz, intelektual tizimlari hozirdayoq inson og’irini yengil qilishda, ma’nan mushkul va kuchli aqliy zo’riqishni talab qiluvchi ishlarni osonlashtirish va eng muhimi havfsizlantirishda ular yaqin yordamchimizga aylanib bormoqda. Yoqin misol sifatida aeroportlarda parvozlarni muvofiqlashtirishga xizmat qiluvchi axborot-tahlil tizimlarini keltirish mumkin. Ular mavjud meterologik vaziyat, samaloyotlarning yetib kelish va uchib ketish jadvali, masofa, tezlik va shunga o’xshash yuzlab parametrlarni umumlashtirgan holda, umumiy vaziyatni nazorat qiladi hamda, insonga-muhandisga eng maqbul rejim haqida ma’lumotlarni taqdim etadi. Samolyotlarning o’zidagi avtopilot imkoniyatini ham shu qatorga qo’shish mumkin. U parvoz davomida bemalol uchuvchini o’rnini egallab, ulkan laynerni boshqarib borishi mumkin. Bunday tizimlar odatda ekspert tizimlar ham deyiladi. Lekin nima bo’lganda ham, ular dasturchilar tomonidan avvaldan belgilangan va mashina xotirasiga yozilgan muayyan algoritm doirasida ishlaydi xolos. Aytaylik, algoritmda ko’zda tutilmagan favqulotda vaziyatlarda mustaqil ijodiy (kreativ) noan’anaviy qaror qabul qila olmaydi. Baribir uchuvchi avtopilotdan voz kechib, o’z bilimi va tarbiyasiga tayanadi. Shunday ekan, hozirgi kundagi eng yuksak nou-xau timsoli bo’lgan eng mukammal intelektual mashinalarini ham inson kabi ong va tafakkur darajasiga ega deb bo’lmaydi. Ong va tafakkur esa intelektning asosidir. Shunga ko’ra, sun’iy intelekt atamasi, nazarimda biroz oshirib yuborilgandek go’yo. Zero, sun’iy mulohaza yuritiladigan, to’g’rirog’I avtomatik tahlilni bizdan ko’ra tezkorroq bajarar, balki ularning xato qilish koeffitsiyenti biznikidan pastdir. Lekin ularda ijodiy yondashuv, hissiyot, hamda avvaldan biror narsani ko’zlab ish tutish hislati umuman mavjud emas. Ustiga ustak, shunday sun’iy intelektni ham, siz bilan bizga o’xshagan inson yaratgan! Xulosa Men mavzu yuzasidan xulosam shuki, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish tizimi inson taraqqiyot yo’lining muhim asosi bo’lib xizmat qiladi. Har qanday ishlab chiqarish jarayoni insonni eng avvalo, og’ir jismoniy mehnat turlaridan ozod bo’lishiga erishish uchun harakat qiladi. Insonni yer yuzidagi boshqa tirik mavjudotlardan ajratib turuvchi asosiy xususiyat — bu uning fikrlash qobiliyatiga ega ekanligidir. Inson qanday fikrlaydi, bu davrda uning miyasida qanday jarayonlar kechadi va bu jarayonlarni qanday modellashtirish mumkin? Insonning aqliy qobiliyatiga o’xshash sun’iy sistema yaratish mumkinmi? Shu va shu kabi fikrlash jarayoni bilan bog’liq, ko’p masalalar hamma vaqt olimlarni o’ylatib kelgan. Fikrlash jarayonini o’rganish qadim zamonlardayoq boshlangan. Shundan beri doimiy ravishda insonning ichki kechinmalarini bera oladigan usullarni izlash va rivojlantirish ishlari olib borildi. Shunga qaramasdan shu paytgacha idrok va intellektuallik deyarli o’rganilmagan va tushunarsiz bo’lib qolmoqda. Sun’iy intellekt borasida oxirgi 30 yil ichida olib borilayotgan tadqiqotlarni shartli ravishda uch bosqichga bo’lish mumkin. Intellektual robotlar yaratish g’oyasini amalda qo’llash uchun umuman sun’iy intellekt rivojlanishi bilan bogliq bo’lgan ancha murakkab nazariy muammolarni yechish kerak. Har qanday intellektual sistema, uning qayerda qo’llanishiga bog’liq bo’lmagan holda, odam-mashina sistemasidir. Mashina sifatida EHM ishlatiladi. Sistemaning vazifasi —oxirgi foydalanuvchiga u yoki bu masalani yechishda uning kasbi faoliyati doirasida malakali mutaxassis (ekspert) larning yillar davomida orttirgan bilimlaridan foydalanish uchun imkoniyat yaratishdan iborat. Buning uchun EHM tarkibiga bilimlar manbai va intellektual interfeys kirishi kerak. Bilimlar manbaida xarakterli bo’lgan masalalarni yechish usullari haqidagi axborotlar saqlanadi. Intellektual interfeys masalani yechish jarayonida oxirgi foydalanuvchi va sistema o’rtasidagi o’zaro munosabatni (xarakatni, ishlashni) ta’minlaydigan so’nggi foydalanuvchining hamma vositalarini o’z ichiga oladi. Foydalanilgan adabiyotlar “Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish” N.R. Yusupbekov, B.I. Muhamedov Toshkent – 2011 “Intellektual tizimlar” E. Bobojonov Nukus – 2015 “Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash o’rnatish va sozlash” A.U. Usmonov, R.B. G’oyibov, H.X. Qobilov Buxoro – 2014 “Avtomatikaning asosiy elementlari” maqola Oliy o’quv yurtlari uchun o’quv-uslubiy qo’llanma Ma’ruza daftarim Ziyouz.com Download 83.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling