Zamonaviy ko‘priklarda qo‘llaniladigan temirbeton konstruktsiyalarni suvdan himoya qilish uchun ishlatiladigan materiallar
Download 26.04 Kb.
|
Materiallar va metodlar. Maqolani tayyorlashda qiyosiy tahlil, chet davlatlar tajribalarini o‘rganish va milliylashtirish, kompyuter dasturlarining imkoniyatlarini o‘rganish va sohaga yo‘naltirish, tarixiylik, mantiqiylik va umumlashtirish metodlari qo‘llanildi.
Tavsif ko’rsatkichlar va takliflar. Konstruksiya elementlarini birlashtirishda qo‘llaniladigan yelimlar. Yelimlar konstruktiv material hisoblanib, beton qismlarini yelimlab birlashtirishda, agar uning birlashtirish mustahkamli yelimlanayotgan konstruksiya betoni mustahkamligidan kam bo‘lmaganda iqtisodiy samarador hisoblanadi, egilish moduli esa qotgan holatdagi va kengayish koeffitsientlari yo‘nalishi bo‘yicha yelimlanayotgan betonnikiga yaqin bo‘ladi. Yelimlangan bog‘lanishlar uzoq muddat ishlashi va ekspluatatsiya davrida tashqi muhit ta’siriga chidamli bo‘lishi kerak. Bunday talablarga enoksid smolasi asosida tayyorlangan yelimlar kiradi. Ularda yelimdan tashqari qotiruvchi, plastifikator, to‘ldiruvchi va modifikatsiyalovchi (turlantiruvchi) qo‘shimchalar qo‘llaniladi. Ko‘priksozlikda asosan, Rossiyada ishlab chiqarilgan ЭE5, ЭE 6, va ЭE 40 markali epoksid yelimlari ishlatilgan, 1973-yildan boshlab yangi ЭE 22, ЭE 20, ЭE 16 va ЭE 14 qandaydir texnolik afzallikka ega bo‘lgan epoksid yelimlar ishlab chiqarilgan. Polimerlash (tayyorlash) mumsimon qatronlarni qotirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Qotiruvchining turiga qarab epoksid yelimlar oddiy yoki qizdirilgan holatda tayyorlanishi mumkin. Ko‘prik qurilishida sovuq jarayonda qo‘llaniladigan qotiruvchilar: geksametilendiamin, polietilen poliamin va trietanoldiamin. Yelimning texnologik xossasini qotiruvchining turi va o‘lchami orqali plastifakator va qo‘shimchalarni qo’shib amalga oshiriladi. Qotiruvchining miqdori epoksid yelimning og‘irligining 10...15% ni tashkil etadi. Plastifikatorlar sifatida dibutilftalat va poliefirkrilat ishlatiladi. Ularni 5...30% epoksid yelimining og‘irligiga nisbatan qo‘shiladi. Plastifikator keragidan ortiqcha qo‘shilsa yelimlangan joyni mustahkamligi kamayadi va deformatsiyasi oshadi. To‘ldiruvchi yelimning jadvchanligiga polimerlash vaqtida ta’sir etmaydi va asosan yelimning haroratda kengayish koeffitsientining o‘zgarishi va epoksid yelimining sarfini kamayishiga olib keladi. Ko‘prik qurilishida to‘ldiruvchi sifatida portlandsement, maydalangan kvarts qumi, andezit yoki diabazon unidan foydalaniladi. Oliy sifatli yelimdan foydalanib birlashtirish hosil qilish uchun – birlashtirilayotgan yuzalarni yelimlashga yaxshi tayyorlash kerak. Betonning yuzasi toza, quruq, mustahkam bo‘lishi kerak. Yuzalarni tozalashni qumni bosim bilan otadigan jihozlar va mexanik cho’tkalar bilan amalga oshiriladi. Yelimlarni enoksid qatronidagi yashovchanligi 20 dan 25 haroratda 2...2,5 soat. Undan past haroratda yelimning yashovchanligi uzayadi. Betonni birlashtirish uchun ishlatiladigan yelimlar past haroratda va sovuqda qizdirib ishlatiladi. Eski qotgan beton bilan yangi quyilgan bettonni birlashtiradigan yelimlar ham ishlab chiqilgan. Download 26.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling