Zamonaviy ko‘priklarda qo‘llaniladigan temirbeton konstruktsiyalarni suvdan himoya qilish uchun ishlatiladigan materiallar
Download 26.04 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
- Ключевые слова
- Asosiy qism.
Zamonaviy ko‘priklarda qo‘llaniladigan temirbeton konstruktsiyalarni suvdan himoya qilish uchun ishlatiladigan materiallar. Saydazimov Nosirjon Tursunovich Namangan muhandislik-qurilish instituti Annotatsiya: Ushbu maqolada avtomobil yo’llaridagi zamonaviy ko‘priklarda qo‘llaniladigan temirbeton konstruktsiyalarni suvdan himoya qilish vabetonlarni birlashtirish uchun ishlatiladigan buyumlar va materiallarni takomillashtirish va undan samarali foydalanish kabi masalalar yoritilgan. Kalit so’zlar: Gidroizol, bitum, asbest, sellyuloza, gidrostekloizol, epoksid yelimlari, polimerlash, portlandsement, kvarts qumi, andezit yoki diabazon. Аннотация: В этой статье обсуждаются такие вопросы, как совершенствование современные технологии гидроизоляция и материалы склеивание бетонов для железобетонных мостов и их эффективное использование Ключевые слова: Гидроизол, битум, асбест, целлюлоза, гидростеклоизол, эпоксид, полимеризация, портланцемент, песок кварца, андезит или диабазон. Kirish. Zamonaviy yo‘llar, ko‘priklar xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi. Bu mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, eng avvalo inson va uning manfaatlariga, odamlarning farovon hayot kechirishiga qaratilganining yana bir yorqin isboti bo‘ldi. Prezidentimiz aytganidek, zamonaviy ko‘priklar qurish, yo‘llarni zamon - talablariga moslashtirish aholiga qulaylik yaratish, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi. El-yurtimiz yildan-yilga farovonlashib, odamlarning turmush darajasi ham yuksalib borayapti. Buni shahrimizda shaxsiy avtomobillar soni ortib, transport vositalari oqimi tobora ko‘payayotgani misolida ham ko‘rish mumkin. Asosiy qism. Ko‘prik oraliq qurilmasi va tayanchlari betoni atrof-muhitdagi namlikdan va sizib chiquvchi suvlardan himoyalanadi, buning natijasida betonda buzilishlar bo‘lmaydi, armaturani zanglashdan saqlaydi. Ko‘prik qurilishida qo‘llaniladigan suvdan himoyalovchi materiallar, surtiladigan va yelimlanadigan turlarga bo‘linadi. Surtiladigan himoyada sovuq bo‘yash va issiq suyuqlik surtash amalga oshiriladi. Sovuq bo‘yashda og‘ir benzin yoki kerosinda yondirilgan III va IV markali bitum, xuddi shunday qatronli laklar ham qo‘llaniladi. Sovuq bo‘yash birinchi qatlam bo‘lib, uning orqasida 2-3 mm qalinlikda issiq surtishni amalga oshiriladi. Issiq surtiladigan maxsus mumsimon material sifatida - bitumning mayda asbest tolali qorishmasi xizmat qiladi. Yelimlab himoyalovchi materiallar sifatida asosi bitum bo‘lgan o‘romlar va asosi sintetik rezina bo‘lgan yangi materiallar ishlatiladi(butilkauchuklar). Bitum asosli oddiy o‘ram material ruberoid hisoblanadi. U o‘rtacha himoya sifatiga ega bo‘lib, qog’ozni bitum asosida siqilgani uchun ko‘p ishlamaydi. Gidroizolning suv o‘tkazmaslik xususiyati yuqori bo‘ladi. Gidroizolning ham asosi bitum hisoblanib, u asbestli yoki sellyulozali kartondan tayyorlanadi. Ko‘p xizmat qilishi va suv o‘tkazmaslik qobiliyati yuqori bo‘lganligi uchun gidroizol ko‘priksozlikda keng qo‘llaniladi. Shisha qatlamli (gidrostekloizol) suvdan himoyalovchi o‘rom ham qo‘llaniladi, uning asosi shisha gazlama bilan armaturalangan. Uning mustahkamligi ishqorli muhitda o’ta past. Eng yaxshi suv o‘tkazmaslik xususiyatga va texnologik o‘sishga ega bo‘lgan folgoizol, qalinligi 3mm bo‘lgan tekis va taram-taram alyuminiy asosli o‘rom. Folgoizoldan alyuminiy ustun, yopishtirishda bitum rezinali suyuq mum qo‘llaniladi. Suv o‘tkazmaslik qobiliyati bo‘yicha u hamma materiallardan ustun turadi va boshqa materiallardan qiymati baland. Folgoizolni faqat katta mas’uliyatli inshootlarda qo‘llaniladi: kattaroq ko‘priklar va tonnellarda. Bitumli suv o‘tkazmaydigan o‘rom materiallar bilan ishlashning asosiy yo‘li – albatta betonni bir marta bo‘yab mastikasiz yelimlash. Bitum bilan bo‘yalgan yuzani eritish uchun yelimlanayotgan material kengligini qoplovchi isituvchi qizdirgichlar ishlatiladi. Bitumli suv o‘tkazmaydigan materiallar qo‘llanilganda issiqlikni cheklashda yangi suv o‘tkazmaydigan materiallarni ishlab chiqish zarurati paydo bo‘ldi. Avtomobil ko‘priklarini himoyalashda butgizol materiali ishlab chiqildi – elastik sovuqqa chidamli (-70 sovuqgacha) asosi butilkauchik bo‘lgan rezinaga o‘xshash material. Rezinasimon o‘rom materiallarni sovuq mastika yoki yelim bilan yopishtiriladi. Kelajakda qog‘oz ko‘rinishdagi polivinilxlorid, polipronilen, va polietilen sintetik material qatlamlarini himoyalovchi sifatida ishlatishning maqsadga muvofiq bo‘ladi. Rossiyada ishlab chiqarilgan izoplast, mostoplast va dol’mostoplast o‘rom materiallarini yangi texnologiyasini tajribada tekshirishdan o‘tgan va keng qo‘llanilmoqda. Download 26.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling